Progress volume 3 ǀ issue 4



Yüklə 73,7 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü73,7 Kb.
#180789
  1   2   3   4   5
ish-hujjatlari-va-ularga-qo-yiladigan-asosiy-talablar



SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601



Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ISH HUJJATLARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR




Parvina Abbos qizi Abdullayeva

Sabina Qobil qizi Narzullayeva

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU talabalari



ANNOTATSIYA
Hujjatlarning mukammalligi davlat ishlarini yuritish takomilidan dalolat beradi. Davlat tizimining barcha bo‘g‘inlarini hujjatlarsiz mutlaq tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki uning faoliyati aynan ana shu hujjatlar yordamida tartibga solib turiladi va harakatga keltiriladi
Kalit so‘zlar. Davlat idoralari, hujjatlar, majburiyatlar, qonun va qarorlar, davlat tartibi, o‘zbek tili, tartib, majburiyat.


Ijtimoiy munosabatlar doirasida odamlar, idoralar va tashkilotlar, korxonalar va muassasalar o‘rtasida o‘zaro ish yuritishning ma’lum huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, ular tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi. Hujjatlarning mukammallik darajasi ular bilan ish ko‘radigan kishilarning savodxonlik darajasi, davlatchilik tarixi va davlat ishlarini yuritishdagi mavjud an’analar, ma’lum darajada kishilar o‘rtasida shakllangan nutqiy madaniyat, ayni paytda, bu hujjatlarga bo‘ladigan zaruriyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Hujjatlarni yuritish asosan davlat ishlarini huquqiy asoslarga qo‘yish tarzida amalga oshiriladi. Demak, u davlat yoki davlatlarar bo‘ladigan ma’lum talablar darajasida amalga oshiriladi va dunyoviy an’analarni ham o‘zlashtiradi. Hujjatlarning mukammalligi davlat ishlarini yuritish takomilidan dalolat beradi. Davlat tizimining barcha bo‘g‘inlarini hujjatlarsiz mutlaq tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki uning faoliyati aynan ana shu hujjatlar yordamida tartibga solib turiladi va harakatga keltiriladi. Shuning uchun ham vaqt-vaqti bilan ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilinib boriladi. Masalan, shunday qaror O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo‘mitasi tomonidan 1924-yilning 31-dekabrida qabul qilingan bo‘lib, “Ishlarni o‘zbek tilida yurgizish ham O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti huzurida markaziy yerlashdirish hay’ati va mahallalarda muzofot yerlashdirish hay’atlari tuzilish(i) to‘g‘risida” deb nomlangan. Yurtimizning mustaqilligi arafasida (1989-yil 21-oktabr) “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi bu masalani ham huquqiy asosga qo‘ydi. Yangi tahrirdagi Qonunning 9- moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ishning davlat tilida yuritilishi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi alohida ta’kidlab o‘tildi. Mustaqillikdan keyin esa ish yuritishni takomillashtirish, uni milliy asosga qo‘yish masalasiga yana ham jiddiy e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar


Yüklə 73,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə