=",,,-",,,=" belgilari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/3
tarix14.06.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#117116
1   2   3
mo\'m20.37DiloraO\'zganbekova

9 - 2 = 7
4.
Kuchukchalar nechta? Kattalari-chi? Birgalikda jami nechta?
Kuchukchalar soni 4 ta.
Kattalarining soni 2 ta.
Birgalikda jami 6 ta.
6 - 2 = 4 6 - 4 = 2
Qoʻshimcha topshiriq.
Oʻquvchilarga sanoq choʻplar yordamida 3 - 2, 2 - 1, 9 - 2 kabi ifodalar qiymatini topish vazifasi beriladi.

MAVZU: BITTA VA HECH NARSA (YO’Q). 0 SONI



  1. 0 soniga oid hayotiy misollar keltiriladi, 0 soni modellarda ko‘rsatiladi
    (kataklar ichida doirachalar yoʻqligi 0 soniga ishoradir).
    0 sonini belgi yordamida ifodalash, belgining atalishi va o‘qilishi
    tushuntiriladi.
    Yashil rangli doirachalar nechta? (2 ta)
    Sariq rangli doirachalar nechta? (1 ta)
    Ko‘k rangli doirachalar nechta? (0 ta)
    Qizil rangli doirachalar-chi? (0 ta)

0 sonini yozish texnikasi bilan tanishtiriladi: berilgan qizil
nuqtachadan, ya’ni daftar katakchasining yuqori tomonidan
ko‘rsatkich bo‘ylab katakchaning pastki qismiga qadar, undan
yozish boshlangan nuqtaga yetguncha yoziladi.



  1. Qutichalardagi shirinliklarni sanaymiz. Har bir qutichada nechtadan shirinlik bor? 1-qutichada 6 ta shirinlik bor. 2-qutichada esa shirinlik yoʻq. Bu esa 0 ni bildiradi.
    3. Akvariumda nechta baliq bor? Koʻrinib turibdiki, akvariumda baliq
    yoʻq. Demak, hech narsa yoʻq boʻlsa – 0. Oʻquvchilarga “hech narsa boʻlmasa, bu 0 sonini bildiradi” kabi tushuntirish beriladi.
    4. Tushirib qoldirilgan sonlarni topamiz. Avval 1 dan 9 gacha sonlar
    ketma-ketligini eslaymiz: 1, 2, 3, 4, … Ulardan qaysi sonlar berilgan? Demak, qaysi sonlar tushirib qoldirilgan? Ularni yozamiz.
    0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9


OG’ZAKI VA YOZMA RAQAMLASH
1 DAN 10 GACHA BO’LGAN SONLARNING O’QILISHI VA YOZILISHI. 1 SONI.

1. Makkajo‘xori so‘tasi bitta, doni ko‘p.
Qo‘shimcha savollar: sinfimizda nimalar bittadan? Tug‘ilib o‘sgan joyimiz nima deb ataladi? (Vatan) Insonda Vatan nechta bo‘ladi?
Bu topshiriqda 1 sonining tarkibi haqida ma’lumot beriladi. Bu keyingi darslarda o‘tiladigan sonlarning tarkibini o‘rganishga tayyorgarlik vazifasini bajaradi.

2. Qaysi narsalar bittadan? Rasmda kimlar bor? Ular necha nafardan?
Oʻquvchilar faqat soni bitta boʻlgan narsalar nomini aytishadi. Masalan: darvoza, soʻri, mushuk, piyola, choynak, buvi, qizcha, xontaxta, gilam, argʻimchoq.

3. Qaysi biri bitta? Oʻquvchilar koʻz bilan chamalash orqali sanamasdan qaysilari bittadan koʻpligini va 1 ga tengligini aytishadi. Bundan tashqari, qaysi mevalarning danagi 1 tadan ekanligi soʻraladi.

1 DAN 10 GACHA BO’LGAN SONLARNING O’QILISHI VA YOZILISHI. 2 SONI

  1. Hayotiy misollar keltiriladi. 2 soni modellarda ko‘rsatiladi. 2 sonini belgi yordamida ifodalash, belgining atalishi va o‘qilishi tushuntiriladi.
    Bu topshiriqda 2 sonining tarkibi haqida ma’lumot beriladi: “Ikki soni ikkita bir soniga teng” yoki “Ikki – ikkita bir sonidan iborat”. Bu keyin o‘rganiladigan sonlarning tarkibini o‘rganishga, arifmetik amallar bajarishga tayyorgarlik vazifasini bajaradi.
    2 sonini yozish texnikasi bilan tanishtiriladi: berilgan qizil nuqtachadan, ya’ni daftar katakchasining biroz yuqori tomoniga yaqinroq joydan yuqoriga qarab yoziladi. Katakchaning yuqori tomoniga tegguncha ko‘rsatkich bo‘ylab yoziladi. Keyin
    katakchaning pastki qismi o‘rtasiga qadar yoziladi va yana ko‘rsatkich bo‘ylab katakchaning oʻng tomonining pastki qismiga qadar yoziladi.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə