Reja; 1 Qon aylanish tizimida kuzatiladigan o‘zgarishlar



Yüklə 24,09 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü24,09 Kb.
#145586
  1   2   3
qon aylanish t




Mavzu: Qon aylanish a’zolari tizimini baholash.


REJA ;


1 Qon aylanish tizimida kuzatiladigan o‘zgarishlar
2 Qon aylanish tizimini tekshirish usullari.

Qon aylanish tizimi a’zolaridan biri bo‘lgan yurak qonni harakat- lantirib, uni inson a’zolari va to‘qimalariga yetkazib berib turadi. U oldingi ko‘ks oralig‘ida joylashgan bo‘lib, sog‘lom odam yuragining asosi chap tomonda II qovurg‘a damida tursa, uchi V qovurg‘a oralig‘ida turadi. Yurak xajmi 250—300 g ni tashkil etadi. Uzunasiga ketgan to‘siq bilan yurak chap va o‘ng nimtaga bo‘linadi. Har bir nimtasi yurak bo‘lmachasi bilan yurak qorinchasiga bo‘linadi.
Yurak uch qavatdan: ichki — endokard, o‘rta — miokard va tashqi — perikarddan tashkil topgan. Endokard yurak bo‘lmachalari bilan qorinchalari bo‘shliqlarining ichki yuzasini qoplab turadigan endotimal hujayralardan iborat. Yurakning bir bo‘shlig‘i ikkinchisiga aylanadigan joyda endokard qalin tortib, burmalar hosil qiladi, yurak klapanlari deb shularga aytiladi. Miokard — yurakning o‘rta qavatidir. O‘ng qorincha miokardi chapnikiga qaraganda sustroq rivojlangan. Qorin­chalari muskul qavati bo‘lmachalarinikiga qaraganda ancha qalinroq bo‘ladi. Miokard tolalari bir-biri bilan chalkashib ko‘zg‘alishi bilan qisqarishning butun yurakka bir lahza ichida tarqalishi uchun sharoit yaratadi. Perikard — ichki va tashqi varaqlardan tashkil topgan. Bu varaqlar orasida bo‘shliq bor, shu bo‘shliqda doimo 20—30 ml seroz suyuqlik bo‘ladi. Tana pastki qismlarining venalaridan kelgan qon pastki kovak venaga, yuqori qismlardan kelgan qon esa yuqori kovak venaga quyiladi. Bu venalarning ikkalasi o‘ng bo‘lmachaga quyiladi. So‘ngra venoz qon o‘ng qorinchaga o‘tadi, undan esa o‘pka arteriyasi orqali o‘pkaga o‘tadi.
O‘pka arteriyasi o‘pkada tobora mayda tomirlarga, pirovardida alveolalarni o‘rab turadigan kapillyarlarga bo‘linadi. Mana shu yerda venoz qon kislorod bilan to‘yinadi. So‘ngra kapillyarlar bir-biri bilan tutashib, o‘pka venalarini hosil qiladi. Bu venalardan arterial qon chap bo‘lmachaga, undan chap qorinchaga tushadi. Kislorod bilan to‘yingan qon chap qorinchadan aorta va arteriyalar tarmog‘i orqali butun organizmga tarqaladi. Arteriyalar kichikroq kalibrdagi tomirlarga bo‘linib borib, kapillyarlar bilan tugallanadi. Kapillyarlarning diametri 7—8 mkm ni tashkil etadi. Kapillyarlar yarim o‘tkazuvchi bir qavat hujayralardan tuzilgan. Kapillyarlardan oqib kelgan qon kislorod va oziq moddalarni hujayralarga beradi va ishlangan mahsulotlarni o‘ziga singdirib oladi. Kapillyarlarning arterial va venoz tirsagi bor. Kapillyarlarning ko‘pgina qismi odatda puchaygan holatda bo‘lib, dam olib turadi. Puchayib turgan shu kapillyarlar jismoniy zo‘riqish paytida qon bilan to‘lishadi. Organizmdagi barcha a’zo va to‘qimalar kapillyarlaridan qon venalarga yig‘iladi va ular o‘ng bo‘lmachaga oqib keladi.
Qon aylanish tizimi. Qon aylanish tizimi ikkita — katta va kichik qon aylanish doirasiga bo‘linadi. Tomirlar tizimining bir qismi, ya’ni o‘ng qorinchadan o‘pka arteriyasining chiqish joyidan to o‘pka venasining chap bo‘lmachaga quyilish joyigacha bo‘lgan qismi kichik qon aylanish doirasi deyiladi. Tomirlar tizimining qolgan qismi, ya’ni aorta va uning tarmoqlaridan tortib to ustki va kovak venalargacha bo‘lgan qismi katta qon aylanish doirasi deb ataladi. Tomirlar tizimi bo‘ylab qon bir qancha omillar tufayli, birinchi galda yurakning bir tekis va davriy aortada qisqarib borishi tufayli harakatlanib turadi. Yurakni qisqarishga mujbur etadigan impulslar o‘ng bo‘lmachada ustki kovak venaning og‘zi yaqinida joylashgan sinus tugunida vujudga keladi. Sinus tugunidan impuls bo‘lmachalar orasidagi to‘siqda joylashgan bo‘lmacha-qorincha tugunga tarqaladi. Yurakning qisqarishi sistola, bo‘shashishi esa diastola deb ataladi. Sistola diastolaga qaraganda ancha qisqa davom etadi. Diastolaning muddati yurak qisqarishlari tezligiga qarab o‘zgarib boradi. Meyorga ko‘ra yurak minutiga 60—80 marta qisqaryb turadi. Yurak o‘zining qisqarishi uchun impulslarini o‘zi ishlab chiqarib boradi, ya’ni u avtomatizm xususiyatiga egadir. U har safar qisqarganda normada 50—70 ml qonni otib chiqaradi, bu sistolik hajmni tashkil etadi. Yurakning minutlik hajmi 1 minut davomida yurak otib chiqaradigan qon miqdori hisoblanadi. Odam tinch turganida u 3,5—5 litrni tashkil etadi. Sistola paytida yelka arteriyasidagi qon bosimi sog‘lom odamda taxminan 17,5—18,5 kPa (simob ustuni hisobida 110—140 mm) ni tashkil etadi. Diastola paytida bu bosim pasayib 9,33—10,7 kPa (simob ustuni hisobida 70— 80 mm) ga tushadi. Qonning hammasi tomirlar o‘zanida aylanib yurmaydi. Sog‘lom odam organizmidagi 5— 6 litr qonning 1/3 qismi asosiy qon depolari — jigar, taloq, muskullar va terida aniqlanadi.

Yüklə 24,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə