Ma’ruza №4
Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalar tasnifi.
Reja:
Sanoatda portlatish ishlarining qo’llanilish maqsadi.
Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalarning qo’llanilishiga ko’ra tasnifi.
4.3. Sanoatlashtirilgan portlovchi moddalarga qo’yilgan asosiy talablar.
Darsning maqsadi: Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalar (PM) qo’llanilishi va tasnifini urganish.
Yukorida kuyilgan maksadga erishish uchun kuyidagi asosiy masalalarni echishimiz kerak.
sanoatda qo’llaniladigan PM larning atrof-muxdtga ta’sirini urganish orkali tasnifi;
sanoatda qo’llaniladigan PM larning fizikaviy xolatini urganish orkali tasnifi;
sanoatda qo’llaniladigan PM larning kimyoviy tuzilishini urganish orkali tasnifi;
sanoatda qo’llaniladigan PM larning omborlarda saklanishi va tashishdagi xavfsizliklar tasnifi;
sanoatda qo’llaniladigan PM larning qo’llanilishiga karab tasnifi.
Bugungi kunda konchilik sohasida juda kup turdagi portlovchi moddalar qo’llanilib kelinmokda. Ularning ishlab chikarishda tanlash asosan kuyidagi kriteriyalar asosida amalga oshiriladi: PM ning atrof-muhitga ta’siri, ularning fizikaviy holati va kimyoviy tuzilishi, omborlarda saklanish va tashishdagi xavfsizliklarini urganish orkali amalga oshiriladi.
rasm Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalar
Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalarning atrof- muxitga ta’sirini urganish orkali tasnifi:
yukoribrizantli PM lar, detonastiya tezligi 4500-7000 m/s;
brizantli PM lar, detonastiya tezligi 3000-4500 m/s;
pastbrizantli PM lar, detonastiya tezligi 2000-3000 m/s;
itkitishga muljallangan PM lar, yonish tezligi 100-400 m/s.
Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalarning fizikaviy xolatini urganish orkali tasnifi:
- granula shaklda;
presslangan;
kuyilgan;
suvga tuyingan.
Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalarning kimyoviy tuzilishini urganish orkali tasnifi:
ammiakli-selitrali;
nitro aralashma va uning kotishmalari;
suyuk efirdan tashkil topgan sanoatlashtirilgan PM;
xloratli va perxloratli sanoatlashtirilgan PM;
poroxlar.
Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalarning omborlarda saklanishi va tashishdagi xavfsizliklar buyicha tasnifi:
sinf - tarkibida 15% dan ortik suyuk nitroefir moddasiga ega bulagan sanoatlashtirilgan PMlar kiradi. Bularga asosan flegmatizastiyalangan geksogen va tetril kiradi;
sinf - tarkibida 15% gacha suyuk nitroefir moddasiga ega bulgan va ammiakli-selitra, trotil va uning kotishmalaridan tashkil topgan sanoatlashtirilgan PMlari kiradi. Bularga asosan trotil, flegmatizastiyalangan geksogen, detonastiya piligi kiradi.
sinf - tutunli va tutunsiz poroxlar.
sinf - elektrodetonatorlar, kapsyul detonatorlar, pirotexnik relelar;
sinf - tarkibidan portlatgich urnatilgan perforatorli snaryadlar.
Sanoatlashtirilgan PM lar qo’llanilish sharoitiga qarab sinflarga bo’linadi: himoyalanmagan va himoyalangan.
Dostları ilə paylaş: |