• Основные стратегические варианты


Ijtimoiy-demografik segmentlashning cheklanishlari



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   169
Strategik marketing (1)

Ijtimoiy-demografik segmentlashning cheklanishlari.
Bunda segmentning 
paydo bo‘lishini izohlovchi omillarni tahlil qilish emas, balki uni tashkil qiluvchi 
kishilarga tavsif berishga asosiy e’tibor beriladi. Mana shuning uchun ham ushbu 


67 
segmentlashni 
tavsiflovchi segmentlash
ham deb ataladi. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy-demografik segmentlashning 
prognozlash qobiliyati pasayib boradi, chunki ularda turli ijtimoiy sinflarning 
iste’mol uslublari toboro standartlashib boradi. Xaridorlarning xulq-atvorini izohlash 
va oldindan ayta olish uchun ijtimoiy-demografik segmentlashda qo‘shimcha 
ravishda tahlilning boshqa usullaridan ham foydalanish zarur. Bunday tashqari, 
bunday segmentlash markalardan birortasini tanlashda katta samara bermaydi. 
Bundan manfaatlarga ko‘ra va ijtimoiy-madaniy segmentlash dolzarbligi kelib 
chiqadi. 
Foyda olish bo‘yicha segmentlash -
insonlar oladigan naflarning har 
xilligidan kelib chiqadi. Bu guruh iste’molchilari arzon narxli yaxshi ishlaydigan 
soatlar sotib oladi, agarda ular 1 yil davomida buzilsa, ular boshqasi bilan 
almashtiriladi. 
1. “Chidamlilik va sifat segmenti” - bu guruh xaridorlari uzoq muddat 
ishlaydigan sifatli, chiroyli soatlarni sotib oladilar va bunga yuqori narx to‘laydilar. 
2. “Simvolizm” segmenti - bu guruh xaridorlari o‘ziga xos xarakterli, estetik va 
emosional qiymatga ega bo‘lgan soatlar bilan qiziqadilar. Bularga obro‘li markalarga 
bo‘lgan soatlarni kiritish mumkin. 
Ijtimoiy-madaniy segmentlash
xuddi naf olish va ijtimoiy demografik 
segmentlash kabi xaridorni tovarga bo‘lgan ehtiyoji bir xil yoki shu guruhni o‘zida 
boshqalar bo‘lishini o‘rganadi. Bu erda masala xaridorni qiziqishi, fikri, faolligi, 
qadriyati kabi hayot tarzini yaratishga qaratiladi. Hayot tarzi bo‘yicha segmentlash 
psixografik
segmentlash ham deb yuritilib, motivasiya sohasida va yakka iste’mol 
jihatlari bo‘yicha yana ham ilgari siljishga harakat qiladi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə