• Основные стратегические варианты


Yangi segmentlarni qidirish



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169
Strategik marketing (1)

Yangi segmentlarni qidirish.
Makrosegmentlashning bayon qilingan tahlili 
ayni paytda yangi potensial segmentlarni topish imkoniyatini beradi. 
Bu maqsadda 
quyidagi savollarga javob topish foydalidir: 
-talab qilinayotgan funksiyalarni bajarish uchun boshqa texnologiyalar 
mavjudmi? 
-takomillashtirilgan tovar qo‘shimcha funksiyalarni bajara oladimi? 
-o‘xshash ehtiyojlar yoki funksiyalarga ega bo‘lgan boshqa xaridorlar guruhlari
bormi? 
-ba’zi xaridorlarning ehtiyojlarini funksiyalar sonini kamaytirgan holda 
(masalan, mos ravishda narxlarni pasaytirib) yaxshiroq qondirish mumkinmi? 
-funksiyalar, tovarlar yoki xizmatlarning bir butun, yaxlit holda sotishga 
yaroqli (qisqartirilgan yoki kengaytirilgan) yangi to‘plamlari bormi? 
Yangi segmentlash usulining topilishi firmaga o‘z raqiblari oldida kuchli 
raqobatli ustunlik keltirishi mumkin. 
Asosiy bozorni qamrab olish strategiyasi.
Bozorni qamrab olish strategiyasi 
har bir segmentga nisbatan jalb qilinuvchan raqobatbardoshlikni tahlil qilish asosida 
tanlanadi. Firma bozorni qamrab olishning turli strategiyalarini ko‘rib chiqishi 
mumkin:
Konsentrasiya yoki fokuslanish strategiyasi:
firma tovar bozori, funksiya yoki 
iste’molchilar guruhiga nisbatan o‘z faoliyat sohasini tor darajada belgilaydi. Bu 
bozorda aniq belgilangan sohada yuqori ulushni egallashga intilayotgan mutaxassis 
strategiyasidir.
Funksional mutaxassisning strategiyasi:
firma bir funksiyada ixtisoslashishni 
afzal ko‘radi, biroq shu funksiyaga, masalan, sanoat tovarlarini omborlarga 
joylashtirish funksiyasiga qiziqqan barcha iste’molchilar guruhlariga xizmat 
ko‘rsatadi. 
Mijoz bo‘yicha ixtisoslashish strategiyasi:
firma mijozlarning ma’lum bir 


62 
toifaga (kasalxonalar, mehmonxonalar) ixtisoslashadi va o‘z mijozlariga keng 
assortimentli tovarlarni yoki qo‘shimcha, yoki o‘zaro bog‘liq funksiyalarni 
bajaradigan asbob-uskunalar majmualarini taklif qiladi. 
Selektiv ixtisoslashish strategiyasi:
bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan turli 
bozorlarga turli xil tovarlarni chiqarish; bu diversifikasiyalashga qaratilgan 
opportunistik strategiyadir.
 
To‘liq qamrab olish strategiyasi:
iste’molchilarning barcha guruhlarini 
qoniqtiradigan to‘liq assortiment taklif qilinadi. 
Ko‘pchilik hollarda bozorni qamrab olish strategiyalari faqat ikki jihatdan: 
funksiyalar va iste’molchilar guruhi jihatidan ifodalanishi mumkin, chunki odatda 
firma 
muqobil 
texnologiyalar 
mavjud 
bo‘lsa ham, faqat ma’lum bir 
texnologiyagagina ega bo‘ladi. 
Quyidagi misolni ko‘rib chiqaylik. Ma’lumki, djem eritilgan pishloq va 
shokolad pastasi bilan bevosita raqobatdadir. Ushbu uch sektordagi ishlab chiqarish 
talablari bir-biridan keskin farq qilsada, mevalarni qayta ishlash sektorida faollik 
ko‘rsatayotgan firmalarning birortasi oraliq sektorlarda sanoat korxonalariga ega 
emas. 
Agar asosiy bozor turli texnologiyalarni ham o‘z ichiga olsa, bozorni qamrab 
olish strategiyasiga “texnologiyani” o‘lchash ham kiradi, masalan, tibbiy tashxis 
bozorda “Djeneral elektrik” firmasi mavjud texnologiyalarning bir necha xiliga 
egadir.
Turli raqobatchilar o‘z asosiy bozorlarini har bir sektorda bir xilda 
aniqlamasligi mumkin. Biror bir tovarga ixtisoslashgan firma ayni shu tovarga 
qiziqadigan mijozlarning ma’lum bir toifasiga ixtisoslashgan raqobatchiga duch 
kelishi mumkin. Birinchi raqobatchi o‘zining ishlab chiqarish hajmini hisobga olgan 
holda ikkinchi raqobatchiga nisbatan harakatlarda ustunlikka ega bo‘lishi mumkin, 
ayni paytda ikkinchi raqobatchi savdo-sotiq va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida 
samaraliroq ishlashi mumkin.

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə