Toshkent moliya instituti mustaqil ish menejment. Marketing fanidan



Yüklə 97,7 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü97,7 Kb.
#146221
  1   2
Menegment marketing


O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


MUSTAQIL ISH
MENEJMENT.MARKETING FANIDAN

Mavzu : Boshqarish ta‘limotidagi to’rtta yo’nalish (maktab) to’g’risida
Ilmiy menejment maktabi va F.Teylor ta‘limotining moxiyati
Boshqarish maqsadi qanday turlari

Bajardi Xudayqulov F
Qabul qildi Shodmonqulov K.M
4-Variant
1. Boshqarish ta‘limotidagi to’rtta yo’nalish (maktab) to’g’risida
nimalar deya olasiz?
2. Ilmiy menejment maktabi va F.Teylor ta‘limotining moxiyati nimada?
3. Boshqarish maqsadi qanday turlarga bo‘linadi?

Javoblar.
Boshqarish ta’limotida to’rt yo’nalish.
Boshqarish ta'limotidagi yo’nalishlar Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu. Sezar, A. Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. O’sha davr menejerlari harbiy intizomni o’rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l ostidagilarni "qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash" bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan. Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor-mulk egasi ishlab chiqarishni o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e'tibor berila boshlandi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan vujudga keldi. 22 O’sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta'limotida quyidagi to’rtta yo’nalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o’zining tegishli hissasini qo’shgan (3-jadval). 3-jadval. Boshqarish ta'limotidagi to’rt yo’nalish (maktab) № Maktab nomlari Namoyandalari Turli maktablarning boshqaruv ta'limotiga qo’shgan hissasi 1. Ilmiy menejment maktabi 1340-1400 yillar Amir Temur - Mamlakatni idora qilish va saltanatni boshqarish uslubi, strategiyasi va taktikasini joriy qildi. -XIV-XV asrlar voqealari va ijtimoiy hayotni o’zida aks ettirgan qimmatli asar Temur tuzuklarini yaratdi. Mazkur asarda bayon etilgan boshqarish yo’l-yo’riqlari, qonun-qoidalari, pand-nasihatlari O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash yo’lida xizmat qilmoqda. -Kuchli davlatni barpo etish, davlat hokimiyatining qaysi ijtimoiy toifalariga tayanishi, mansabdor shaxslarni ularning sifatlariga ko’ra tanlash va vazifalarga tayinlash borasida amaliy jihatdan mukammal bo’lgagn ta'limotni yaratdi. -Buyuk davlat arbobi, dunyoviy bilimlarning sohibi bo’lgan Sohibqiron markazlashgan davlatni barpo etishi orqali o’rta asrlarda buyuk shaxslar etishib chiqishi uchun moddiy, g’oyaviy zaminni yaratdi. (1885-1920) yillar F. Teylor G. Emerson va boshqalar - Vazifani bajarishning maqbul usullarini topish maqsadida ilmiy tahlilni qo’llash. - Vazifani bajaruvchi eng maqbul xodimni tanlash va uning o’qitilishini ta'minlash. - Vazifani samarali bajarilishini ta'minlovchi xodimlarni zarur resurslar bilan ta'minlash. - Yuqori mehnat unumdorligini ta'minlash maqsadida xodimlarni muntazam rag’batlantirib turish. 2. Mumtoz yoki ma'muriy menejment (1920-1950) A. Fayol, M. Veber va boshqalar - Boshqaruv printsiplarini rivojlantirish. - Boshqaruv funktsiyalarini bayon etish. - Tashkilotni yalpi boshqarishda sistemali yondoshuvni asoslash. 23 3. "Inson munosabatlari" maktabi (1950 yildan hozirgacha) E. Meyo, R. Laykert va boshqalar - Mehnat unumdorligini oshirish maqsadida o’zaro munosabatlardan qoniqish hosil qiluvchi usullarni qo’llash. - Kompaniyaning siyosati va istiqbolini xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan holda tashkil etish. 4. Miqdoriy tizimli yoki zamonaviy menejment (1950 yildan hozirgacha) G. Saymon, P. Druker, E. Deyl va boshqalar - Murakkab boshqaruv muammolarini chuqurroq tushunish maqsadida turli modellarni ishlab chiqish va qo’llash. - Murakkab vaziyatlarning echimi bo’yicha boshqaruv xodimlariga yordam beruvchi miqdoriy usullarni ishlab chiqish.
Boshqaruv usullari
Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta'sir ko’rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob'ektini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan usullar, ya'ni: • sistema (tizim)li yondoshuv; • kompleks yondoshuv; • tarkibiy yondoshuv; • integratsion yondoshuv; • modellashtirish; • iqtisodiy-matematik yondoshuv; 50 • kuzatish; • eksperiment; • sotsiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi. Ta'sir ko’rsatish nuqtai nazardan esa usul deganda boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob'ektiga ta'sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi: - funktsional tizimosti ob'ektlarini boshqarish usuli; - boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari; - boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari. Har xil yondashuvlar, yo’sinlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turlituman boshqaruv ishlarining majmui - boshqaruvning aniq va o’ziga xos usullari deb yuritiladi. Boshqaruv usullari - bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta'sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi. Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob'ektiv tarzda kelib chiqadi. Funktsional tizim-osti ob'ektlarini boshqarish usuli boshqariladigan ob'ektning tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, uning tarkibidagi bo’limlarni boshqarishda qo’llaniladigan o’ziga xos usullarni o’z ichiga oladi. Ularni quyidagi tizimosti bo’limlar misolida ko’rish mumkin. Tizimosti bo’limlar: 1. "Ishlab chiqarish" bo’limi • mahsulotning pishiq (ishonchli) ligini tahlil qilish; • mahsulot sifatini nazorat qilish; • omilli tahlil; • funktsional tahlil; • ishchi kuchi, uskuna va materiallardan foydalanishni nazorat qilish; • ishlab chiqarish operatsiyalarini o’rganish; • ishlab chiqarishni programmalashtirish, rejalashtirish va nazorat qilish; • harajatlarni hisob-kitob qilish va boshqalar.
Menejment fanining predmeti va metodlari.
Menejmentning mohiyati va vazifalari
Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog’lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki - tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o’rganish lozim.
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov o’zining «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida» asarida «kuchli ijtimoiy siyosat, avvalo sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag’bat va imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo’l tanlash va faoliyat ko’rsatish erkinligiga bo’lgan kafolatli huquqni qaror topdirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir», deb ta’kidlagan edi.
Menejment mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog’liq holda o’zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatida ajralib chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani ko’paytirishga yo’naltiriladi.
Menejmentning asosini ob’ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o’rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo’lishini hisobga olgan holda xo’jalik rahbarlari respublika xalq xo’jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.
Menejment predmeti va izlanish uslublari
Har qanday fan o’z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet bu fan nima bilan shug’ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya bu sohada ro’y beradigan jarayon va hodisalarning ro’y berish qonuniyatlarini aniqlaydi.
Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga oshishini ko’rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalarni umumlashtirish va o’rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqish lozim.
Menejment predmeti xo’jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o’rganishdan iboratdir. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi bo’lib turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo’l ostidagi xodimlar o’rtasidagi aloqa va o’zaro ta’sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, menejment, bu eng avvalo kishilarni boshqarishdir.
Iqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv ob’ekti mehnat jamoalari va alohida xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya’ni mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi.
Boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi - dialektik uslub bo’lib, u menejmentga o’rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning mohiyatini ochishga yordam beradi.
Menjmentga quyidagi boshqa uslublar ham xos: voqe’lik hodisalarini o’rganishga aniq tarixiy yondoshuv; xo’jalik mexanizmi barcha unsurlarini bir vaqtning o’zida tahlil qilish va to’liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondoshuv, tarkibiy tahlil, iqtisodiy tajriba va boshqalar.
Menejment mahorati uning barcha uslublarini egallash, ular to’g’ri bog’lab qo’llash, har bir aniq vaziyatda eng samaralisini topish qobiliyatiga ega bo’lishidan iboratdir.
Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi
Xorijiy menejment monopolistiq kapitalizm davrida vujudga kelgan. Uning shakllanishidan oldin boshqaruv vazifalarining ajratilishiga, unga xos bo’lgan boshqaruv mehnatining tarqalishiga, uning maxsus nazariy asos yaratilishiga ehtiyoj o’sishi yuz berdi.
Menejment nazariyasining asoschilari Teylor, Ford, Gilbert, Emerson, Fayol va boshqalardir. Boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki yo’nalishi «klassik» (an’anaviy) maktab nomini olgan. Bu maktabning vujudga kelishida amerikalik muhandis va tadqiqotchi Frederik Teylorning xizmati katta. Teylor xizmat pog’onasining barcha darajalarini - AQShdagi Bstlegemdagi yirik metallurgiya korxonasining kichik xizmatchisidan boshqaruvchisigacha bo’lgan lavozimlarni egallagan. U birinchilar qarorida ishlab chiqarishning ayrim jarayonlarini tashkil etish hamda butun korxonani boshqarishga ilmiy yondoshishni qo’lladi. Uning «Korxonani ilmiy boshqarish asoslari», «Boshqarishni ilmiy tashkil etishning tamoyil va usullari», «Sanoat korxonalarini ma’muriy-texnikaviy tashkil etish» kabi mashhur asarlari xorijda chop etilgan ishlab chiqarishni boshqarishni ilmiy tashkil etish bo’yicha adabiyotlarning katta to’plamiga asos soldi. Teylor mehnat jarayonlarini maxsus funksional boshqarish zarurligini asoslab berdi, jismoniy mehnat bilan bir qatorda ishlab chiqarishni tashkil etishni tarkibiy unsurlarga ajratib ko’rsatishga harakat qilgan. U tomonidan ishlangan sxemada o’lda-jo’lda, pala-partish ishlash mumkin emasligi, har bir narsa oldindan o’ylangan, ishning barcha shartlari va usullari oldindan aniq belgilangan bo’lishi aks ettirilgan.
XX asrning 20-yillaridan menejment rivojlanishining yirik kapitalistiq ishlab chiqarish ehtiyojlariga asoslangan yangi bosqichi boshlandi. Nazariyotchilar Teylorizmni nisbatan moslashuvchan tizim bilan almashtirishga harakat qildilar. Ular boshqarishning sotsiologik va psixologik jihatlariga e’tibor berib, ularni ilmiy menejment tarkibiga kiritdilar.
Davlat va iqtisodiyotni boshqarish nazariyasining ayrim jihatlari sharqning iqtisodiy g’oya rivojlanishiga hissa qo’shgan yirik alloma va davlat arboblari - Farobiy, Ibn Sino (IX-X asr), Xos Xojib (XI-XII asr), Amir Temur, Ibn Xoldun (XIII-XIY asr), Bobur, Alisher Navoiy asarlarida yoritilgandir.
Zamonaviy menejmentning shakllanishi
Menejment bir ilm sohasi sifatida fanlararo tarmoq bo’lib, unda iqtisod sotsiologiya, psixologiya, huquq, texnik va boshqa fanlarda erishilgan yutuqlar, shuningdek, boshqaruv san’ati tajribalari o’z ifodasini topadi. O’zbekistonda shakllanayotgan zamonaviy menejment - bu kompleks ravishdagi innovatsiya fani bo’lib, u bozor iqtisodiyotining shakllanishi, tadbirkorlikning rivojlanishi, muayyan shart-sharoitlar va raqobatga layoqatlilikning yaratilishi, iqtisodiy erkinlik hamda ma’suliyat asosida jismoniy hamda huquqiy shakllar faoliyatini jonlantirish uchun qulay zamin yaratilish bilan bir vaqtda dunyoga kelmoqda.
Menejment rivojlanishni sekinlashtiruvchi yoki tezlashtiruvchi muayyan ob’ektiv tamoyillar, shuningdek, uning muayyan potensiali va o’zgarish dinamikasi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham ob’ektiv tendensiyalarni o’z vaqtida aniqlab, ulardan boshqaruv jarayonida mohirona foydalanish kerak. Potensial va foydalanilayotgan resurslar, imkoniyatlar (moddiy, moliyaviy, ishlab chiqarish, mehnat, axborot, tashkiliy) va hajmi bilan belgilanadi.
Menejmentga madaniyat, qadriyatlar va e’tiqodlar tizimining bir unsuri sifatida qaraladi. Zamonaviy menejment o’z qadriyatlari va boyliklarini yaratayotgan hamda ijtimoiy-axloqiy qarashlarini shakllantiradigan inson va jamiyat rivojiga muayyan ta’sir ko’rsatadi. Inson resurslari va tadbirkorlik faoliyati zamonaviy menejment asosini tashkil etadi. Binobarin, menejmentning asosiy vazifasi axborot, bilim, tajriba va yangilikni ishlab chiqarish kuchiga aylantirishdir.
Zamonaviy menejment prinsiplari. Amaliyot, tajriba boshqaruvning an’anaviy to’rachilik prinsiplari o’rniga zamonaviy menejment nazariyasining tizimli prinsiplarini ishlab chiqdi. Ularga quyidagilar kiradi:
tizimning o’zini-o’zi tashkil qiluvchi va o’zini-o’zi boshqaruvchi innovatsiya unsurlarini shakllantirish va rivojlantirish dinamizmi;
vertikal tuzilmalarni detsentralizatsiya qilish va maqsadli faoliyatini ta’minlovchi gorizontal aloqalarni kuchaytirish;
ijobiy va salbiy og’ishlarga o’z vaqtida, tez e’tibor berish;
firmada birgalikdagi harakatlar tashkil qilish borasida ko’rilgan tadbirlarni tijoriy va funksional natijalarga erishishga yordam berayotgan, ham samarali ishlashga g’ov bo’layotgan omillarga baho berish.
zamon va makonda foliyatni boshqarish, odamlarni (personalni) boshqarish, ishlab chiqarishni yangilash uchun tashkilotdan tashqari aloqalarni boshqarish usullari va jarayonlarini sintez qilish orqali ularni samarali birlashtirish.
Bunga menejer, tadbirkor va biznesmenning maqsad niyatlari ham, ularga erishishda foydalanadigan vositalari ham kiradi.
“Etika” so’zi yunon tilidan kelib chiqqkan bo’lib, tarjimada odat, taomillar, xulq-atvor qoidalari degan ma’noni anglatadi. Etika nazariy yoki falsafiy, amaliy etikaga bo’linadi.
Amaliy etika eng qadimiy nazariy fanlardan bo’lib, uning o’rganish ob’ekti odob-axloqdir. Amaliy yoki me’yoriy bo’lsin, etika axloqiy tamoyillar, a’mollar va me’yorlarni asoslab beradi.
Menejer o’z hamkasblari bilan bo’ladigan ish faoliyatida umumtomondan qabul qilingan qoida va me’yorlarga amal qiladi: halol raqobat usullaridan foydalanish; nopok yo’l bilan topilgan puldan foydalanmaslik; ochiqchasiga ish qilish, agar sherik ham shunday qilsa; har qanday sharoitda ham bergan va’dasining ustidan chiqish; qo’l ostidagi odamlarga ta’sir ko’rsatishda halol, to’g’ri usullardan foydalanish; talabchan bo’lish, lekin qo’l ostidagilarning qadr-qimmatini yerga urmaslik; mehribon va jonkuyar bo’lish.
ijodiy yondoshuvning yetishmasligi;
odamlarga ta’sir qilolmaslik va ularga yo’l-yo’riq ko’rsata bilmaslik;
boshqaruv jarayonining o’ziga xos tomonlarini, yetarlicha odamlar va resurslarni boshqarish ko’nikmasining bo’shligi;
o’z-o’zini rivojlantirishga o’rgata olmaslik va bu borada talablar qo’ya olmaslik;
jamoani shakllantirish qobiliyatining pastligi;
Tanlashning keng imkoniyatlari mavjud, binobarin menejerlar bajarayotgan ishining maqsadlari bilan o’z maqsadlarini aniq belgilab olishlari kerak.
Tashkiliy tizimlar bugungi rahbarlarni o’qitish-o’rgatish uchun imkoniyatlarni yaratib berishga qodir emas. Shuning uchun ham har bir menejer o’zining o’sishi, rivojlanishi bilan o’zi muntazam shug’ullanishi kerak.
Muammolar tobora ko’payib boryapti, hammasi ham murakkab, holbuki, ularni hal etish imkoniyatlari, vositalari ko’pincha cheklangan bo’ladi. Binobarin muammoni tez va samarali hal etish qobiliyati boshqaruvchilik ko’nikmalarining eng muhim qismi bo’lib qolmoqda.
Savdo bozorlari, energetik resurslar va foyda olish uchun muttasil kurash yangi g’oyalarni olg’a surishni talab qiladi. Shuning uchun ham rahbarlar nihoyatda topqir bo’lishlar va vaziyat, sharoitning o’zgarishini darrov payqab olishlari kerak.
An’anaviy iyerarxiya munosabatlari qiyinlashib boryapti, binobarin samarali boshqarish to’g’ridan-to’g’ri buyruq bermay, tevarak-atrofdagilarga ta’sir qilish ko’nikmasidan foydalanish demakdir.
Boshqaruvning ko’pgina an’anaviy maktab va usullari o’z imkoniyatlarini ishlatib bo’ldi, ular bugun va ertangi kun talablariga javob berolmay qoldi. Shuning uchun ham yangi, yanada zamonaviy boshqaruv usullari talab etiladi va ko’pchilik menejerlar qo’l ostidagi odamlarga boshqacharoq munosabatda bo’lishlari, muomala qilishning boshqa usullarini o’zlashtirishlari kerak.
Bugungi kunda yollanma xodimlardan foydalanish katta sarf-xarajatlar, qator qiyinchiliklar bilan bog’lik, binobarin har bir rahbardan odam resurslaridan mohirlik bilan foydalanish talab etiladi.
Keng ko’lamdagi o’zgarishlarning yuz berishi yangi ko’nikmalarni o’zlashtirishni, yangi yondoshuvlarni rivojlantirishni, zamondan orqada qolib ketmasligi uchun kurashishni talab etadi. Shuning uchun ham menejerlar boshqalarning yangi usullarni tezroq o’rganishlari va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishlariga yordam berishlari talab etiladi.
Murakkab muammolar bir necha odamlarning birgalikda harakat qilishlarini, qarorlarni hamkorlikda amalga oshirishlarini tobora ko’proq talab qilmoqda, binobarin menejer tadbirkor, topqir, samarali ishlay oladigan guruhlarni barpo eta olishi, ularni mutassil takomillashtirib bora olishi kerak.
2. Ilmiy menejment maktabi va F.Teylor ta‘limotining moxiyati
«Ilmiy menejment» maktabi F. Teylor ta’limotining mazmuni va mohiyati
«Ilmiy menejment» maktabi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya’ni «boshqaruvning mumtoz maktabi» deb ham yuritilgan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muhandis va ixtirochi F. Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning nazariyasi keyinchalik «Teylorizm» degan nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning «siqib suvini olish»ning ilmiy deb atalgan.
F. Teylor ta’limotining asosiy mazmuni-yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda g‘oyatda va maqbul usullarni izlashdir.
Uning prinsiplariga binoan:
-mehnatning har bir jarayoni, uning ko‘lami va ketma-ketligi aniq-puxta ixtisoslashtirilishi shart;
-har bir mehnat turi qat’iy vaqt oralig‘ida taqsimlanishi lozim;
-har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo‘ysundirilgan bo‘lishi kerak;
-yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim;
-ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‘yilishi shart;
-boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas’uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to‘g‘ri taqsimlash shart.
F. Teylorning mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasidagi takliflari ishlab chiqarishga tadbiq etilganda mehnat unumdorligi ikki baravar (100%)ga o‘sishiga olib kelgan. Ayniqsa, qo‘llagan xaronometraj usuli diqqatga sazovordir.
F. Teylor nazariyasiga ko‘ra rahbar va mutaxassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan, biror-bir shaxsiy tashabbus ko‘rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish kerak edi.
F. Teylor boshqarishni «aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta hamda arzon usulda bajarish san’ati» deb baholagan.
Shunday qilib, F. Teylor «boshqaruvning mumtoz maktabi»ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar ko‘rinishida rivojlanib bordi.
F. Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G. Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha yirik mutaxassislardan bo‘lib, u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning «Mehnat unumdorligining 12 prinsipi» nomli asarida yoritilgan.
G. Emerson ilmiy boshqaruv prinsipini mohiyatiga ko‘ra quyidagi ketma-ketlikda bayon qilgan.
1.Aniq qo‘yilgnan maqsad va g‘oyalar.
2.Oqil, sog‘lom fikr.
3.Jozibali, e’tiborli mahsulot.
4.Intizom.
5.Xodimga nisbatan adolatli bo‘lish.
6.Tezkor, ishonchli, to‘liq, aniq va muntazam hisob-kitob.
7.Dispetcherlash.
8.Me’yorlar va jadvallar.
9.Sharoit bilan ta’minlash.
10.Operatsiyalarni me’yorlash.
11.Standart yo‘riqnomalarni tayyorlash.
12.Unumdorlikni rag‘batlantirish.
Ko‘rinib turibdiki, G. Emersonning diqqat-e’tiborida, eng avvalo ikki, ya’ni aniq qo‘yilgan maqsad va g‘oya, shuningdek oqilona fikr turibdi. G. Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini o‘rganib, ishchiga beriladigan ish xajmi normalarini, ishni bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini bartaraf etuvchi eng muvofiq usullarini ishlab chiqdi.
Bunda masalan, nisbiy ish haqining maxsus tizimi oqilona fikr asosida qo‘llanilib, unga ko‘ra birilgan normani bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsiyentlari oshirilar (8-band), uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalari 20-30% pasaytirilib, jarima solingan. Shu bilan birga berilgan vazifani yuqori darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilgan.
3. Boshqarish maqsadi qanday turlarga bo‘linadi?



  1. Yüklə 97,7 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə