Qator va qo‘sh undoshlar



Yüklə 19,58 Kb.
səhifə1/3
tarix08.01.2023
ölçüsü19,58 Kb.
#98356
  1   2   3
Qator va qo\'sh undosh

QATOR VA QO‘SH UNDOSHLAR


Nutqda har xil undosh tovushlarning qator kelishi yoki birga bir xil undoshlarning qator qo‘shaloq holda qo‘llanishi uchraydi. O‘zbek tilida so‘z tarkibida tovushlarning qo‘shaloq qo‘llanishi asosan o‘zlashma so‘zlar ta’sirida paydo bo‘lgan hodisadir. Chunki o‘zbek tilidagi so‘zlar tarkibida tovushlar aksariyat hollarda unli+undosh yoki aksincha undosh+unli tarzida joylashadi. Xususan, o‘zbek adabiy tilida undoshlarning qator hamda qo‘shaloq holda kelishi, asosan, so‘z o‘zlashtirish orqali vujudga kelgan bo‘lib, quyidagicha kombinatsiyalarda uchratish mumkin.

So‘z boshida

So‘z o‘rtasida

So‘z oxirida

Ssuda

Katta

Kongress

Traktor

Do‘stlik

Qirq


Qator undosh

Qo‘sh undosh

Bir bo‘g‘in tarkibida yonma-yon kelgan har xil undoshlar.

So‘z tarkibida yonma-yon kelgan bir xil undoshlar.

So‘z boshidagi qator undoshlar o‘rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo‘shib talaffuz qilinsa ham, bu qisqa unli yozilmaydi.Masalan : stol (istol tarzida talaffuz qilinadi)

Ikki, chaqqon kabi so‘zlarda qo‘sh undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.

Go‘sht, do‘st, barg kabi so‘z oxirida kelgan qo‘sh undoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham, yozuvda ifodalanadi.

Million, artilleriya kabi so‘zlarda kelgan qo‘sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo‘sh undosh bilan yoziladi.

Paxta, nimcha, o‘simlik so‘zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo‘g‘inda bo‘lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi.

Gramm, metall kabi so‘zlar oxirida kelgan qo‘sh undosh- lardan biri talaffuzda tushirib qoldirilsa ham, yozuvda hamisha ifodalanadi.

Gramm, metall, ball kabi so‘zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qo‘shimchalar, egalik qo‘shimchasi va boshqa qo‘shimchalar qo‘shilganda, qo‘sh undoshning biri yozilmaydi. Masalan, metall+lar = metallar, gramm+i = grami, ball +im = balim, metall + ing = metaling.

Yüklə 19,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə