• Основные стратегические варианты


Z. Freyd ning  “Motivasiya nazariyasi” va  A. Maslou



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   169
Strategik marketing (1)

Z. Freyd
ning 
“Motivasiya nazariyasi” va 
A. Maslou
ning “Ehtiyojlar ierarxiyasi” nazariyalari 
mashhurdir. 
Z. Freydning fikricha, odamlar o‘z xulqlarini shakllantiradigan real ruhiy 
kuchlarni anglamaydilar. YOsh ulg‘aygan sayin mayllarning ko‘pi to‘la yo‘qolib 
ketmaydi, balki ongda saqlanib qoladi. SHu sababli, kishilar o‘z motivasiya 
manbalari jihatidan o‘zlariga oxiriga qadar hisobot bermaydilar. 
A. Maslou esa muhimligi darajasiga qarab inson ehtiyojlarini bir-biriga o‘zaro 
bo‘ysinish bosqichlari tartibini ishlab chiqadi. 
Bu tartib quyidagicha: 
-fiziologik ehtiyojlar (ochlik, tashnalik); 
-o‘z-o‘zini muhofaza qilish ehtiyojlari (xavfsizlik, himoyalanganlik); 
-ijtimoiy ehtiyojlar (ma’naviy yaqinlik, his-tuyg‘u, muhabbat); 
-hurmat izzatga ehtiyojlar (obro‘ darajasi, maqomi); 
-o‘z-o‘zini qaror toptirishga ehtiyojlar (o‘zini namoyon etish). 
Inson birinchi navbatda eng muhim ehtiyojlarini qondirishga intiladi, bu 
ehtiyojlar qondirilgandan keyin harakatlantiruvchi motivlar so‘nadi, so‘ngra qolgan 
ehtiyojlarni qondirish harakati yuzaga keladi (2.5-rasm.) 
A. Maslouning fikricha ehtiyojlarni ahamiyati bo‘yicha saralash mumkin: biz 
keyingi toifaga o‘tishdan avval asosiy ehtiyojlarni qondirishga urina boshlaymiz. 
Quyi tabaqadagi ehtiyojlarni qondirish yuksakroq ehtiyojlarga - xulq-atvor uchun 
motivator bo‘lib xizmat qilish va unga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Qondirilgan 
ehtiyojlar intensivligi susayib boradi va hali qondirilmagan yuksak ehtiyojlar 
intensivligi ortadi. Shaxs umumiy yashab qolish yoki hayot minimumini ta’minlash 
kabi maqsadlardan turmush tarzi yoki sifatiga taalluqli yuksakroq maqsadlarga 
o‘tganda uning rivojlanishiga bog‘liq ravishda ehtiyojlar tarkibining evolyusiyasi yuz 
beradi. 


44 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə