• Основные стратегические варианты


Birinchi  transformatsiya



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   169
Strategik marketing (1)

Birinchi 
transformatsiya.
Buyumlarning 
yarim 
fabrikatlariga 
aylantirilgan, qayta ishlangan materiallar, masalan, kimyoviy moddalar, teri va shu 
kabilarga bo‘lgan talab. 

Pirovard transformatsiya.
YAnada murakkab qayta ishlanadigan 
mahsulotlarga bo‘lgan talab. Masalan, xomashyo – metallarni zanglashga chidamli, 
bo‘yalgan metallga aylantirish. 

 Birinchi qo‘llanish.
Murakkabroq buyumlarni yasashda ishlatiladigan, 
boshqa mahsulotlarning tarkibiy qismi bo‘lgan yakuniy mahsulotlarga bo‘lgan talab. 
Masalan, avvaldan bo‘yalgan metall radiatorlar tayyorlashda qo‘llaniladi, simlardan 
radial pokrishkalar tayyorlashda foydalaniladi. 

Yakuniy qo‘llanish.
Pirovard talabni qondiriladigan tovarlarni tayyorlash 
jarayoniga kiritilgan tugallangan mahsulotlarga bo‘lgan talab. Masalan, pokrishka va 
batareyalar avtomobillarning tarkibiga, elektr motorlar sovitgich va kompyuterlarning 
tarkibiga kiradi. 

 Yig‘ish.
Birgalik yaxlit tizim yoki majmuani tashkil qiladigan turli xil 
tovarlarga bo‘lgan talab. Masalan, radiatorlar boshqa mahsulotlar bilan birgalikda 
isitish tizimini tashkil qiladi. Xuddi shuningdek, jamoat transporti tizimi, masalan, 
metropoliten g‘oyatda ko‘p sonli turli-tuman tovarlarni o‘z ichiga oladi. 
Zanjirni tashkil qiluvchi ketma-ket talabga qo‘shimcha ravishda, talabning 
“ko‘ndalang” shakli ham mavjud bo‘lib, bu kapital asbob-uskunalarga, sarflanadigan 
materiallarga (yoqilg‘i, o‘rov, idora tovarlari va hokazolar) va xizmatlar (profilaktika 
va ta’mirlash, ishlab chiqarish va boshqaruvni ta’minlash, yuqori darajali xizmatlar) 
bo‘lgan talabdir. 
Shu tariqa, ishlab chiqarish zanjirining boshida turgan sanoat firmasi oxir-
oqibatda firma uchun talabni belgilovchi mustaqil talabning ketma-ketligiga duch 
keladi. U buyurtmachining ikki xil toifasi bilan: bevosita buyurtmachilar va 
buyurtmachilarning buyurtmachilari bilan ish ko‘radi. Firma faol marketingdan 
foydalanganda bevosita mijozlarning, oraliq (vositachi) mijozlarning va zanjir 
oxirdagi pirovard talabni ifodalovchi buyurtmachilarning talabini hisobga olishi 
lozim. 


52 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə