|
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash ishi fakulteti 123-b guruh talabasi Guli Raxmonqulovaning Anatomiya fanidan bajargan topshirig’i
|
səhifə | 1/4 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 2,13 Mb. | | #134510 |
| Bosh suyaklari anatomiyasi
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Davolash ishi fakulteti
123-b guruh talabasi
Guli Raxmonqulovaning
Anatomiya fanidan bajargan
topshirig’i
Reja: - Kalla suyaklarining taraqqiyoti
- Kalla suyaklari
- Ensa suyagi
- Tepa suyagi
- Peshona suyagi
- G’alvirsimon suyak
- Ponasimon suyak
KALLA SUYAGINING TARAQQIYOTI
Kalla suyaklarining taraqqiyotida uch bosqich tafovut qiladi:
parda, tog`ay va suyak holatlari.
Parda holidagi kalla—embrionning 2- haftaligidan boshlansa, tog`ay holatiga 2- oydan boshlab o`tadi. Suyak holatiga o`tishning uchinchi bosqichi har bir suyak uchun alohida muddatga to`g`ri keladi. Misol uchun: pastki jag` suyagida suyaklanish nuqtasining paydo bo`lishi embrion taraqqiyotining 39- kuniga to`g`ri kelsa, ensa suyagida esa 65- kunida ko`rinadi. Hamma suyaklar ham, taraqqiyot paytida uch bosqichni, masalan tog`ay bosqichini o`tamaydi. Parda bosqichidan suyaklanish bosqichiga o`tadigan suyaklarga birlamchi suyaklar, uchala bosqichni o`taydigan suyaklarga esa ikkilamchi suyaklar deyiladi.
Birlamchi suyaklar guruhiga quyidagi suyaklar kiradi: ensa suyagining yuqorigi serbar qismi, tepa, peshona, chakka suyagining serbar qismlari, nog`ora halqasi, ponasimon suyakning qanotsimon o`simtasining ichki bo`lagi, tanglay suyagi, burun bo`shlig`ini bo`lib turuvchi suyak, burun, ko`zyoshi, yonoq suyaklari, yuqorigi va pastki jag` suyaklari.
Ikkilamchi suyaklar guruhiga quyidagi suyaklar kiradi: ensa suyagining asosi va yon qismlari, ponasimon, g`alvirsimon, burun chig`anoq suyaklari, chakka suyagining toshsimon qismi va so`rg`ichsimon o`simtasi, eshituv suyakchalari (bolg`acha, sandoncha, o`zangicha) va til osti suyagining tanasi. Kalla suyaklari bosh miya, nervlar va qon tomirlardan so`ng taraqqiy etadi. Shu sababdan kalla suyaklarida ko`p miqdorda teshiklar, kanallar, egat va chuqurchalar hosil bo`ladi.
Kallaning yuz qismidagi suyaklar jabra ravoqlaridan taraqqiy etadi. Embrion taraqqiyotida 5 ta jabra ravoqlari bo`ladi. Birinchi jabra ravog`ini pastki jag` ravog`i, ikkinchi jabra ravog`ini til osti ravog`i deyiladi. Qolgan ravoqlar 3-, 4-, 5-jabra ravoqlari deyiladi. Kallaning yuz qismidagi suyaklar taraqqiyotida 1-, 2-, 3jabra ravoqlari va peshona o`simtasi qatnashadi. Pastki jag` ravoq juft bo`lib, har biri o`rta sohada ikkitadan o`simta bilan tugaydi. Yuqori va pastki jag` o`simtalari og`iz tirqishini pastdan va yon tomondan chegaralab turadi. Yuqori jag` o`simtalarining o`rtasida peshona o`simtasi joylashadi. Peshona o`simtasining pastki qirrasida har tarafda ikkitadan: yon burun va o`rta burun kurtaklari tafovut qiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|