Reja: Burchoqdoshlar oilasiga tavsif



Yüklə 8,51 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü8,51 Kb.
#158989
  1   2   3
Burchoqdoshlar oilasi

  • Burchoqdoshlar oilasi
  • Reja:
  • Burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi o’simliklarning o’ziga xos belgilari
  • Burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi o’simliklarning o’ziga xos belgilari
  • Qabila katta Burchoqdoshlar oilasidan iborat, u 12000 dan ortiq turni o'z ichiga oladi.
  • Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar), (Fabaceae, Leguminosae) - ikki urugʻpallali oʻsimliklarning bir oilasi. Yer yuzining hamma mintaqalarida keng tarqalgan. Baʼzan Burchoqdoshlar oilasini 3 kenja oila - mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaseaye yoki Fabaceae)ra ajratiladi.
  • Burchoqdoshlarning barglari koʻpincha ketma-ket joylashgan, odatda, yon bargli va murakkab. Gullari asosan boshoqsimon, shingilsimon yoki kallaksimon toʻpgullarda oʻrnashgan, odatda zigomorf, ayrimlarida aktinomorf. Mevasi – dukkak. Arapatiella psilophylla Burchoqdoshlarning 12000 turni birlashtirgan 500 turkumi (Oʻzbekistonda 528 turni uz ichiga olgan 57 ta turkumi) bor. Burchoqdoshlardan oqsilga boy boʻlgan mosh, noʻxat, loviya, soya, yer yongʻoq oziq-ovqat uchun, toʻyimli oʻtloq oʻsimliklaridan beda, sebarga, esparset yemxashak uchun koʻplab ekiladi. Burchoqdoshlarning orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan, balzamli va qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar bor.
  • Yeryongʻoq, Sano, qashqarbeda, shirinmiya, shildirbosh, oqquray, afsonak kabilardan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar, smolalar, vitaminlar va organik kislotalar tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.Choʻllarda uchraydigan qizboltir, oqmiya, achchiqmiya kabilar zaharli hisoblanadi. Burchoqdoshlarning baʼzi zaharli turlari (derris, lonxokarpus) insektitsid sifatida ishlatiladi. Ko’plab turlari (akatsiya, gledichiya, tuxumakva b.) manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Burchoqdoshlarga mansub koʻp oʻsimliklarning ildizida atmosfera azotini oʻzlashtiradigan azotobakter yashaydi. Shuning uchun Burchoqdoshlar azot birikmalari kam boʻlgan tuproqda ham yaxshi oʻsadi.
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə