Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan talablar slayd



Yüklə 19,43 Kb.
səhifə1/8
tarix30.12.2023
ölçüsü19,43 Kb.
#164774
  1   2   3   4   5   6   7   8
Talabalar bilimini nazorat qilish usullari

Talabalar bilimini nazorat qilish usullari

Reja:

1.Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga qo'yilgan talablar..

2. O’quvchilar bilimini tashxis qilish didaktik tushuncha sifatida

3.Ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash samaradorligining psixologik-pеdagogik shart-sharoitlari.

4. Baholash mezonlari va ulardagi xatoliklar.

5, BILIMLARNI TЕKSHIRISHNING YANGI USULLARI

Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga quyilgan talablar.

Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashxissiz didaktik jarayonni sama-rali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.

Ta’lim olganlikni tashxislash orqali erishil-gan natijalar va ta’lim olganlik ajratib olina-di. SHuningdek, ta’lim olganlik tashxislash vaqti-da belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o’quv jarayonida kechadigan barcha jihatlar-ni uning mahsuli bilan bog’liq holda o’z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.


Nazorat -(ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o’lchash esa tekshirish deb ataladi. O’qituvchi o’qitish bilan bir vaqtda o’quvchilarning o’rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini va uni amalda qo’llash malaka-larini egallashini hisobga olib borishi kerak. Hisobga olish – bu o’qitishning muayyan bir davrida talabalar va o’qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.

Baholash va uning o’ziga xosliklari.

Tekshirishdan tashqari nazorat o’z ichiga baholashni (jarayon sifa-tida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko’nikma va malakalarni o’quv dasturida ko’rsatilgan etalon (ko’rstakich, qolip, o’lcha-gich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko’rsatilgan son jihatdan o’lchamiga aytiladi.


Yüklə 19,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə