Qator va qo‘sh undoshlar


Ushbu holatlarda ham qo‘sh undoshlik xususiyati saqlanadi



Yüklə 19,58 Kb.
səhifə2/3
tarix08.01.2023
ölçüsü19,58 Kb.
#98356
1   2   3
Qator va qo\'sh undosh

Ushbu holatlarda ham qo‘sh undoshlik xususiyati saqlanadi.
ESLATMA! O‘zbek alifbosida maxsus belgilar orqali berilmaydigan bitta undosh mavjud – ng. Ushbu harf birikmasi ba’zida bitta tovushni (ng), ba`zida esa ikkita tovushni (n,g) ifodalab kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, “ng” harf birikmasi qatnashgan barcha so‘zlar ham qator undoshli so‘zlar hisoblanmaydi. Masalan, singil, dengiz, ko‘ngil so‘zlarida qator undosh mavjud emas. Shtanga, kongress, langar kabi so‘zlarda esa qator undosh mavjud, chunki bu yerda n va g harflari alohida tovushlarni ifodalab kelgan. Ng tovushini n va g tovushlaridan farqlash uchun quyidagi qoidaga amal qiling.
Bir asos tarkibida yonma-yon va ikki unli o‘rtasida kelgan n va g harflari sof o‘zbekcha so‘zlarda har doim „ng“ tovushini ifodalaydi. Bo‘g‘inga ajratilganda esa ikkinchi unli bilan birgalikda ajratiladi. Masalan, ko‘/ngil, si/ngil, de/ngiz. Chetdan kirib kelgan so‘zlarda n va g harflari alohida-alohida tovushlarni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, kon/gress, lan/gar kabi.
Qo‘sh undoshlar, odatda, o‘zbek tilida so‘z o‘rtasida keladi: malla, shovvoz, tizza, do‘ppi kabi.
Rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda esa so‘z oxirida ham qo‘llanadi: gramm, metall, kilovatt kabi.
Talaffuzda qo‘sh undoshlardan birini aytmaslik adabiy talaffuz maromiga ziddir, ayniqsa, o‘zbek tilida bu holat ma’no farqlashga ham xizmat qiladi: sodda – soda, modda – moda, billur – bilur (bilar ma’nosida) kabi. O‘zbek tilida qo‘sh undoshlar o‘zak oxiridagi undoshdan keyin shunday undosh bilan boshlanuvchi qo‘shimcha qo‘shish (eshit+tir, es+siz, gul+lar kabi), o‘zak oxiri va qo‘shimcha boshidagi tovushlarning o‘zgarishi (bir+ta–bitta, vatan+ni vatanni, ek+gin ekkin,chiq + guncha chiqquncha kabi), sifatning kuchaytirma shakli yasalishi (oppoq, soppa-sog‘, chippa-chin kabi) bilan hosil bo‘ladi.





Yüklə 19,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə