Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/4
tarix28.11.2017
ölçüsü0,62 Mb.
#12945
  1   2   3   4

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

SHARQ FILOLOGIYASI VA FALSAFA FAKULTETI

ERON-AFG‘ON FILOLOGIYASI KAFEDRASI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Mavzu: “Fors tilida sodda gaplar ellipsisi”


Bajardi: 5220100 – Filologiya (fors tili) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kursi talabasi

Dadaboyev Sherzodbek Murodilla o‘g‘li




Ilmiy rahbar: Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi mudiri, f.f.n., dots. Alimova X.


  • Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi fors tilida ellipsis va matn doirasidagi sintaktik-semantik xususiyatlari va imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.



TOSHKENT – 2013

Bitiruv malakaviy ishi himoyaga tavsiya etiladi




Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti dekani f.f.n., dots. Omonov Q.______

«____»____________2013 yil

Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi mudiri,

f.f.n., dots. Alimova X._______________





MUNDARIJA




KIRISH………………………………………………………………………

4

I BOB. ELLIPSIS HODISASINI O‘RGANISHNING NAZARIY ASPEKTLARI……………………………………………………………….

8

1.1. Yevropa tishunosligida ellipsis hodisasiga yondashuvlar………………

8

1.2. O‘zbek tilshunosligida ellipsisning nazariy talqini……………………..

18

1.3. Eron tilshunosligida ellipsis hodisasining o‘rganilishi………………….

21







II BOB. SODDA GAPLARDA SINTAKTIK ELLIPSIS …………………..

30

2.1. Sodda gaplarda kesim ellipsisi………………………………………….

32

2.2. Sodda gaplarda ega ellipsisi…………………………………………….

34

2.3. Sodda gaplarda ikkinchi darajali bo‘laklar ellipsisi…………………….

36

2.3.1. To‘ldiruvchi ellipsisi………………………………………………….

36

2.3.2. Hol ellipsisi……………………………………………………………

37

2.3.3. Aniqlovchi ellipsisi……………………………………………………

38







III BOB. SODDA GAPLARDA ELLIPSIS TURLARI…………………….

41

3.1. Semantik ellipsis………………………………………………………..

41

3.2. Kontekstual ellipsis……………………………………………………..

44

3.3. Situativ ellipsis………………………………………………………….

47

XULOSA…………………………………………………………………….

50

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………….

53



KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin, O‘zbekiston jahonga yuz tutib, tobora yuksalish, yangilanish jarayoniga kirib kelganligi, fan va madaniyatning millat manfaati uchun xizmat qilmaydigan mafkura iskanjasidan qutilganligi olimlarimiz oldiga g‘oyat muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Istiqlol tufayli nafaqat ajdodlarimiz merosiga, balki qardosh xalqlar merosiga, fanning zamonaviy muhim muammolariga dadilroq yondashish, zamondoshlarimiz ijodi bilan bir qatorda turli xalqlarning ilm-fan va madaniyati yutuqlarini teranroq tadqiq etishga va hayotimizga tatbiq etishga, ya’ni jamiyatimizning barcha jabhalarini yanada rivojlantirishga imkoniyatlar kengaydi.

Mamlakatimizning ilmiy salohiyatining ildizlari nihoyatda chuqur va baquvvatdir. Muhtaram Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Mubolag‘asiz aytish mumkinki, fanimiz, aql-zakovat salohiyatmizning noyob va go‘zal binosiga, bundan ko‘p asrlar muqaddam poydevor qo‘yilgan edi. Mamlakatimizning fan va madaniyati juda qadim zamonlardan yuksala boshlaganini, uning chuqur va qudratli ildizlari borligini faxrlanib ayta olamiz. U asrlar davomida o‘zbek millatiga, butun insoniyatga tabiat sirlarini o‘rganishda, tibbiyot, falsafa, huquqshunoslik, ilohiyot, adabiyotshunoslik va tilshunoslikda ishonchli xizmat qilib kelmoqda”1.



Demak, chuqur ildizlarga ega bo‘lgan tilshunoslik fani yurtimizda yuzaga kelgan yangi tarixiy voqe’lik munosabati bilan hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni faqatgina ozod xalq manfaati, milliy istiqlol g‘oyasi talablari darajasida tahlil va tadqiq etishga mas’uldir. Bu esa tadqiqotchidan tanlagan muammolarning muhimligi, dolzarbligi hamda tadqiq etish usullarining yangiligiga ko‘ra jahon andozalari bilan mos kelishi va ayni chog‘da milliy o‘zligiga xosligini to‘la namoyon eta olishini talab etadi. Shu ma’noda mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq, butun mamlakat miqyosida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga, ularning saviyasini oshirish va qo‘llab quvvatlashga muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimov tomonlaridan nihoyatda katta e’tibor qaratila boshlandi. Bu borada yurtboshimiz quyidagi fikrni bildirib o‘tadilar: “Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda, men jahon tajribasi va hayotida o‘zini ko‘p bor oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvafaqqiyatli ravishda, amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma’nodagi “portlash effekti”ga, ya’ni yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishamiz”2.

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda eron tilshunosligida dolzarb muammolarni o‘rganish bo‘yicha salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilgan va izlanishlar davom etmoqda. Til birliklarining turli nutq ko‘rinishlari va sathlaridagi funktsional-stilistik xususiyatlarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shunday qimmatga ega muammolardan biri fors tilidagi ellipsis hodisasidir. Ellipsisni o‘rganish bo‘yicha tilshunoslikda ma'lum bir ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, fors tilidagi ellipsis hodisasi hanuz alohida tadqiqot manbayi bo‘lmagan. Ta'kidlash lozimki, ellipsis va uning matnda qo‘llanilishidagi o‘ziga xos jihatlar mutlaqo tadqiq etilmagan. Holbuki, ellipsis sintaksisdagi eng ta'sirchan vositalardan bo‘lib, u tilning badiiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu esa mazkur mavzuning dolzarbligini belgilaydi va ayni muammo bo‘yicha maxsus ilmiy izlanish olib borish lozimligini ko‘rsatadi.

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Fors tilshunosligi keyingi yillarda sintaksis sohasida bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi. O‘tgan davr mobaynida fors tilini sintaktik nuqtai nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan bir qator tadqiqotlar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar, maqolalar yaratildi. A.A. Vohidovning “Sodda gap sintaksisi (fors tili)” (2009), Zunnurning “ دستور پارسی: در صرف و نحو زبان فارسی” (1348), Fazl Alining “بررسی حذف در زبان فارسی (پایان‏نامه فوق لیسانس زبان‏شناسی همگانی)” (1373), Kovusinejodning “حذف در زبان فارسی” (1371), Maziar Toosarvandaniyning “Ellipsis in Farsi Complex Predicates” (2009) kabi asarlarida fors tili sintaksisi va ellipsis hodisasi tadqiq etilgan. Fors tilida ellipsis hodisasi garchi o‘rganilgan bo‘lsa-da, eron tilshunosligida ellipsisning sintaktik tahlili maxsus o‘rganilgan emas.

Tadqiqot maqsadi. Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi fors tilida ellipsis va matn doirasidagi sintaktik-semantik xususiyatlari va imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.

Tadqiqot vazifalari. Belgilangan maqsadga erishish uchun bitiruv malakaviy ish oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:

  • eron tilshunosligida ellipsis hodisasining sintaktik-stilistik xususiyatlarini aniqlashga bag‘ishlangan tadqiqotlarni o‘rganish va tahlil etish;

  • tildagi tejash tamoyillarining matnning sintaktik strukturasida namoyon bo‘lishini tahlil etish;

  • fors, o‘zbek, rus va boshqa tilshunoslarning ellipsis hodisasiga qarashlarini o‘rganish va ularga munosabat bildirish;

  • fors tilida sodda gaplar ellipsisining turlarini aniqlash hamda ular orasidagi o‘xshash va farqli tomonlarni ko‘rsatish;

  • semantik ellipsisning fors tilida sodda gaplardagi o‘rnini belgilash;

  • fors tilida sodda gaplarda kontekstual ellipsisning xususiyatlarini ochib berish;

  • fors tilida sodda gaplarda situativ ellipsisning imkoniyatlarini tahlil qilish.

Tadqiqotning ob'ekti va predmeti. Fors tilidagi sodda gaplar ellipsisi sintaktik-semantik tadqiqot ob'ekti bo‘lib, hozirgi fors adabiyotidagi mahorat bilan yozilgan nasriy asarlardan Jalol ol-e Ahmadning “از رنجی که می بریم”, “دید و بازدید عید,زیارت, “مدیر مدرسه” (Tehron, 1369) hikoyalari matnidagi elliptik konstruksiyalar tadqiqot uchun material vazifasini bajardi.

Tadqiqot metodlari. Badiiy matnda ellipsis hodisasining mohiyatini ochishda tilshunoslikdagi qiyoslash, tavsiflash kabi metodlardan foydalanildi.

Ishning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

  • fors tilida sodda gaplarda ellipsis hodisasi ilk marotaba sintaktik yo‘nalishda tadqiq qilindi;

  • fors tilida sodda gaplarda ellipsisning kontekstual ellipsis, situativ ellipsis, semantik ellipsis kabi turlari o‘rtasidagi munosabat hamda ularning xususiyatlari aniqlandi.

Ishning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot kirish, ishning mohiyatini aks ettiruvchi uch asosiy bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 51 sahifani tashkil etadi.


BIRINCHI BOB
ELLIPSIS HODISASINI O‘RGANISHNING NAZARIY ASPEKTLARI
1.1. Yevropa tishunosligida ellipsis hodisasiga yondashuvlar
Ellipsis haqidagi dastlabki ma'lumotlar qadimgi va o'rta asrlarda grammatika va ritorika bilan shug'ullangan yunon-rim olimlari - Kvintilian, Donat, Xarisiy, Diamed, Pomponiy, Kassiodor, Isidor, Pristsian va boshqalarning asarlarida uchraydi3. Sintaksisdagi markaziy masalalardan biri bo'lgan ellipsis o'z vaqtida F.de Dossyurning diqqatini tortgan. U “Gapning nechta unsurdan iborat bo'lishi lozimligi bizga oldindan ma'lum va biz konkret gapdagi unsurlarni o'sha tasavvurdagi unsurlar bilan solishtiramiz, ana shu tariqa biz yetishmayotgan unsurlarni aniqlaymiz”4 degan gapni yozadi.

Ellipsis mavzusi yevropa tilshunosligida chuqur o‘rganilgan. Ayniqsa, fransuz, ispan, rus va ingliz tillarida bu mavzu bo‘yicha ko‘plab tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Biz yevropa tillarida ellipsis hodisasining ishlanish darajasini, asosan, fransuz, rus va ingliz tillarida shu mavzuga doir qilingan ishlar misolida ko‘rib chiqdik. Bu mavzu fransuz tilida juda chuqur ishlangan.

1765 – yilda “Fransuz ritorikasi” nomli ilmiy maqola chop etildi. Unda ellipsis hodisasi haqida quyidagicha yoziladi: “Ellipsis kuchli his-hayajon oqibqtida yuzaga kelib, gapiruvchining o‘z gapini oxirigacha gapirishga yo‘l qo‘ymaydi”5.



Keyinchalik fransuz lingvistlari bu hodisaning grammatik jihatlariga ahamiyat bera boshlashdi: “ Ellipsis bu oson qayta tiklanadigan gap bo‘lagining tushib qolishidir”6, “Ellipsis gapning grammatik jihatdan to‘g‘ri bo‘lishiga xizmat qiluvchi hodisa bo‘lib, bir necha so‘zlarni tushib qolishi bilan namoyon bo‘ladi va ularni osonlik bilan tiklash mumkin” 7 .

Morozova Y. I. “Структурно-функциональные типы и прагматические характеристики эллипсиса во французском языке в сопоставлении с английским (на материале газетно-журнальных)” 8 deb nomlangan dissertatsiyasida fransuz tilidagi ellipsis hodisasini ingliz tili bilan qiyoslagan holda o‘rganib chiqadi. U ellipsisga shunday ta’rif beradi:

Ellipsis (grekcha “elleipsis”, ya’ni “qisqarish”, “tushish”, “yo‘qolish”) nutqiy holatlarda: tovush yoki tovush aralashuvi ( masalan: asosan suhbat jarayonida «када» ≈ когда, «мож-быть» ≈ может быть), kontekstda («У отца был большой письменный стол, а у сына маленький»), frazeologik birliklar hosil qilishda («Ты в любом случае выйдешь сухим» [из воды]), nutqda so‘zlarning tushirib qoldirilishida («Ты на работу[идёшь]; [Я] «сижу за решёткой в темнице сырой...» ≈ Пушкин), («Мне чёрный» [кофе, хлеб...]) yuz beradigan hodisa”. Ellipsis sintaktik birlikdir, deb aytadi. U oz ishining uchinchi bobini aynan gaplardagi ellipsis hodisasini ingliz tili bilan qiyoslagan holda organishga bagishlaydi. U sodda gaplarda ellipsis hodisasini struktur va funksional jihatdan 3 ga boladi:

  1. eganing tushib qolishi;

  2. kesim va unga bog‘langan bo‘laklarning tushib qolishi;

  3. ega va kesimning tushib qolishi.

Dissertatsiyada shunday xulosalarga kelinadi9:

  1. Ellipsis bu “o‘chirish” tushunchasidan farq qiladi. Ellipsis hodisasi yuz berganda faqatgina kontekstda so‘z yoki birlik tushirib qoldiriladi. Uning tushurib qoldirilgan bo‘lagi qolgan bo‘laklardan anglashilib tiradi.

  2. Fransuz va Ingliz tillarida ellipsis hodisasi sodda gaplarda ko‘p uchradi (43% fransuz tilida va 40.3% ingliz tilida). Ikkala tilda ham sodda gaplarda ellipsis turlari ichida kesim va unga bog‘langan bo‘laklarning tushib qolishi ko‘p kuzatiladi (47% fransuz tilida va 42% ingliz tilida).

Bundan tashqari, A.A. Larkina10 hamda M. Greviss11 fransuz tilidagi ellipsis hodisasining yuz berish o‘rni va holatlari haqida Y.I. Morozova fikrlariga o‘xshash fikrlarni keltirib o‘tadilar. J.G. Testelets12 esa rus tilidagi ellipsis hodisasini o‘rganib chiqadi va ingliz tilidagi ellipsis hodisasi bilan solishtiradi. A. A. Larkina ilmiy maqolasida13 ellipsis hodisasi bo‘yicha qilingan ilmiy ishlar va ularda keltirilgan yondashuvlar haqida ham ma’lumot berib o‘tadi.

Uning yozishicha, ellipsis hodisasi S. Adlerning tadqiqot ishida keng ma’noda berilgan. S. Adler14 fransuz tilida ellipsisning 4 tipini ajiratadi:

1) pragmatik – matnda berilgan ma’lumotga nisbatan umumiy ma’lumot mazmunining ortiqligi:



Les trois meilleures choses de la vie sont: un cognac avant, une cigarette aprиs;

Hayotdagi eng yaxshi ikki narsa – bu: oldin konyak, keyin tamaki”.

2) metalingvistik – bunda jumladagi gap bo‘lagining tushib qolishi so‘zlovchi tomonidan sezilmaydi, his qilinmaydi: bu tushib qolish tilning grammatik qoidalariga to‘g‘ri keladi va paradigmatik (yun. paradeigma - misol, namuna. Til birliklari, grammatik shakillarning umumiy ma’nosiga ko‘ra birlashuvi, xususiy manosiga ko‘ra farqlanuvchi tizimi) sathda yuz beradi:

Paul croit aimer Marie (Paul croit qu’il aime Marie).

Pol Mariyani sevishiga ishonadi (Pol ishonadiki, u Mariyani sevadi)”.

3) grammatik – mazkur tipga formal ega va bog‘lama tushib qolgan shaxssiz gapni keltirish mumkin:

(Il est) inutile d’insister.

Qarshilik ko‘rsatish befoyda”.



(It’s) Useless to insist.
4) sintaktik - takror unsurlarning tushib qolishini keltirish mumkin:

Paul est parti. Je sais (qu’il est parti).

Pol ketdi. Men bilaman (uning ketganini)

M. Greviss15 fransuz tilida ellipsisning 3 ta turini ko‘rsatadi:

1) Yolg‘on ellipsis (to‘liq shakli hech qachon mavjud bo‘lmagan):

matallar: Loin des yeux, loin du coeur;

Ko‘zdan uzoq, dildan uzoq

buyriq shakllari: Venez !

Keling!

2) Etimologik ellipsis (o‘z davrida tejamkorlik maqsadida qisqartirilgan, ammo hozirda tinglovchi tomonidan sezilmaydi).

Masalan:

  • le 16 janvier ← le 16 jour du mois de janvier.

16 – yanvar. ← Yanvar oyining o‘n oltinchi kuni.

3) Chin ellipsis (tinglovchi yoki o‘quvchi nutqiy matn yoki vaziyatda yetishmayotgan unsurga ehtiyoj sezadi, chunki busiz ma’lumot to‘liq bo‘lmaydi).

Elliptik gaplar tadqiqiga oid ishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha tilshunoslar gaplarning turli tiplari tahlilida elliptik gaplarda aniq vaziyatda gap bo‘laklarining oson tiklanishini etibordan chetda qoldiradilar. Shu sababli ularning tahlilida elliptik gap va to‘liqsiz gaplarni aralashtirish kuzatiladi16.

Umumiy tilshunoslik bo'yicha taniqli mutaxassis Dj. Layonz sintaktik strukturada kontekstual va grammatik to'liqlikni farqlash lozimligi haqida gapirar ekan,“elliptik” va “to'liqsiz” terminlarini sinonim sifatida qo'llaydi17.

N.Y. Ivanilova elliptik gaplarni to‘liqsiz gaplardan ajiratib, ellipsisga keng ma’noda ta’rif beradi. Uning fikricha, so‘zlashuv nutqidagi ellipsisning yana bir turi qo‘shma gap qurilishi elementlarining tushib qolishidan iborat; tushib qolish esa mazkur bo‘laklarning qo‘llanilish chastotasi yuqoriligi va ellipsisga uchragan so‘z ma’nosining nutqda saqlangan boshqa so‘z ma’nosida aks etishi bilan bogliq18.



Bundan tashqari, J.R. Le Bidois 19 tomonidan ellipsis qay darajada yuz berishiga ko‘ra fransuz tilida ikki turga ajratilganligiga guvoh bo‘ldik:

  1. Qisman ellipsis - takrorlanishning oldini olish maqsadida bo‘laklar tushirib qoldiriladi.

  2. To‘liq ellipsis − butun bir gapning tushib qolishi.

J.G. Testelets20 rus tilida ellipsis hodisasi ustida tadqiqot ishlarini olib boradi va ingliz tili bilan qiyoslagan holda rus tilidagi ellipsis hodisasining turlarini keltirib o‘tadi. Bular (ingliz tilida – 9 va rus tilida – 6 ta tur) quyidagilar:

1. VP (verb phrase) ellipsis – fe’liy birikmaning tushirib qoldirilishi21:

Joan [wrote a novel], and Marvin did [VP write a novel], too.

Мне налили воду. Никогда такой вкусной воды не пил.

(Падучева 1974:178)

Моя жизнь была длиннее, чем его жизнь. [Кира Сурикова. «Донна Клара» (2003)]

2. Gappingbiror bir gap bolgini ikkinchi marta takrorlamaslik uchun osha bolakning tushirib qoldirilishi22:

Robert cooked the first course, and Mary cooked the dessert.

Sam wants to start to learn German, and Charlene wants to start to learn Spanish.

Я знаю французский язык, а он знает итальянский.

3. PseudogappingVP ellipsis va Gappingga oxshab ketadi, lekin gap bolagi tolaligicha tushirilmaydi, unga ishora qiluvchi orindosh soz qollanadi23:

Alicia ate a piece of the cake, and Beatrix did [VP eat a slice of cheese].

4. N (noun)'ellipsis – gapda otli birikmalar tarkibidagi ot qismning tushirib qoldirilishi24:

John admires Bill's poems, but Bill despises John's [N' poems].

5. Right Node Raising (= Right Periphery Ellipsis) – gapda gap bo‘lagining unga bog‘langan bo‘laklari bilan birga tushib qolishi, ammo uning mavjudligi gapning keyingi qismidan anglashiladi25:

John walked up the hill and Mary ran up the hill.

Котлеты вынули, картошку нарезали и картошку поджарили. (*котлеты поджарили).

Ты приехала, и он приехал вчера (только парантеза или парцелляция наречия) *Маша читает

6. Sluicinggapda aniqlovchi izoh bolak bolib kelgan qismni tushirib qoldirish, lekin uning borligini korsatuvchi olmosh qollanadi26:

John bought something, but I don't know what John bought.

*He invited someone, but I don’t remember whether John.

Он кого-то приглашал, но я не помню, Машу или Лену //Машу или нет.

Приснилось что-нибудь хорошее? ― А Бог его знает, хорошее ли.

[Виктор Некрасов. Взгляд и Нечто (1977)]
7. Stripping (bare argument ellipsis) – gapning tushirilishi oson bo‘lgan qismini tushurib yuborish27:

Sue knows the answer, and Bill knows the answer, too

Does Abby speaks the same Balkan language that Ben speaks? — *No, Charlie.

Маша знает тот же балканский язык, что и Лена? — *Нет, Саша.

8. Fragments – gapning faqatgina bir muhim bo‘lgan bo‘laginigina qo‘llab, qolgan qismlarni tashlab yuborish28:

- Who was Peter talking with? - Peter was talking with Mary.

9. Comparative Deletion – qiyoslanayotgan bolak yoki qismni izohlab kelgan so‘z yoki birlik ikkinchi marta takror bo‘lmasligi uchun tushib qoldiriladi29:

Mary has read more books than Bill has read.

В первом сплаве золота было больше, чем во втором сплаве было золота.

Сидя он спит так же крепко, как и лежа он спит.
Я.Г. Тестелец rus tilida ellipsis masalasi hali tolaligicha ishlab chiqilmaganligini takidlaydi30.

A.ALarkina31 zamonaviy lingvistik qarashlarni va tariflarni keltirib otadi. U ellipsis hodisasining ikki xil yondashuvdagi tariflarini keltiradi:

Fransuz tilida ellipsisga ananaviy- ritorik yondashuvchi tilishunoslar ellipsisga shunday tarif berishgan: “Ellipsisgapirishning oson yoli. Nutq jarayonida biz nutqimizni iloji boricha qisqartirib, lekin tushunarli tarzda ifodalashga harakat qilamiz”.

Bazi bir lingvistlar esa grammatik jihatdan yondashib tarif berishadi: “ Ellipsisosongina tiklasa boladigan gapning yoki gap bolagining tushib qolishidir.” Bu fikrlarga A.A. Larkinaning o‘zi ham qo‘shilishini ta’kidlab o‘tadi. Uning yozishicha, o‘z tadqiqoti jarayonida turli xil qarashlarga duch keladi. Masalan, ba’zi bir tilshunoslar «неполный» va «эллиптический» terminlarini sinonim deb qabul qilishgan, ammo ba’zilar bu tushunchalar o‘rtasida farq bor deb takidlashadi. Ellipsisga uchragan gaplarda gapning asosiy bo‘laklari grammatik va logik maqsadni korsatib bera olsa, tushirib qoldirilishi mumkin. Ellipsis nutqni qisqartirish, lekin tushunarli bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi32.

Shuningdek, A.A. Larkina ellipsisga yondosh bo‘lgan tushunchalarga ham to‘xtaladi33. U bu borada A.C. Darining34 qarashlarini keltirib o‘tadi.

Zevgma va implisitlik tushunchlari ellipsisga juda yaqin va o‘xshash bo‘lgan tushunchalar hisoblanadi:

1. Ellipsis va zevgma - zevgma bo‘yicha kuzatish olib borgan olimlarning

hammasi bu hodisa mohiyatini ochib berishda predikativ birlikda u yoki bu gap

bo‘laklarining tushirib qoldirilishini nazarda tutadilar. Ushbu qarashga asoslanadigan bo‘lsak, zevgma qo‘shma gapning bir bo‘lagi bo‘lib, u sintaktik jihatdan boshqa qismda ifodalangan fikrni o‘zida namoyon qiladi. F. Igragimova ham bu masalaga to‘xtalib, o‘zbek tilida shunday misol keltiradi:

Yomon mo‘ridan achchiq tutun chiqar, yomon uydan sassiq gap;

Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz do‘stini.

Bu holat o‘zbek tilida ayniqsa, maqollarda ko‘p uchraydi. Ellipsisda ham, zevgmada ham gap tarkibidagi komponentlar yaqin matn orqali tiklanadi. Birgina amal qilish doirasi yoki shakliga qarab bu ikki tushunchani o‘zaro farqlash va ular orasiga qat'iy chegara qo‘yish, F. Ibrogimova va N. Maxmudovlarning fikricha, ilmiy-nazariy asosga ega emas. “Zevgma” adabiyotshunoslikka oid termin bo‘lib, uning asosida ham ellipsis yotadi. Shuning uchun, nazarimizda, har ikki hodisaga nisbatan ham “ellipsis” yoki “elliptik qurilma” deb qarab, zevgmani ellipsisning bir turi sifatida adabiyotshunoslikda, xususan, sintaktik poetikada turg‘unlashgan termin ekanligini ta'kidlash maqsadga muvofiq bo‘ladi35.

2. Ellipsis va implitsitlik - tilshunoslikda implitsitlik va ellipsisni bir-biridan farqlamaslik hollari ham uchraydi. Ayrim bo‘laklarning tushib qolishi natijasida to‘liqsiz ko‘rinishga kelib qolgan gaplarning shakllanishida xizmat qiluvchi elliptik qurilmalar ham ayrim ishlarda implitsit deb hisoblanadi va ularga nisbatan formal implitsitlik atamasi qo‘llaniladi. Matnda aniq javobning tushirib qoldirilishi implitsit ifodani ma'lum darajada ellipsisga yaqinlashtiradi. Lekin ellipsisda, elliptik qurilmalarda shaklga qarab, implitsit ifodalangan gaplarda esa ma'no mezoniga tayanib baho beriladi. Boshqacha qilib aytganda, implitsitlik fikr ifodalashning o‘ziga xos, yashirin, ko‘zda tutilgan usuli bo‘lib, u to‘liqsiz ko‘rinishda bo‘lishi mumkin emas. Unda fikr ifodalashda biror komponent tushirib qoldirilmaydi hamda ellipsisdagi kabi ma'lum bir bo‘laklarni qayta tiklash zarurati yo‘q. Elliptiklik esa tildagi ma'lum qoidalar asosida shakllangan va tuzilmalarning doimiy xususiyati hisoblanadi. Bunday yondashuv ellipsisga implitsitlik kategoriyasi komponentlaridan biri, tilning turli shakllari vositasida fikr ifodalashning o‘ziga xos usuli, tildagi o‘zaro ta'sirning hosil bo‘lishini ta'minlovchi qonuniy vositasi sifatida qarashga imkon beradi36. Shuningdek, F. Ibragimova ellipsisga yondosh bo‘lgan tushunchalar farqlarini ham keltirib o‘tadi.

Shuningdek, Ibragimova F. o‘zbek tilida Ellipsis va jim qolish (sukut)ni ham bir- biridan farqlash lozimligini takidlab, ular o‘rtasidagi bir necha farqni keltiradi:

Ellipsisda gap tarkibidagi har qanday bo‘lak kontekst yoki nutq vaziyatiga bog‘liq holda tushib qolaveradi, ularning gap strukturasidagi joylashish o‘rni ahamiyatli emas, jim qolishda esa so‘z yoki so‘zlar guruhi faqat gap oxiridagina tushib qoladi; ellipsisda gap bo‘laklari tejamkorlik tamoyiliga ko‘ra tushib qoladi, jim qolishda esa so‘z yoki so‘zlar guruhining tushirib qoldirilishi tejamkorlikka aloqasiz37; ellipsis natijasida gap o‘zining gaplik maqomini yo‘qotmaydi, jim qolish natijasida esa tugallangan gap shakllanmaydi; ellipsisda tushib qolgan bo‘laklarni kontekst yoki nutq vaziyatiga ko‘ra tiklash mumkin, jim qolishda aytilmagan qismni tasavvur qilish mumkin bo‘lsa-da, aynan tiklash qiyin. Mazkur farqlarga ko‘ra, ellipsis va jim qolish hodisalari bir-biridan farq qiladi va ular alohida-alohida, mustaqil hodisalar sifatida baholanishi lozim.

1.2. O‘zbek tilshunosligida ellipsisning nazariy talqini
O‘zbek tilida F. Ibragimova38, N.M. Maxmudov39 aynan shu mavzuda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar.F. Ibragimova dissertatsiyasida o‘zbek tilida shu mavzu yuzasidan qilingan ishlarga to‘xtalib o‘tadi. U umumiy tilshunoslikdagi ellipsis masalasiga doir ta'riflarni va o'zining kuzatishlarini umumlashtirgan holda shunday yozadi: “Ellipsis tilning, asosan, sintaktik sathida tejamkorlik tamoyilining natijasi sifatida amal qiluvchi sintaktik, lingvostilistik va lingvopoetik hodisa ekanligi ma'lum bo'ladi. Badiiy matndagi ellipsisga nutq jarayonida gap bo'laklarining so'zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ma'lum bir uslubiy-lingvopoetik maqsadda ongli ravishda ataylab tushirib qoldirilishi deb ta'rif berish mumkin40. “Tejamkorlik tamoyili til taraqqiyotining, tildagi evolyutsiyaning umumiy va asosiy omillaridan ekani juda ko‘p tilshunoslar tomonidan ta'kidlangan. Tejamkorlik va ellipsis bilan bog‘liq muammolar yechimini topishda rus tilshunosligida salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Ye.S.Kubryakova til vositalarini tejash tamoyili dunyodagi turli tillarning barchasida namoyon bo‘ladigan eng qudratli ichki tamoyillardan biri ekanligini uqtirsa, A. Budagov tildagi tejamkorlik tamoyili til taraqqiyotiga aloqador emas deb hisoblaydi41 . Tejamkorlik tamoyilining sintaktik sathda voqelanishining natijasi o‘laroq ellipsis hodisasi yuzaga keladi. N.M. Maxmudov alohida ta'kidlaganidek, “Asosida til tejamkorligi yotadigan hodisa sifatidagi ellipsis stilistika va sintaksisda muhim o‘rin tutadi”42. Boshqacha aytganda, tejamkorlik tamoyilining tilning har qanday sathida voqelanishi ellipsisni yuzaga keltirmaydi, ellipsis faqat sintaktik sath hodisasidir. Ammo ayrim tilshunoslar tildagi har qanday tejamkorlikni ellipsis deb hisoblaydilar. Bunda so‘zlovchi yoki yozuvchining o‘z nutqini elliptik tarzda shakllantirishdan ko‘zda tutgan maqsadi e'tibordan soqit qilinadi”. Jumladan, tilshunos A.Hojiyev shunday ta'kidlaydi: “Lingvistik iqtisod... til tizimining barcha sohalarida (fonetika, so‘z yasalishi, sintaksis va b.) uchraydi”43, tojik tilshunosligida ham ellipsis barcha til sathlariga daxldor hodisa sifatida tadqiq etilgan44. O‘zbek tilida esa, F. Ibragimovaning fikricha, tovush yoki bo‘g‘in tushishi fonetik hodisa bo‘lib, ularning ellipsisga aloqasi yo‘q. Bir qator tilshunoslar ellipsis natijasida yangi so‘z yasalishi mumkin, ya'ni muayyan sintaktik konstruktsiya ixchamlashib, bir so‘z holiga kelishi mumkin,45 deb qaraydilar. Bunday ellipsislar, F. Ibragumivaning nazarida, lingvostilistik va lingvopoetik qimmatga molik bo‘lmaydi, chunki hosil bo‘lgan birliklar odatdagi so‘zlar sirasidan joy oladi. Bunday ellipsislar nutqiy-kommunikativ emas, balki lisoniy hodisa maqomida bo‘ladi. O‘zbek tilshunosligi tarixida sintaktik strukturada gap bo‘laklarining tushib qolishi, ya'ni hozirgi terminologiya bilan aytganda, ellipsis hodisasi o‘tgan asrning 20-yillarida qayd etilgan. Fitrat gap bo‘laklarining tushib qolishi natijasida “eksik gap” (to‘liqsiz gap) hakllanishini ham alohida ta'kidlaydi46.

Ellipsis (yun. elleipsis – tushish, tushirilish) – nutq unsurining tushib qolishi. Nitqda ellipsis turli maqsadlar bilan (masalan, iqtisod talabi bilan) yuz beradi. Undan odatda uslubiy figura sifatida foydalaniladi. Tilda esa turli sabablar bilan yuz beradi. Masalan, ugra oshi (ugra bilan tayyorlangan osh) birikmasidagi osh so‘zi ellipsisga uchrashi (tushib qolishi) natijasida ugra so‘zi yangi ma’noga ega bo‘lgan (ovqat nomiga aylangan): Bozordan qaytishda tayyorlangan ovqat serqatiq ugra ekan. Nutqiy ellipsis juda ko‘p uchraydigan hodisa. Masalan, Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin. (odam so‘zi ellipsisga uchragan)”47.

O‘zbek tilshunosligida “elliptik” va “to‘liqsiz gap” terminlariga sinonim sifatida qaraladi.

“Elliptik gap – bu to‘liqsiz gap”. “ To‘liqsiz gap – grammatik tuzilishi yoki tarkibi nuqtai nazaridan to‘liq bo‘lmagan (tarkibida bir yoki bir necha bo‘laklari ishtirok etmagan), lekin bu noto‘liqlik nutqiy matn yoki vaziyat (sharoit)dan aniq sezilib turadigan gap:



Kanal. Katta kanal. O‘tgan yili chiqardik (A. Qahhor).

Olim quyosh bilan yorug‘ - odam ilm bilan (Maqol)48.

1.3. Eron tilshunosligida ellipsis hodisasining o‘rganilishi
Eron tilshunosligida ham ellipsis mavzusi yetarli darajada ishlangan.49 Ellipsis hodisasi fors tilida tilshunos olimlar tomonidan حذف (lug‘aviy ma’nosi “tushirib qoldirish, kesib olish”) deb nomlangan. Ellipsis mavzusiga doir qilingan barcha ishlarda aynan shu termin ishlatilgan. Gap bo‘laklarining ellipsisga uchrash holati ba’zi tilshunoslar tomonidan حذف به قرینه deb ham nomlangan. حذف (ellipsis) ga shunday ta’rif keltiriladi50:

Ellipsis bu – gapm tarkibida gapning bo‘lagi yoki bir qismining tushib qolishidir.

Buni quyidagi keltirilgan ikki jumlada ko‘rish mumkin:

  1. Are you going to Shiraz?

  2. Yes, I am (going to Shiraz)

Ikkinchi gapda going to Shiraz birikmasi tushirib qoldirilyapti. Bu ellipsis hodisasiga uchragan birikmani ko‘p nuqta orqali ifodalash mumkin. Ellipsis termini Britaniya ingliz tilisida ishlatiladi. Amerika ingliz tilisida esa Dots (nuqtalar) termini ishlatiladi.51

حذف da − ba’zan gapning bir yoki bir nechta bo‘lagi tushib qoladi.”52

Bundan tashqari yana bir narsaga etibor qaratish kerak. حذف termini fors tilida nafaqat ellipsis hodisasiga nisbatan, balki eliziya hodisasiga nisbatan ham ishlatilishiga ham guvoh bo‘ldik.

Elision (elisiya) – so‘z tarkibida yuz beradigan hodisa bo‘lib, fors tilida so‘z oxiridagi bir tovush talaffuz qilinmaydi. Masalan, ، قدر، طور صبر kabi so‘zlar tallaffuz qilinganda “qad”, “tou”, “sab” tarzida talaffuz qilinib, oxiridagi “r” tovushi talaffuzda tushirib qoldiriladi53 54 .

Eronlik tilshunos Kovusiynejod55 "حذف در زبان فارسی" deb nomlangan ilmiy maqolasida yevropa tilshunosligidagi va eron tilshunosligidagi ellipsisga berilgan ta’riflarni, ellipsisning tasniflanishiga doir fikrlarni keltirib o‘tadi.

Tilshunos olim M.A. Lumsden gapdagi fe’l yoki boshqa biror gap bo‘lagining ellipsisga uchrashi haqida yozar ekan, uning xususan she’rda kuzatilishini, takidlaydi: “Ellipsis shunday bir vaziyatda yuz beradiki, eshituvchi ellipsisga uchragan qism yoki so‘zni osonlik bilan tushuna oladi”. 56

Yana bir eronshunos olim Nasrollah yozadi:

Lekin shuni bilish kerakki, ellipsis yuz berganligiga ishora qiluvchi biror birlik qo‘llanishi kerak. Agar qo‘llanmasa, eshituvchi bu narsani anglay olmaydi. Masalan:

تا حق پسندد از دو شکستن کدام را گاهی به جام توبه گه از توبه جام را
Bu she’riy parchada ikkinchi baytda qo‘llangan شکستن fe’li aynan birinchi gapda fe’l kesim bo‘lib kelgan می شکنیم so‘zi tushib qolganligiga ishora qilyapti. Va shuni ham ta’kidlash kerakki, qisqartirishga rioya etish ham hazf tufaylidir”57.

Eronshunos K. Vahidiyon (وحيديان) ellipsis haqida to‘xtalganda shunday yozadi: “Shukuronalik so‘zlarida, qasam va duolarda gapning qismlari qisqartirib tushirib qoldiriladi. Masalan:

(باشد) !زياد مرحمت

Ko‘p marhamatli!

(برو قسم مي دهم به خدا را تو) برو! خدا به تو را

Ey xudoyim, ket!" 58


1

11


حذف در گروه اسمی

Ismiy birikmalarda ellipsis

Ismiy birikmalarda, asosan bir so‘zning tushib uni aniqlab kelgan so‘z esa, otga xos xususiyatni olishidir.

12

حذف در گروه فعلی

Fe’liy birikmalarda ellipsis

Fe’l so‘z turkumi va unga bog‘lanib kelgan so‘zlarning tushib qolishi.

33

3


حذف در جمله

Gaplarda ellipsis

Gap tarkibida biror bir gap bo‘lagi, yoki gap qismining tushib qolishi.
Bundan tashqari, S. Kоvusinejod yozadi: M.A.K. Halliday va R. Hasan59 ellipsisni yuz berish o‘rniga qarab 3 turga ajiratganlar:
Shu o‘rinda M.A.K. Holliday va R. Hasan fe’liy birikmalarda ellipsis hodisasini 2 turga bo‘lishadi:

  1. حذف فعل اصلی – asliy fe’llar ellipsisi:

یوسف گفت: ... باز هم بگو.

Yusif dedi: … yana gapir.

زری گفت: چه بگویم؟ از آدم‏های شهرم؟ از تو؟…



Zari dedi: Nimani gapiray? Shahar ahli haqidami? Sen haqingdami?

؟ یوسف گفت: می‏توانی از حاج محمدرضای رنگرز بگویی.

Yusif dedi: Hoji Muhammadriza haqida gapra olasanmi?

(بگویم) ø زری گفت: نه، نمی‏توانم



Zari dedi: yo‘q, (gapira) olmayman.

Bu misollarda fe’l − بگویم tushirib qoldirilgan.



  1. حذف فعل کمکی − ko‘makchi fe’llar ellipsisi:

می‏خواهی بروی یا بمانی؟ -

  • ketmoqchimisan yo qolmoqchilisan?

(بمانم. (می‏خواهم ø –

  • qolmoqchiman

Bu sodda gapda ko‘makchi fe’l − می‏خواهم ellipsisga uchragan.

Shuningdek, S. Kovsinejod o‘z maqolasida yana bir qator tilshunos olimlar ellipsisga bergan ta’rif va yondashuvlarni keltirib o‘tgan. Fors tilida ellipsis turlari haqida gap ketganda, Ahmadi Giviy va Qosim Anvariy60 fors tilida ellipsisni 3 turga bo‘ladilar:

I. حذف بنا بر عرف زبان (an’anaviy ellipsis) – hozirga qadar tilda odat, rasmga aylanib qolgan birliklar qisqargan holda ishlatilishi. An’anviy ellipsisga uchragan birliklarni ham o‘z navbatida quyidagicha taqsimlaydilar:

1) دعا، نفرین، تعارفات − duo, ta’oriflar :

…. سلام، درود بر شما، متشکرم



Salom, sizga yaxshi tilaklar, tashakkur….

2) اصطلاحات نظامی و ورزشی علائمرانندگی − harbiy va sportga doir ogohlantirish va tanbeh so‘zlar:

!خبردار!، آزاد!، خطر

Ogoh!, ochiq!, xatar!

3) مثل‏ها و ضرب‏المثل‏ها− maqol va matallar:

سرپیری و معرکه‏گیری

Ozi qari, kongli yosh (so‘zma-so‘z tar. Sochiga oq oralasa ham tomosha (o‘zini yoshdek) ko‘rsatadi).

چاردیواری اختیاری



O‘z uying − o‘lan to‘shaging (so‘zma-so‘z tar. O‘z uyingda ixtiyor senda).

4) جمله‏های تعجبی− taajjub gaplar (his-hayajon gaplar):

!چه عجب! چه حرف‏ها

Qanday ajoyib! Nima deganiz!

II. حذف به قرینه لفظی (lug‘aviy ellipsis) − gapning o‘zida yoki oldingi va keyingi gaplarda bir so‘zni qayta qo‘llashning oldini olib, shu so‘zni tushirib qoldirish.

III. حذف به قرینه معنوی (semantik ellipsis) − eshituvchi yoki o‘quvchi vaziyatdan to‘la xabardor bo‘ladi va jumla tarkibida ba’zi so‘zlarni qo‘llashni hojati qolmaydi.
S. Kovusinejod yozishicha, fors tilda ko‘pchilik tilshunoslar takrorlanishning oldini olish maqsadida gapdagi biror bo‘lak o‘rnida qo‘llanilib keladigan یکی so‘zi qo‘llanilishini ham ellipsis deb qaraydilar, lekin bu ellipsis hodisasi emas, faqatgina so‘z o‘rinindosh so‘z bilan alishtiriladi. Bunday holatda ellipsis hodisasi kabi bo‘lak tushub qolmaydi. Buni quyidagi misolda ko‘rish mumkin:

ــ این کتاب بهتر است یا آن؟



Bu kitob yaxhimi yoki ana umi?

ــ آن یکی بهتر است



Unisi yaxshiroq.

Ellipsis hodisasida tushib qolgan bo‘lakning o‘rnini hech qanday so‘z to‘ldirmaydi. Bu misolda esa ikkinchi gapda کتاب so‘zi o‘rnida qo‘llanib kelgan یکی so‘zi birinchi gapdagi gapning egasi bo‘lgan so‘z o‘rnida qo‘llnilib ega bo‘lib kelyapti, ya’ni bo‘lak saqlangan. Bu keltirilgan misollarni quyidagicha holatga keltirsa, ellipsis hodisasi deb qarash mumkin:

ــ این کتاب بهتر است یا آن؟

Bu kitob yaxhimi yoki ana umi?

کتاب) بهتر است.) ــ آن



Ana u (kitob) yaxshiroq.

S. Kovusinejod yozadiki, Kouriak va boshqalar ellipsisni qaysi o‘rinda yuz berishiga qarab ham turga ajiratganlar. Ular quyidagicha:




  1. حذف مطلق – mutloq ellipsis (strict ellipsis):

I am happy if you are ø (happy).

Men baxtliman, agar sen (baxtli bo‘lsang)

  1. حذف متعارف – standart ellipsis:

She sings better than I can ø (sing).

U men (kuylagan)dan kora yaxshiroq kuylaydi.

  1. شبه حذف – ellipsisga yaqin (quasi-ellipsis):

She works rather than him ø (works).

U boladan (ishlaganidan) kora u qiz ishlaydi.

Ikkinchi qismdagi him olmoshi keyingi gap vazifasini bajarib kelgani uchun, qolgan bo‘laklar tushib qolgan.



  1. حذف موقعیتی – situativ ellipsis:

(I am) ø Glad to see you.

Sizni ko‘rganimdan hursandman.

  1. حذف ساختاری – struktur ellipsis:

I believe (that) Ø you are wrong.

Men ishonamanki, siz nohaqsiz.

Bu gapda believe fe’li o‘zidan keyin gap kelsa that bog‘lovchisi kelishi kerak, lekin tushirib qoldirilgan.



  1. تضمّن معنایی − semantik implikatsia (aloqadorlik):

The door opened and (then/after that/afterwards/...) Ø Mary entered.

Eshik ochildi va (keyin, undan so‘ng, so‘ng) Meri kirib keldi.

Bu turda qolgan beshta turdagilardan farqli o‘laroq, tushirilgan bo‘lakka ishora bo‘lmaydi. Bo‘lak tushirilganini faqat ma’nodan aniqlash mumkin.

Kovusinejod fikricha, bu keltirilgan ellipsisning 6 turidan شبه حذف (quasi-ellipsis) fors tilida uchramaydi.

ــ دیروز چه خریدی؟



Kecha nima sotib olding?

(دیروز... خریدم) .ø کتاب ø –



(kecha) Kitob (sotib oldim).

S. Kovusinejod yevropa va eron tilshunosligida bildirilgan nazariya va yondashuvlardan xulosa qilib, ellipsis hodisasini quyidagicha 4 turga ajiratadi61:

  1. ــ حذف به قرینه معنایی semantik ellipsis

  2. ــ حذف به قرینه لفظی lug‘aviy ellipsis

  3. ــ حذف بنا بر عرف زبان an’naviy ellipsis (undov gaplarda fe’lning tushub qolishi)

  4. ــ حذف به قرینه دستوری grammatik ellipsis

S. Kovusinejod ellipsisni yuzaga keltiruvchi uchta sababni ko‘rsatadi: nutqning tezligi, qisqalik, gapning maxsus talabi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ellipsis hodisasi yevropa tilshunosligida, ayniqsa fransuz tilida ko‘p marta tadqiqot manbayi bo‘lgan. Shunga qaramay, hali ham olimlar fikrlari o‘rtasida ba’zi bir masalarda turli xillik kuzatiladi.

O‘zbek tilshunosligida ham ellipsis mavzusi yaxshi ishlangan va yevropa tilshunoslari fikrlariga qarshi fikrlar uchradi. Misol uchun, F. Ibragimova yozadi: “O‘zbek tilida tovush yoki bo‘g‘in tushishi fonetik hodisa bo‘lib, ularning ellipsisga aloqasi yo‘q”. Yevropa tilshunosligida bir qator tilshunoslar ellipsisni fonetikada ham yuz beradi, deb hisoblaydilar. Tojik tilshunosligida ham ellipsis barcha til sathlariga daxldor hodisa sifatida tadqiq etilgan.

O‘zbek tilshunosligida elliptik gap va to‘liqsiz gap bir xil deb sanaladi.

Fors tilida gap tarkibidan yozuvda yoki og‘izaki nutqda tushib qolgan tushib bo‘lakning o‘niga o‘rindosh so‘zni qo‘llanishi elliptik gapni hosil qilmaydi.

Elliptik gaplar tadqiqiga oid ishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha tilshunoslar gaplarning turli tiplari tahlilida elliptik gaplarda aniq vaziyatda gap bo‘laklarining oson tiklanishini etibordan chetda qoldiradilar.


IKKINCHI BOB
SODDA GAPLARDA SINTAKTIK ELLIPSIS
L.G. Vedeninaning F.Sanches nazariyasiga o‘xshash klassifikatsiyasida sintaktik va semantik ellipsisni alohida ajratib ko‘rsatish taklif qilinadi.

Sintaktik ellipsis o‘xshashlikka – ifodalanmagan bo‘lakni aniqlashtirishga imkon beruvchi ellipsislashgan qismning maxsus qurilishiga asoslanadi62.



“Sintaktik ellipsis qaytariluvchi elementni tushurishda ifodalanadi. Boshqacha aytganda, gap anoforik ellipsis haqida ketyapti63 :

Paul est parti. Je sais (qu’il est parti).

Pol ketdi. Men bilaman (uning ketganini)

P.N. Xonlariy “دستور زبان فارسی, A. E. Sodeqiy va A. G‘o‘lomrezo64 دستور زبان فارسی برای سال دوم, “دستور زبان فارسی برای سال سوم فرهنگ و ادب, “دستور زبان فارسی برای سال چهارم فرهنگshuningdek, bir nechta eronlik tilshunos olimlar o‘z asarlarida, ilmiy maqolalarida sodda gap bo‘laklarining ellipsis hodisasiga uchrashi haqida o‘z qarashlarini keltirib o‘tadilar. P.N. Xonlariy yozadi: “So‘roq gaplarda va his-hayajonli gaplarda vaziyat taqazosi bilan ega va kesim, ikkinchi darajali bo‘laklar tushib qolishi mumkin.

Masalan:

چه قدر دیر! (ya’ni چه قدر دیر امدی!)

Namuncha kech! (kelding) 65.

Bu gap his-hayajonli gap bo‘lib, bunda gapning egasi تو kishilik olmoshi va gapning kesimi bo‘lib kelgan آمدی ikkinchi shaxs birlikda tuslangan fe’l kesim tushib qolgan.

A. E. Sodeqiy har bir gap bo‘lagining ellipsisga uchrashiga alohida to‘xtalib, misollar bilan izohlab keltiradi:

  1. Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə