Texnik tizimlarda axborot kommunikatsiyalarining (akt) asosiy vazifalari va tarmoq sohalarida qo’llash Reja



Yüklə 67,96 Kb.
səhifə1/8
tarix11.12.2023
ölçüsü67,96 Kb.
#145766
  1   2   3   4   5   6   7   8
Axmedov Ozodbek


Texnik tizimlarda axborot kommunikatsiyalarining (AKT) asosiy vazifalari va tarmoq sohalarida qo’llash



Reja:

1.Texnik tizimlarning (AKT) asosiy vazifalari

2.Axborot komunikasion texnalogiyalari



3.O’zbekistonda AKT sohasini rivojlanishdagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari


1. Texnik tizimlarning (AKT) asosiy vazifalari
Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan jarayon axborot texnologiyasi deb ataladi. Axborot texnologiyasi – axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar.
Multmediya va Internet texnologiyalarining paydo bo’lishi va keng tarqalishi AT ni muloqot, tarbiya, jahon xamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini beradi. Axborot texnologiyalarining shaxsiyat rivoji, kasbiy o’zbelgilash va “oyoqqa turish”dagi ahamiyati yaqqol sezilib turibdi. Multmediyali texnik vositalarga ega bo’lgan kompyuterlar video va audio axborotlarning didaktik imkoniyatlaridan foydalana oladi. Gipermatn tizimlari yordamida matnning o’zida murojaatlarni tashkil qilsa bo’ladi, bu esa kalit so’zlar yordamida kerakli ma’lumotlarni izlashni osonlashtiradi. Gipermediya tizimlari faqat matnni emas, balki tasvirni, raqamlashtirilgan tovushni, rasmlarni, multfilm va videofilmlarni o’zaro bog’lash imkonini beradi.Bunday tizimlardan foydalanish elektron qo’llanmalari, spravochniklarni, kitoblarni, ensiklopediyalarni yaratish va kompakt disklar yordamida tarqatish imkonini beradi.Ta’limni axborotlashtirish deganda o’quvchilarga ma’lumotlar bazalaridagi, bilimlar bazalaridagi, elekton spravochniklar, arxivlar va ensiklopediyalardagi ma’lumotlardan erkin foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish tushuniladi.
Bu terminalogiyaga mos xolda ta’limda axborot texnologiyalari (TAT) o’quv jarayonini amalga oshirishda ishlatiladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullarining yig’indisi sifatida ta’riflasa buladi. TATda qo’llaniladigan Elektron vositalar tarkibiga metodik qo’llanmalarida ko’rsatiladigan apparat, dasturiy va axborot komponentlari kiradi.
Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo’llanilib kelmokda. Kompyuterlar ko’pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo’lib chiqqunga qadar bo’lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.
Mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli uzgartirishlar yasab, kog’ozga chop etishi mumkin. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-harajatlarni hisob-kitob qilishda va boshqa ishlarni bajarishda ham kompyuter beg’araz yordamchidir.
Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga etkaziladi. U erda axborotni Qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig’a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo’natiladi.

Yüklə 67,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə