“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 490,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü490,38 Kb.
#140434
1   2   3
136-138

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 

Volume-9, Issue-1, May - 2022
 
137 
dalil va asoslar orqali masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa 
qatnashchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi axborotni o’zlashtirishda 
tanqidiy, tahliliy yondasha oladi. O’qituvchi faqat fasilitator (yo’l-yo’riq
ko’rsatuvchi, tashkil qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini bajaradi. Interfaol metodlar 
juda ko’p, hozir quyida charxpalak texnologiyasi qanday amalga oshirilishi va 
fizika 
fanida 
qanday 
qo’llashga 
namunalar 
keltirilgan.«Charxpalak» 
texnologiyasiTexnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya o‘quvchilarni o‘tilgan 
mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda 
to‘g‘ri javob berishga va o‘z-o‘zini baholashga o‘rgatishga hamda qisqa vaqt 
ichida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarning egallagan bilimlarini 
baholashga qaratilgan. Texnologiyaning maqsadi: o‘quvchilarni dars jarayonida
mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarini 
baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan
qarashga, ko‘p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o‘rgatish. Texnologiyaning 
qo‘llanishi: texnologiyao‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi
yoki dars oxirida yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi tugallanganda,
o‘tilgan mavzularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini baholash,
takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun 
mo‘ljallangan. Ushbu texnologiyani mashg‘ulot jarayonida yoki uning bir qismida
yakka, kichik guruh va jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Mashg‘ulotni 
o‘tkazish 
tartibi: o‘quvchilarni 
(sharoitga 
qarab)guruhlarga 
ajratiladi; o‘quvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talablar va qoidalar 
bilan tanishtiriladi; tarqatma materiallarni guruh a’zolariga tarqatiladi; o‘qituvchi 
belgilagan vaqt ichida tarqatma materiallardagi vazifalar guruh a’zolari tomonidan 
yakka tartibdamustaqil ravishda bajariladi; har bir guruh a’zosi o‘zi ishlagan 
tarqatma materialining o‘ng burchagiga guruh raqamini yozadi, chap burchagiga esa 
o‘zining biron-bir ramziy belgisini chizib qo‘yadi; vazifa bajarilgan tarqatma
materiallar boshqa guruhlarga «charxpalak aylanmasi» yo‘nalishida 
almashtiriladi; boshqa guruh a’zolarining yakka tartibda bajarilgan vazifalar



Yüklə 490,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə