Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti



Yüklə 19,02 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü19,02 Kb.
#139326
Kafedra bayonnomasi 2023


SAMARQAND AGROINNOVATSIYALAR VA TADQIQOTLAR INSTITUTI
IQTISODIYOT VA BIZNES KAFEDRASINING № 4 SON
MAJLIS BAYONIDAN KO‘CHIRMA

“26” Oktyabr, 2023 yil Oqdaryo tumani








Qatnashdilar:

Kafedraning professor-o‘qituvchilari













Raislik qildi:

Kafedra mudiri, Sh.B.Babaxolov













Kotib:

Majlis kotibi, E.Z.Nortoshev


KUN TARTIBI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid Farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.
2. Kafedrada ilmiy to‘garaklar faoliyati, iqtidorli talabalar bilan ishlash to‘g‘risida.
3. Kafedra oʻqituvchilarining talabalar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlari toʻgʻrisida.
4. Turli masalalar.4. Turli masalalar.
4.1. Kafedrada 2023-2024 o‘quv yili uchun nashr rejasini bajarilish holati hamda kafedra professor-o‘qituvchilari Sh.T.Hasanov, A.Tajiyev va N.Djanibekovlar tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmasini muhokama qilish va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala yuzasidan majlis raisi i.f.f.d (PhD) Sh.Babaxolov so‘zga chiqib, kafedraning 2023-2024 o‘quv yili uchun belgilangan nashr rejasini bajarilish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. I.f.d., professor Sh.T.Hasanov, “iqtisodiyot va biznes” kafedrasi katta o‘qituvchisi i.f.f.d., (PhD) A.A.Tadjiyev hamda Germaniyaning Halle shahridagi “O‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish” Leybnets instituti tadqiqotchisi, i.f.d., N.D.Djanibekovlar tomonidan “Qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar” (nazariyalar, barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlarining ijtimoiy-iqtisodiy istiqbollari) nomli o‘quv qo‘llanmasi tayyorlandi. Ushbu tayyorlangan o‘quv qo‘llanma bo‘yicha kafedra jamoasidan fikrlar so‘raldi.


Kafedra katta o‘qituvchisi Sh.Muratov so‘zga chiqib kafedramiz professori Sh.T.Hasanov, katta o‘qituvchi A.A.Tadjiyev hamda i.f.d., N.D.Djanibekovlar “Qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar” (nazariyalar, barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlarining ijtimoiy-iqtisodiy istiqbollari) nomli o‘quv qo‘llanmani respublikamiz qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar” fani bo‘yicha hozirgi kun talablariga javob beradigan o‘quv qo‘llanmalar yetishmasligini hisobga olib, tayyorlaganlar. Mazkur o‘quv qo‘llanma namunaviy dastur asosida tayyorlangan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida chop etishga tavsiya etish mumkin.
Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilaridan X.Pardayev so‘zga chiqib, ushbu o‘quv qo‘llаnmаdа innovatsiya, barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlari haqida аsоsiy tushunchаlаr bаyon qilgаnligini, bundan tashqari qo‘llаnmаdа insonlarning xulq-atvorlarini qisloq xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy qilish qaroriga ta’sir haqida fikr yuritilganligini, mazkur qo‘llanma qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar va ularning ta’siri bo‘yicha zamonaviy bilimlarni oshirishda talabalar uchun foydali qo‘llanma bo‘lishini va uni chop etish mumkin deb hisoblashini aytib o‘tdi.


QAROR QILADI:

  1. Kafedra professori Sh.T.Hasanov, katta o‘qituvchi A.A.Tadjiyev hamda i.f.d., N.D.Djanibekovlar tomonidan tayyorlangan “Qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar” (nazariyalar, barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlarining ijtimoiy-iqtisodiy istiqbollari) nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etishga tavsiya etilsin.

  2. “Iqtisodiyot va biznes “ kafedrasining majlis qarori ko‘rib chiqish va tashdiqlash institut kengashidan so‘ralsin.

Qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan ma’qullandi.


Majlis raisi Sh.B.Babaxolov


Majlis kotibi E.Z.Nortoshev
Yüklə 19,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə