Tayanch so‘zlar asosida tuzilgan matn



Yüklə 20,12 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü20,12 Kb.
#160627
oquvchilar uchun mantlar


TAYANCH SOZLAR ASOSIDA TUZILGAN MATN

Tayanch so‘zlar: sharshara, 1-para, Prezident, jazirama, mukofot.


Yoz. Jazirama kunlar boshlangan. Ammo sharqiroq soylar, sharshara salqini jazirama hovurini bosayotganday go‘yo. Shunday paytda kollejda dars boshlandi. Birinchi para – huquqshunoslik darsi. Bu darsda o‘qituvchimiz bilan Prezidentimiz tomonidan ta’sis etilgan mukofotlar haqida gaplashdik. Bu mukofotlarni qo‘lga kiritish uchun respublikamizda barcha imkoniyatlar mavjud. Shu kundan boshlab barchamiz Prezident mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun intilishga, tinmay mehnat qilib, yaxshi o‘qishga harakat qila boshladik.




TOPISHMOQLAR ASOSIDA TUZILGAN MATN

Mazkur topshiriqdagi topishmoqlarni javob so‘zlarga almashtirib, matnni qayta tuzish ham mumkin.


Kechasi bilan yomg‘ir quyib chiqdi. Tongda tuman qoplangan olam uzra oltin sandiq ochildi, olamga nur sochildi. Yomg‘ir suvlariga bag‘ri to‘lib qolgan pak-pakana boyi bor, yetti qavat toni borlar dala uzra yashnab turar, yer tagida oltin qoziq, u hammaga bolar oziqlar esa tuproqqa singib ketgan yomg‘ir suvlaridan bahramand, ammo jaladan oldingi ko‘tarilgan to‘s-to‘polondan bexabar yotar edi. Kechagi yomg‘irdan keyin oyib oldim, orni yoq ariq‘-u anhorlarning qirg‘oqlaridan toshib chiqib ketgudek bo‘lib to‘lqinlanib oqar edi. Kecha kun bo‘yi osmonni qoplagan katta chelak teshildi, undan kop suv tokildilar orasidan yorugkunni boshlaydi, undan borliq yashnaydi ba’zi-ba’zida nurin sochib, olamga iliqlik taratar edi. Lekin ko‘proq qolsiz, oyoqsiz eshik ochar daraxtlarning qizg‘ish, sariq barglarini u yoqdan bu yoqqa uchirar, mevalarini esa yerga uzib tushirar edi.


JONSIZ NARSAGA YOZILGAN MAKTUB
Gullarga maktub
Salom, mening har uyga borganda ko‘zimni quvnatadigan, uyimizga o‘zgacha ko‘rk, yashillik taratib turgan, sog‘ligimiz tayanchi bo‘lgan mening aziz anvoyi gullarim! Hozirda sizdan ancha yiroqdaman. Sizlarni yana chiroyli bo‘lib ochilib turganingizni esladim-u, sizlarga maktub yozishga kirishdim. Gullar, bilasizmi, men sizlarga o‘xshagim keladi. Nega, deysizmi? Sababi, sizlarning chiroyingizdan barchaning bahri-dilini ochiladi, hech kimga ziyon-zahmatingiz tegmaydi. Umringiz davomida faqat insonlar uchun beminnat xizmat qilasiz. To‘g‘ri, sizlarning ichingizda tikanakli yoki umuman gullamaydiganlari ham bor. Lekin ular ham foydali – insonlar uchun kislorod manbaidir. Ha, sizlar doimo biz insonlar uchun keraksiz! Yozib turibman-u, sizlarga nisbatan ba’zan nohaqlik qilganimni, vaqtida suv, o‘g‘itingizni bermagan paytlarimni esladim. O‘z-o‘zimga so‘z berdim: bundan keyin sizlarga o‘zgacha mehr beraman, bundan ham yaxshiroq parvarish qilaman!


MAQOL ISHTIROK ETGAN MATN

Xalq orasida shunday maqol mavjud: Qarisi bor uyning parisi bor. Nigoralar buvisi bilan yashashadi. Nigora asli yomon qiz emas-u, ichida gap turmaydi, o‘ylamay gapirib qo‘yadi. Buvisi unga ko‘p nasihat qiladi: -Qizim, oynab gapirsang ham oylab gapir, har gapni ham aytib yuborish yaramaydi. Aytmoqchi bo‘lgan gaplaringni avval o‘ylab, keyin tilga chiqar. Avval oyla keyin soyla deganlaridek, har gapda yetti olchab bir kesish zarur. Yolg‘on so‘zlama, buni odat qilma, boshingga qilich kelsa ham rost sozla – shuni odat qilgin. Vaqt ganimat, uni to‘g‘ri taqsimlashni bilgin. Axir aytishadi-ku, “yoqolgan oltin topilar, yoqolgan vaqt topilmas” deb. Shuning uchun ham bo‘sh vaqt qoldirma, kitoblar o‘qi, oyingga yordam ber, shunda o‘ylagan niyatingga erishib, yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayasan.




RAQAMLAR ISHTIROKIDAGI MATN
Mubina va Muslima
Mubina aqlli, ziyrak va odobli qiz. U ikki uy narida turadigan qo‘shnimiz Dilfuza opaning qizi bo‘lsa-da, menga singlimdek bo‘lib qolgan. U yetti yoshda bo‘lishiga qaramay besh yoshli ukasi Javohirbekka yozish-chizishni o‘rgatadi. U o‘qituvchisidan bugun dars davomida o‘rganib kelganlarini shu kuni ukasiga bitta ham qoldirmay o‘rgatadi.
Mubina ikkinchi singlim Muslima bilan yaqin dugona ham sinfdosh bo‘ladi. Bu ikki o‘rtoqning fe’l-atvori ham bir tomchi suvdek o‘xshash. Yurishi, turishi, gapirishi, kiyinishi xuddi egizaklardek. Lekin shunisi yomonki, Ali desang, Vali deyishadi, bitta savolga onta javob beradiganlardan. Juda sersavol, hamma narsaga qiziqishadi. Bitta savolidan to‘liq qoniqmagunlaricha so‘rashdan to‘xtashmaydi. Yana o‘xshash tomoni shundaki, hatto tug‘ilgan sanalari ham bir xil: 2009-yil 16-dekabr.
Mana ikki yildan buyon qishning on oltinchi kunida bu ikki dugonaning quvonchiga o‘rtoqlari ham sherik bo‘lishmoqda. Ular 213-maktabning 2-sinfida, bitta sinfda o‘qishadi. Bilimga chanqoq, harakatchan, intiluvchan bo‘lishgani sababli 6 yoshdanoq maktabga borishgan. Mubina va Muslima bir yildayoq sinfning yetakchi o‘quvchilariga aylanib olishdi. Hozirda esa sinfning a’lochi o‘quvchilari beshtaligidan birinchi va ikkinchi o‘rinlarni band qilib turishibdi. Har doim besh baho olib, uka-singillariga o‘rnak bo‘lishga harakat qilishmoqda.
Yüklə 20,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə