Sintetik tolalar



Yüklə 419,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix05.10.2023
ölçüsü419,12 Kb.
#125635
  1   2   3   4   5   6   7   8
Suniy tolalar



17 
3-MAVZU: KIMYOVIY TOLALAR. SUN‟IY TOLALAR.
SINTETIK TOLALAR. 
REJA: 
1. Kimyoviy tolalar haqida umumiy ma‟lumot. 
2. Sun‟iy tolalar.
3. Sintetik tolalar. 
Sun‘iy tola olish mumkinligi haqidagi dastlabki fikrni birinchi bo‗lib XVIII 
asrda ingliz olimi R. Guk aytgan. Lekin faqat XIX asrdagina sanoatda sun‘iy ipak 
olingan. 
Sellyuloza tolalar ichida eng oldin (1890 yilda) nitrat ipaq so‗ngra mis-
ammiak va viskoza ipak olingan. Byrinchi jahon urushi oxirida atsetat ipak 
olingan. Rossiyada viskoza ipak ishlab chiqaradigan birinchi zavod Mitishchida 
qurilgan. 1913 yilda bu zavodda 136 t viskoza tola ishlab chiqarilgan. Hozirgi 
vagtda kimyoviy tolalar ishlab chiqarish kimyo sanoatining yirik tarmog‗iga 
aylandi. Barcha to‗qimachilik tolalarining 30% chasi kimyo zavodlarida sun‘iy 
yo`l bilan olinadi, kimyoviy tolalar junga qaraganda uch marta ko‗p, tabiiy ipakka 
qaraganda 
100 
marta ko‗p ishlatiladi. 
Mamlakatimiz 
xalq 
xujaligini 
rivojlantirishning o‗n ikkinchi besh yillik planiga muvofiq kimyoviy tola va iplar, 
aynimaydigan bo‗yoq va boshqa kimyoviy materiallardan foydalanish 
kengaytiriladi. 
Kimyoviy tolalar sun‘iy va sintetik xillarga bo‗linadi. Sun‘iy tolalar ishlab 
chiqarishda xom ashyo sifatida yog‗och sellyulozasi, paxta chiqindilari, shisha, 
metallar va boshqalar, sintetik tolalar ishlab chiqarishda esa gazlar hamda 
toshko‗mir va neftni qayta ishlash maxsulotlari ishlatiladi. 
Sun‘iy tolalarning kimyoviy tarkibi ular olinadigan dastlabki tabiiy xom 
ashyoning kimyoviy tarkibidan farq qilmaydi. Sintetik tolalar kimyoviy sintez 
reaksiyalari natijasida, ya‘ni past molekulyar moddalar molekulalarini 
yiriklashtirib, ularni yuqori molekulyar birikmalarga aylantirish natijasida olinadi. 
Bunday tolalar tabiatda tayyor holda uchramaydi. 
Kimyoviy tolalar olish jarayoni uch bosqichdan iborat: yigiruv eritmasini 
hosil qilish, tolani shakllantirish va pardozlash. Mineral tolalardan boshqa barcha 
tolalar yigiruv eritmalari deb ataladigan eritmalar yoki suyuqlanmalardan olinadi. 
Tolaga ip shaklini berishda yigiruv eritmasi filer deb ataladigan maxsus 
qalpoqchalarning mayda teshiklaridan kuch bilan o‗tkaziladi. Filerlar yigiruv 
mashinalarida (5- rasm) kimyoviy tolalarga shakl beradigan ish organlari 
hisoblanadi. Filerlar qimmatbaho metallardan tayyorlanadi. 
Filerlardan chiqayotgan yigiruv eritmasi oqimlari qotib ipga aylapadi. 
Eritmalardan ip olishda ular cho‗ktirish vannasida hul muhitda qotishi mumkin, 
bunday usul ho‗l usul deb ataladi. Eritma oqimlarini quruq muhitda qaynoq havo 


18 
bilan qotirish usuli ham bor, bu usul quruq usul deyiladi.
 Kompleks to‘qimachilik
iplari ishlab chiqarishda filerda teshiklar 24—50 tagacha bo‗ladi. Bir filerdan 
chiqqan iplar umumiy kompleks ipga birlashadi, so‗ngra cho‗ziladi va o‗raladi. 
Iplarni pardozlash uchuy ular yuviladi, quritiladi, buraladi va buramini 
mustahkamlash uchun termik ishlanadi. Ba‘zi tolalar oqartiriladi yoki bo‗yaladi. 
hozirgi vaqtda to‗gridan-to‗g‗ri yigiruv eritmasiga bo‗yoq qo‗shish usuli 
qo‗llanilmoqda. Sutrang tolalar olish uchun yigiruv eritmasiga mayin qilib tuyilgan 
titan (IV)-oksid kukuni qo‗shiladi. Profillangan yoki ichi bo‗sh tolalar olish uchun 
murakkab shaklli teshiklari bo‗lgan filerlar ishlatiladi (6-rasm)
5-rasm. Sentrifugali yigiruv mashina. 6-rasm. Kondalang qirqim shakllari: 
a-filerning 
profillangan 
teshiklariniki, 
b-profillangan 
tolalariniki, v-ichi bo‗sh tolalarniki. 
SHtapel tolalar ishlab chiqarishda filerdagi teshiklar soni 40 mingga etishi 
mumkin. Har qaysi filerdan tolalar dastasi olinadi. Dastalar pilta qilib 
birlashtiriladi, siqiladi va quritiladi, shundan keyin istalgan uzunlikda kesiladi. 
Odatda, kesish to‗qimachilik korxonalarida bajariladi. SHunday qilib, shtapel 
tolalar deganda kalta kimyoviy tolalar tushuniladi.
SHtapel tolalar yoniga asosiy tolalarning nomi qo‗shib aytiladi, masalan, 
shtapel kapron, shtapel lavsan, shtapel nitron va hokazo. Buramdor shtapel tolalar 
olish uchun qirqishdan oldin pilta burmalanadi. Buning uchun tolalarga qizdirilgan 
metall plita zarb bilan uriladi. SHtapel tolalar sof xilda yoki tabiiy tolalar 
aralashtirib, kalava ipga aylantiriladi. SHtapel tolalarning uzunligi 4—30 sm 
bo‗ladi; ularning uzunligi qo‗shiladigan tabiiy tolalarning uzunligiga mos kelishi 
lozim. 
Tolalar assortimentini kengaytirish va yaxshilash uchun yangi tola hosil 
qiluvchi 
polimerlar 
topishdan 
tashqari, 
mavjud 
kimyoviy 
tolalarni 


19 
modyfikatsiyalash yo`lidan boriladi. Modifikatsiyalash fizik (struktura jihatidan) 
va kimyoviy bo‗lishi mumkin.
Fizik modifikatsiyada polimerlarni hosil qiladigan makromolekulalarning 
strukturasi o‗zgartiriladi: makromolekulalarning uzunligi, joylashuvi o‗zgartiriladi, 
makromolekulalar 
orasiga 
qo‗shimcha 
moddalar 
kiritiladi. 
Kimyoviy 
modifikatsiyada tola hosil qiluvchi polimerlarning kimyoviy tarkibi qisman 
o‗zgartiriladi. Modifikatsiyanatijasida yangi xossali tolalar olinadi. 

Yüklə 419,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə