Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 3,67 Mb.
səhifə1/4
tarix06.04.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#104475
  1   2   3   4
Xolmuradov Sherzod


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI

IQTISODIYOT FAKULTETI
OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI IQTISODIYOTI KAFEDRASI
AGROBIZNESNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
fanidan
KURS ISHI



Bilim sohasi:

200000




-

Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq

Ta’lim sohasi:

230000




-

Iqtisod

Ta’lim yoʻnalishi:

5233300




-

Agrobiznes va investision faoliyat



Mavzu: QISHLOQ XO‘JALIGIDA TADBIRKORLIKNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Tayyorladi: AIF-219 guruh talabasi Xolmurodov Sherzod


Tekshirdi: Ibragimov G‘
Shukurov I
Samarqand – 2023

MUNDARIJA:


KIRISH……………………………………………………………………………..


1.MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI…………
2. QISHLOQ XOʻJALIGIDA TADBIRKORLIKNING RESURSLAR SALOHIYATI VA ULARDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH…………
2.1 Yer-suv resurslari va ulardan foydalanishni boshqarish……………..
2.2 Moddiy-texnika resurslari va ulardan foydalanish boshqarish…….
2.3. Mehnat resurslari va ulardan foydalanishni boshqarish…………..
3. TADBIRKORLIKNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH……………..
3.1 Tadbirkorlikning mazmun-mohiyati, uni tashkil etish va boshqarish
3.2 O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivojlanish asoslari va xususiyatlar
3.3 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasi
4. QISHLOQ XOʻJALIGIDA TADBIRKORLIKNI TAKOMILLASHTIRISHNI AMALIY-NAZARIY ASOSLARINI TASHKIL ETISH
4.1 Agrar sohada tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish
4.2 Agrar sohadagi islohotlar va tadbirkorlikning rivojlanishi
4.3 Agrobiznes va uning turlari
XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI…………………………..

KIRISH
Mamlakatda xususiy mulk va tadbirkorlikning yanada rivojlanishi, chet el investitsiyalarining keng jalb qilinishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga chiqishiga va valyuta zahiralarini ko‘payishiga xizmat qiladi. Tadbirkorlik tuzilmalari o‘zlari yangi ish joylari barpo etishlari, ichki bozorda tovarlar tanqisligini kamaytirishlari, narx barqarorligi, raqobat muhitini qaror toptirishda muhim o‘rin egallashlari hamda qishloq xo‘jaligi mutloq ustunlikka ega bo‘lgan ayrim hududiy birliklarda mahalliy byudjetlar daromad qismlarining asosiy manbaalari bo‘lishliklari bilan o‘zining kutilgan samarasini bermoqda. Bugungi kunda “...tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk daxlsizligini amalda ta‘minlash bundan buyon ham davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, ana shu konstitutsiyaviy qoidaning izchil amalga oshirilishi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini jadal rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan barcha ishlarimizning mazmun-mohiyatini belgilab beradi.


Bugungi kunda yurtimizda 525 mingdan ortiq tadbirkorlik sub‘ekti faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 56 foizdan ortig‘i kichik va xususiy biznes sub‘ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, ular respublikamiz mehnatga layoqatli aholisining 78 foizdan ortig‘ini ish bilan ta‘minlamoqda.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, jumladan, biznes sohasi vakillari va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqot va foydali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, xususiy mulk va tadbirkorlikning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, viloyatlar va tumanlarda biznes-muhitni takomillashtirish masalalari bo‘yicha, shuningdek, tadbirkorlik sub‘ektlariga, avvalo, viloyatlar, shahar va tumanlarda sifatli davlat xizmatlari taqdim etilishini ta‘minlash davlat organlari va tadbirkorlik tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini, ayniqsa, tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini endi boshlagan davrlarda ularni qo‘llab-quvvatlashning yangi samarali tizimini yaratishni taqozo etadi.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tuzilmalar xo‘jaligi xususiy tadbirkorlik ta‘sir doirasida oshib boradi. Jahon mamlakatlari tajribasida ham tadbirkorlik faoliyati va ularning jadal rivojlanishi uchun tadbirkorlik muxitini shakllantirishga e‘tibor qaratilishi kuzatiladi . Umuman olganda, mintaqalar xo‘jaligi ishlab chiqarish sub‘ektlari samaradorligida ham tadbirkorlik ijobiy samara beradi. Xolbuki, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omili sifatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi ma‘muriy g‘ov va sun‘iy to‘siqlarni bartaraf etish va iqtisodiyotni yanada jadallik bilan rivojlanishiga asos bo‘lishi shubhasiz. Shundan kelib chiqib, iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, ularning samaradorlik darajasini oshirish shu kunning davr talabi ekanligini inobatga olgan holda hududlar miqyosida tadbirkorlikni rivojlantirish, undagi muammolar va yechimini kutayotgan vazifalarni tadqiq etish dolzarb va amaliy xarakterga ega hisoblanadi.
Kurs ishining oldiga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi bir qator vazifalarni amalga oshirish taqozo qilinadi:
-tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish;
-tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasini o‘rganish;
- O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlarini tahlil qilish;
- tadbirkorlik muxitida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari va tadbirkorlikni rivojlantirish sharoitlarini tadqiq etish;
- tadbirkorlik faoliyatining istiqbolda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash va bu bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va boshq.


Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə