Tadbirkorlik va boshqaruv



Yüklə 58,44 Kb.
səhifə1/3
tarix20.05.2023
ölçüsü58,44 Kb.
#111710
  1   2   3
Umirzaqov ODILJON


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA
INSTITUTI
“TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV” FAKULTETI
IQTISOD TARMOQLAR VA SOXALAR BO’YICHA 1-2-IQ-2OTM-22 GURUH TALABASI
UMIRZAQOV ODILJONNING
MIKROIQTISODIYOT
FANIDDAN TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI

MAVZU :BOZOR , TALAB VA TAKLIF

REJA: 1. Bozor” va “bozor iqtisodiyoti” tushunchalarining o‘zaro farqlanishi.

2.Talab va taklif tushunchasi.

3.Talab va taklif miqdorlarining mos kelishi.

4.Bozor muvozanati.


“BOZOR” VA “BOZOR IQTISODIYOTI” TUSHUNCHALARINING O‘ZARO FARQLANISHI.

  • “BOZOR” VA “BOZOR IQTISODIYOTI” TUSHUNCHALARINING O‘ZARO FARQLANISHI.
  • Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.
  • Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda tushunish, ba’zi adabiyotlarda sinonim so‘zlar sifatida qo‘llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo‘ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.

Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.

  • Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
  • Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Unda oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo‘lgan xizmatlar bajariladi.
  • Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam bo‘lsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olib, tez boyiydi yoki aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko‘radilar.

Yüklə 58,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə