Reja: Umumiy ta’lim maktablarida musiqa savodini o’rgatish metodlari



Yüklə 277 Kb.
səhifə1/8
tarix11.12.2023
ölçüsü277 Kb.
#146199
  1   2   3   4   5   6   7   8
1404451888 53329


Musiqa darslarida musiqa savodi o’rgatish metodikasi
Reja:
1. Umumiy ta’lim maktablarida musiqa savodini o’rgatish metodlari
2. Musiqa savodini o’rgatishning boshlang’ich davri
a) Tovushning baland-pastligi. Registrlar
b) Notalarni yozish. Nota yo’li. Kalit
c) tovushlar cho’zimi va ularning yozilishi
d) Pauzalar
3. Nuqtali pauza notasi
4. O’ lchov, takt va takt chizig’ i
5. Alterasiya belgilari. Ton va yarim ton
6. Lad. Major va minor
7. Intetrvallar
8. Musiqa asarlarning cho’zilishi haqida tushuncha

Musiqa savodi musiqa darsining bo’limlaridan biri bo’lib, xor bilan qo’shiq aytishga nisbatan ikkinchi darajali o’rin tutadi. Shunga qaramasdan musiqa savodi o’quvchi bolalarning musiqa ta’limida katta rol o’ynaydi: musiqa nazariyasi va tarixidan boshlang’ich bilim beradi, ularning saviyasini oshira borishga yordam qiladi. Musiqa savodi musiqaga, uning ifoda vositalariga ongli munosabat tarbiyalaydi, musiqaning mazmunini tushunib olishga yordam beradi, eng muhimi esa notaga qarab kuylash va ashula aytish malakalarini hosil qilish, garmonik eshitish qobiliyatini o’stirishga ta’sir ko’rsatish, xor ovozlarini aniq talaffuz etishga va xor bilan ijro etish sifatini oshirishga qulaylik tug’dirish yo’li bilan sinfda qo’shiqlar o’rgatishni osonlashtiradi. Musiqa darsida musiqa savodiga juda oz vaqt 5-10 minut ajratiladi. Shu sababli har gal qo’shiq o’rganish va musiqa asarlarini tinglash jarayonida qo’llash va eshitish malakalarini hamda musiqa bilimini mustaxkamlab va chuqurlashtirib borishi kerak. Maktabda musiqa savodini o’rganishda qo’yiladigan asosiy metodi talab olingan musiqaviy bilimni bevosita amalda qo’llash hamda savod o’rgatish bilan birgalashib qo’shiq aytishni bir-biriga chambarchas bog’lab olib borishdan iborat. O’quvchilar mustaqil qo’shiq ayta oladigan va notanish kuylarni notaga qarab o’rgana oladigan bo’lgan vaqtlardagina musiqa savodini o’rganishdan ko’zlanadigan maqsadga erishilgan bo’ladi. Musiqa savodini o’rganish bolalarning musiqa tovushlarini eshitish sezgilarining o’sishiga asoslanishi kerak. O’quvchi biror tovushni ovoz bilan esga tushunishdan oldin uning qanday yangrashini aniq- ravshan tasavvur qilishi va eshitib bilishi, ya’ni ko’rayapman-eshitayapman-kuylayapman deb, ko’zga ko’rinadigan narsadan eshitiladigan narsaga qarab borishi lozim. Ko’pchilik bo’lib qo’shiq aytishda ham musiqa savodini o’rgatish jarayonida ham eshitish qobiliyati, metr-ritm sezgisi taraqqiy etadi.


Musiqa savodini o’rgatishning boshlang’ich davri
Musiqa savodini o’rgatish l-sinfda boshlanadi. Ko’pgina bolalar
maktabgacha tarbiya davrida bog’chaga qatnab, bog’chadagi musiqa
mashg’ulotlarida bir qancha musiqaviy malakalar hosil qilgan bo’ladilar.
Ko’pgina qoshiqlar va o’yinlar o’rganib olgan hamda ritm va raqs harakatlari bilan tanishgan bo’ladilar va h.k.
Uyda tarbiyalanadigan bolalar ham muayyan musiqaviy tasavvurga ega bo’ladilar: radiyo va televideniye orqali eshittiriladigan bir qancha musiqa asarlari bilan tanishgan bo’ladilar. Garchi ana shu bilimlar tasodifiy va sistemaga solinmagan bo’lsa-da, ammo o’qituvchi bolalarga musiqadan nazariy tushunchalar hosil qilishda o’sha bilimlarga ma’lum darajada suyanib ish ko’rishi mumkin.
l-sinfda o’quvchilarning butun musiqa ta’limiga negiz solinadi, shuning uchun bu sinfda o’qituvchi o’qitish metodikasini ayniqsa yaxshi bilishi, maktab yoshidagi kichik bolalarning yosh va individual xususiyatlarini, ularning musiqa va vokal qo’shiqchilik imkoniyatlarini chuqur bilishi zarur.
1-sinfda ta’limni shartli ravishda ikki bosqichga asosiy maqsad -bolalarning musiqa o’quvini o’stirishdir. Bu bosqich odatda o’quv yilining birinchi yarmini to’liq egallaydi. Shu vaqt mobaynida bolalar musiqa tovushlarining baland-pastligi va cho’zma kabi o’ziga xos xususiyatlarini ajrata bilishga o’rganishlari va nota yozuvini o’rganishga tayyorlanishlari kerak.
O’quv yilining ikkinchi yarmi - ikkinchi bosqichda nota savodi, ya’ni musiqa tovushlarining chizma (grafik) usulda ifodalanishi - nota yozuvini bevosita o’rganishga kirishiladi.



Yüklə 277 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə