Tasmali uzatmalar



Yüklə 111,91 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü111,91 Kb.
#162426
  1   2   3   4
Tasmali uzatmalar


Tasmali uzatmalar.
7.1. Tasmali uzatmalar. Tuzilishi, sinflash, afzalligi, kamchiligi, ishlatish sohalari, asosiy geometrik o’lchamlari va kinematikasi.
Yetaklovchi va yetaklanuvchi shkiv va ularga kiydirilgan tasmadan tashkil topgan hamda harakatni ishqalanish kuchi hisobiga uzatadigan mexanizm tasmali uzatmalar deb yuritiladi. Yuklama tasmaning taranglashishi natijasida shkivlar bilan tasma orasida hosil bо‘ladigan ishqalanish kuchi orqali uzatiladi.

7.1 – rasm. Tasmaning turlari

Tasmali uzatmalar quyidagi turlariga bо‘linadi:


Tasmaning kо‘ndalang kesimi shakliga kо‘ra:
a) yassi;
b) ponasimon;
c) doiraviy ( dumaloq );
d) yarim ponasimon;
e) tishli.
Tasmali uzatmaning quyidagi afzalliklari mavjud:

  • harakatni uzoq masofalarga uzata oladi (15 m va undan ortiq);

  • ravon - bir tekis va shovqinsiz holatda ishlaydi;

  • tasmaning elastikligi mavjudligi sababli katta tezliklarda ham ishlaydi;

  • mexanizmlarni tasmaning elastikligi natijasida yuklamaning keskin о‘zgarib ketishlaridan saqlaydi;

  • mexanizmlarni tasmaning sirpanishi hisobiga о‘ta yuklanishlardan saqlaydi;

  • ishlab chiqarish konstruksiyasining juda oddiyligi;

  • foydalanishning nisbatan iqtisodiy kamligi va soddaligi (moylash talab etilmaydi, yig‘ish-rostlash ishlari juda ham oson).

Kamchiliklari:

  • tashqi o’lchamlarining kattaligi (bir xil sharoit uchun shkiv diametri tishli g’ildiraklar diametridan taxminan besh marotaba katta)

  • tasmaning yuklama ta’siri ostida shkiv ustida sirpanishi natijasida uzatishlar nisbati doimiy emas;

  • Val va tayanchga tushadigan kuch kattaroq;

  • Tasmaning chidamliligi (umrboqiyligi) nisbatan kichik (1000…5000 soat oralig’ida)

Tasmaning tarangligi, qamrov burchagi hamda ishqalanish koeffisienti qancha katta bo’lsa, tasmali uzatmaga shuncha katta yuklama qo’ysa bo’ladi. Odatda, bu taranglik tasmaning elastik deformasiyasini hisobiga hosil bo’ladi. Biroq vaqt o’tishi bilan tasmaning cho’zilishidan uning tarangligi kamayadi. Bu hollarda, talab etilgan taranglikka erishish uchun uzatmalar maxsus qurilmalar bilan ta’minlanadi.
Tasmali uzatmalarning quvvati 50 kVt gacha bo’lgan vallarning biridan ikkinchisiga harakatni uzatishda qo‘llaniladi.
Hozirgi zamon mashinasozlikda ponasimon tasmalar keng ishlatilmoqda.
Yassi tasmalarning yangi konstruksiyasi (plastmassali, plyonkali tasmalar) yuqori tezlikda ishlaydigan uzatmalarda qo’llaniladi.
Doirasimon tasmalarda faqat quvvati kichik bo’lgan uzatmalarni uzatishda qo’llaniladi. Tasmaning tortish qobiliyati va chidamliligi - tasmali uzatmalarning ishlash qobiliyatining asosiy mezonlari hisoblanadi.
Yassi tasmali uzatma oddiy bo’lib, yuqori tezliklar va tasmaning yuqori elastikligida ham xizmat muddati va foydali ish koeffisienti yuqori bo‘ladi. Amaliyda yassi tasmali uzatmalarning turli sxemali turlari ishlatiladi (7.2-rasm): ochiq uzatma (7.2-rasm, a) parallel joylashgan vallarda va shkivlarning bir tomonga aylanishida qo’llaniladi; ayqash uzatma (7.2-rasm, b) larda tasma tarmoqlari ayqashishadi, shkivlar esa teskari tomonga aylanadi; yarim ayqash uzatma (7.2-rasm, v) da vallar o’qi ma’lum burchak ostida ayqashadi; burchak uzatma (7.2-rasm, g)da vallar o’qi ba’zi burchak ostida kesishadi. Ushbu sxemalardan amalyotda ko’proq oddiy ochiq uzatma qo’llaniladi va boshqalari bilan solishtirilganda yuqori ishlash qobiliyati va umrboqiylikka ega. Ayqash va burchak uzatmalarda tasma qo’shimcha egilishlar, buralishlar va yetaklovchi hamda yetaklanuvchi tarmoqlarning o’zaro ishqalanishi natijasida jadal yeyiladi.

7.2-rasm. Yassi tasmali uzatmalar turlari

Pog’onali shkivli rostlanadigan uzatma (7.2-rasm, d) uzatish nisbatini rostlash talab qilinganda qo’llaniladi.


Taranglovchi rolikli uzatma kichik o’qlararo masofada va yuqori uzatishlar nisbatida qo’llaniladi.
Mashinasozlikda tasmalarning quyidagi turlari ishlatiladi:
Charm tasmalar yaxshi tortish qobilyati va yuqori umrboqiylikka ega bo’lib, yuklamaning tebranishini yaxshi o’tkazadi. Charm tasmalarning tannarxi yuqoriligi va kamyobligi uning qo’llanilishini sezilarli chegaralaydi. Charm tasmalarning mustahkamlik chegarasi σM =200-250 MPa ni tashkil etadi.



Yüklə 111,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə