• Основные стратегические варианты


  3.3. Segmentlash strategiyasini amalga oshirish



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169
Strategik marketing (1)

 


69 
3.3. Segmentlash strategiyasini amalga oshirish 
Segmentasiya jarayonining muhim bosqichi bo‘lib bozorni maqsadli
segmentini tanlash hisoblanadi.
Maqsadli segmentni tanlash muammosi etarli darajada murakkab bo‘lib,
uni echish uchun quyidagi ketma - ketlikda turish tavsiya etiladi: 
- segment o‘lchov va uning o‘zgarish (o‘sish, kamayishi) tezligini 
o‘rnatish; 
- segmentni jalb etuvchanlik tuzilishini tadqiq etish
- o‘zlashtirayotgan segment maqsadini va tashkilot resurslarini aniqlash. 
Segment o‘lchami uning miqdoriy o‘lchamlari va birinchi navbatda sig‘imi 
bilan tavsiflanadi. Segment sig‘imini aniqlash uchun tovarlar hajmini, ushbu 
segmentda ularni umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu 
tovarning potensial iste’molchilari sonini aniqlash zarur. 
Bozor sig‘imini o‘rganish asosida ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish 
uchun va tovar sotish bo‘yicha taqsimlash tarmog‘i tuzilishi uchun asos bo‘lib 
hisoblanuvchi uning o‘sish dinamikasi baholanadi. SHuni hisobga olish kerakki, 
bozor sig‘imi etarli bo‘lishi kerak, ya’ni bozor faoliyati natijalari qo‘llash, bozorda 
ishlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab, rejalashtirilgan foydani olishga kafolat 
berish kerak. 
Segmentning jalb etuvchanligi tuzilishini tadqiq etish raqobat darajasini 
o‘rganishi, mavjud mahsulotlar raqobatdoshligi, xaridorlarga munosabati, taklif 
etilayotgan va mavjud tovarlarga bo‘lgan segment ehtiyojining barqarorligi, mavjud 
xaridor ehtiyojlarini qondiruvchi mutlaq yangi mahsulotni bozorga kiritish zarurat va 
imkoniyatini o‘z ichiga oladi. 
O‘zlashtirilayotgan segment maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan 
tashkilot maqsad va resurslarini aniqlash strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 
tashkilotning uzoq muddatli maqsadlariga mos holda joriy maqsadlari bilan amalga 
oshirish hamda shunga mos holda maqsadli bozorda ishlash uchun potensial imkoniy 
resurslarni etarli yoki yo‘qligini aniqlash uchun zarur. Buning uchun tavakkalchilikni 


70 
hisoblash maqsadga muvofiq. Tashkilotning tavakkalchiligini hisoblash uchun 
maxsus marketing, konsalting kompaniyalarini taklif qilish mumkin. 
Imkoniy bozor segmentlari sonini optimallashtirish uchun konsentrlangan va 
dispersli uslublarni ishlatish mumkin. Konsentrlangan uslub kelgusidagi yaxshi 
segmentni axtarishga asoslangan. U uncha qimmat bo‘lmagan, lekin katta vaqt 
xarajatlarini talab qiladi. Dispersli uslub bir vaqtning o‘zida bir necha bozor 
segmentida ishlashni ko‘zda tutadi, keyinchalik ma’lum davrdagi faoliyat natijalarini 
baholash yo‘li bilan samaraliroq bozorni tanlaydi. 
Foydali bo‘lgan segment joriy sotuvning yuqori darajasiga, yuqori o‘sish 
sur’atiga, yuqori foyda normasiga, sotish kanali talablariga aniq va raqobatga 
chidamli bo‘lishi kerak. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə