• Основные стратегические варианты


-rasm. Maqsadli bozorning mezonlari



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   169
Strategik marketing (1)

 
3.1-rasm. Maqsadli bozorning mezonlari 
Funksiyalar yoki funksiyalar yig‘indisi.
Bu erda gap tovar yoki xizmat 
qondirishi kerak bo‘lgan ehtiyojlar haqida bormoqda. Bunday funksiyalarga 
uylarning ichki jihozlanishini, xalqaro yuk tashishni, tomning suv o‘tkazmasligini, 
zangdan himoyalash, tishlarni tozalash, chuqur va yuza burg‘ulash, tibbiy tashxis va 
shu kabilarni misol qilib keltirish mumkin. 
Funksiyalarni shu funksiya bajariladigan usullar (ya’ni texnologiyalar bilan) 
bilan adashtirib yubormaslik kerak. “Funksiyalar” va “foydalar” o‘rtasidagi farq, 
ayniqsa tor sohadagi funksiyalar yoki ularning yig‘indisida har doim ham aniq 
ko‘rinib turavermaydi. Masalan, tishlarni tozalash va ularni turli kasalliklardan 
himoyalash, qazg‘oqqa qarshi shampunlar va hokazo. Demak, funksiyalarga 
iste’molchilarning turli guruhlari qidirayotgan foydalar to‘plami sifatida ham ta’rif 
berish mumkin. 
Iste’molchilar guruhlari.
Potensial iste’molchilarning turli guruhlarini 
ajratishda eng ko‘p qo‘llaniladigan mezonlar quyidagilardan iborat: oila yoki 
tashkilot, ijtimoiy-iqtisodiy sinf, geografik hudud, faoliyat turi, firmaning moliyaviy 
imkoniyatlari, texnologik saviya, pirovard mahsulotlarning ishlab chiqaruvchisi yoki 
iste’molchisi, xarid markazi va hokazo. 
Makrosegmentlashda, ayniqsa sanoat tovarlari haqida gap ketganda, faqat 


59 
umumiy tavsifnomalar hisobga olinadi. Iste’mol tovarlari uchun ko‘pincha yosh 
guruhlari, qidirilayotgan foydalar, xulq-atvor yoki turmush tarzi kabi mezonlar talab 
qilinadi. Ularni aniqlash esa mikrosegmentlashning vazifasidir. 
Texnologiyalar.
Bu erda xilma-xil funksiyalarning bajarilishini ta’mirlovchi 
“nou-xau” shaklidagi turli texnologiyalar ko‘rib chiqiladi. Masalan, uy-joylarning 
shinamlik funksiyasi uchun bo‘yoqlar yoki gulqog‘ozlar, tovarlarni xalqaro tashishlar 
uchun avtomobil, havo, temir yoki dengiz yo‘llari, tomlarning suv o‘tkazmaslik 
uchun bitum yoki plastmassa plyonkalar, tibbiy tashxis funksiyasi uchun rentgen 
nurlari, ultratovush va kompyuter tomografiyasi va hokazolar. 
Yuqorida 
aytib 
o‘tilgandek, texnologik mezonlar dinamik bo‘lib, 
mukammalroq texnologiyalar vaqt o‘tishi bilan hozirgi ilg‘or texnologiyalarning 
o‘rnini egallaydi. Buni tibbiy tashxisda yadro magnit rezonansi, axborot uzatishda 
elektron pochta, teletaypga nisbatan esa faks misolida ko‘rish mumkin. 
Asosiy bozorning tuzilishi.
Bayon etilgan yondashuvdan foydalangan holda biz 
uch xil tuzilmalarni: - “tovar bozori”, “bozor” va “sanoat tarmog‘i”ni farqlay olamiz. 
Tovar bozori - 
iste’molchilar guruhi va muayyan texnologiyaga asoslangan 
funksiyalar majmuasining kesishmasida joylashgan; 
Bozor -
iste’molchilarning bir guruhi va bir funksiyani bajarish uchun 
mo‘ljallangan texnologiyalar majmuasining qamrab oladi; 
Sanoat tarmog‘i -
texnologiya bilan (u bilan bog‘liq funksiyalar yoki 
iste’molchilar guruhidan qat’iy nazar) belgilanadi. 
Bundan asosiy bozorga berish mumkin bo‘lgan va har biri o‘zining ustun 
tomonlarini va kamchiliklariga bo‘lgan uch xil ta’rif kelib chiqadi. 
“Sanoat tarmog‘i” tushunchasi an’anaviy tushuncha bo‘lib, ayni paytda u biz 
uchun kamroq to‘g‘ri keladi, chunki u bozor talabiga emas, taklifga yo‘naltirilgan. 
Shu bilan birga, ko‘rinib turibdiki, u bir-biri bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan xilma-
xil funksiyalar va iste’molchilar guruhlarini qamrab olishi mumkin.
Masalan, uy-jihozlari tarmog‘i qisqa to‘lqinli pechlar va dazmollar, ya’ni 
xaridorlar xulq-atvori tavsifnomalari va o‘sish salohiyati nuqtai nazaridan qaraganda 
mutlaqo turlicha bo‘lgan ikki tovarni o‘z ichiga olish kerak. 


60 
Binobarin, bu tushuncha ko‘rib chiqilayotgan funksiyalar va iste’molchilar 
guruhi faqat yuqori darajada bir jinsli bo‘lgan taqdirdagina qiymatga egadir. SHuni 
qayd qilib o‘tish lozimki, amaliyotda tarmoq konsepsiyasiga murojaat qilinishi 
muqarrardir, chunki sanoat va xalqaro savdo sohasidagi statistik ma’lumotlarning 
ko‘pchiligi aynan shu mezonga asoslangan. 
“Bozor” tushunchasi asliy ehtiyoj konsepsiyasiga juda yaqindir va shu yo‘l 
bilan bir funksiya uchun mo‘ljallangan turli texnologiyalarning bir-birining o‘rnini 
bosa olishini ta’kidlaydi. Texnologik innovasiya bozorning mavjud chegaralarini 
mutlaqo o‘zgartirib yuborishi mumkin. Asosiy bozorning bunday ta’riflanishi 
o‘rinbosar texnologiyalarni kuzatib borishni engillashtiradi. Bu erda asosiy 
qiyinchilik shundaki, nazorat qilinishi kerak bo‘lgan texnologiyalar g‘oyatda xilma-
xil bo‘lishi va ayni paytda bir-biridan juda uzoq bo‘lishi mumkin.
Yana sanoat binolari va uy joylarning ichki bezaklariga qaytamiz. Bu erda 
gulqog‘ozlar, bo‘yoqlar va devoriy matolar muqobil texnologiyalardir. Gap bir xil 
funksiyani bajaruvchi, ammo bir-biridan mutlaqo farq qiluvchi tarmoqlar to‘g‘risida 
bormoqda.
“Bozor” tushunchasiga murojaat qilish strategik tahlilning yo‘nalishini 
aniqlash, hamda tadqiqot ishlanmalarning yo‘nalishlarini tanlashda ayniqsa 
muhimdir. 
“Tovar bozori” tushunchasi eng katta marketing yo‘nalishiga egadir. U 
strategik biznes-birlik tushunchasiga mos keladi hamda talab va taklifning voqelikka
juda yaqin darajada javob beradi. Bozorning bu ta’rifidan tezkor ravishda
firmaning o‘z strategik hatti-harakatlaridagi to‘rt hal qiluvchi elementi kelib
chiqadi: 
- ehtiyojlarni qoniqtirish kerak bo‘lgan xaridorlar; 
- bu xaridorlar qidirayotgan foydalar to‘plami; 
- engib o‘tish kerak bo‘lgan raqobatchilar; 
- sotib olish va o‘zlashtirish kerak bo‘lgan resurslar. 
Asosiy bozorning shu tarzda tovar bozorlariga ajratilishi bozorlarni tanlash 
bo‘yicha qarorlar qabul qilish va tegishli tashkiliy tuzilma uchun asos bo‘lib xizmat 


61 
qiladi. Bu tushuncha bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchilik ko‘pincha tegishli bozorning 
kattaliklarini o‘lchash muammosidan iborat bo‘ladi: rasmiy statistik ma’lumotlar 
bozorlarga emas, tarmoqlarga asoslanadi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə