Vapayev shuxratbek statistika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 342,81 Kb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü342,81 Kb.
#133150
  1   2   3   4   5   6
OZB




TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOTUNIVERSITETI

KORPARATIV BOSHQARUV FAKULTETI

MO-92 GURUH TALABASI

VAPAYEV SHUXRATBEK



STATISTIKA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI


Mavzu: O`zbekiston Respublikasi, Norvegiya, Slovakiya, Laos mamlakatlarining makroiqtisodiy ko`rsatkichlarining qiyosiy tahlili

O'zbekiston Respublikasi va boshka mamlakatlar makroiktisodiy ko'rsatkichlarining qiyosiy taxlili
Reja:
Kirish:
1. O'zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari taxlili. 5
2. Norvegiya asosiy makroiktisodiy kursatkichlari tahlili. 18
3. Slovalkiyaning asosiy makroictysodiy ko'rsatkichlari taxlili. 24
4Laosning asosiy makroiktisodiy ko`rsatkichlari taxlili. 34
Hulosa 44
Foidalanilgan adabiyotlar ruyxati 65
Ilovalar 66

Kirish
Ushbu referatni yozishdan maqsad, mamlakatimizning dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rnini aniqlash bo‘lib, buning uchun mamlakatimiz mustaqil davlat sifatida tan olingan kundan boshlab hozirgi davrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida iqtisodiyotimizda amalga oshirilgan islohotlar va rivojlanish tendensiyasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari (YaIM, inflyasiya, ishsizlik, pul muomalasi, almashuv kursi, eksport – import operatsiyalari, davlat byudjeti, oltin-valyuta zahirasi, to‘lov balansi va shu kabilar) asosida rivojlangan, sobiq sosialistik va rivojlanayotgan davlatlar misolida mamlakatlararo yuqoridagi ko‘rsatkichlar yordamida taqqoslaymiz.
Referatda, shuningdek mamlakatlarning aholi soni, uning turmush darajasi, yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmi va kishi boshiga to‘g‘ri keluvchi hajmini o‘zgarish dinamikasi, iqtisodiyotga davlatning aralashuv darajalari, iqtisodiyotning monetizasiyalash darajasi, ularni hisoblash usullarini va tahlilini rasmiy statistik ma'lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz.
Muxtaram Prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek “O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat” so‘zlaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotimizni dunyo mamlakatlari miqyosida o‘zining rivojlanish darajasi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda turuvchi davlatlardan biri bo‘lgan Shveysariya bilan, sobiq sosialistik davlatlardan Rossiya bilan (taqqoslashdan maqsad, davlatimiz mustaqillikka erishguniga qadar ittifoqdosh bo‘lgani va rivojlanish darajasi yaqin bo‘lganligi tufayli), shuningdek bugungi kundagi rivojlanayotgan mamlakat hisoblangan Hindiston kabi davlatlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari orqali tahlil qilamiz. Lekin shuni e'tiborga olish lozimki, mamlakatlarni rivojlanish darajasini baholashda iqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘liq ifoda eta olmaydi. Shu bilan birga aholining o‘rtacha umr ko‘rishi, savodxonlik darajasi, sog‘liqni saqlash tizimining rivoji va sifati hamda boshqa ko‘rsatkichlar ham xalqaro taqqoslashlarda keng foydalaniladi.
Shu kabi mamlakatlar bilan solishtirma tahlillar, mamlakatimizning jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rni, jaxon xo‘jaligiga integratsiyalashganligi, rivojlanish tendensiyasi, aholi turmush darajasi sifati qanday holatda ekanligini baholash imkoniyatini beradi. Yana shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, mamlakatimiz eksport hajmini o‘sib borayotganligi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlar yordamida solishtirish davlatlarning jahon bozoridagi o‘rniga baho berish imkoni ham beradi.
Referatni yozishdan yana bir maqsad - mamlakatlar iqtisodiyotini taqqoslash bilan bir qatorda mamlakatlar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash va ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash, boshqa nazariy bilimlar bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni ta'minlashdir.


Yüklə 342,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə