• Основные стратегические варианты


-rasm. Sanoat xaridori xarid jarayoniga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   169
Strategik marketing (1)

2.7-rasm. Sanoat xaridori xarid jarayoniga ta’sir etuvchi omillar 
Sanoat talabi va xususan kapital asbob-uskunalarga bo‘lgan talab keskin 
o‘zgarib turadi va pirovard talabda yuz beradigan eng kichik o‘zgarishlar ham bu 
talabga kuchli ta’sir qiladi. 
Sanoat talabi ko‘pincha, ayniqsa tovar hal qiluvchi komponent bo‘lganda, ya’ni 
aniq ixtisoslik asosida tayyorlanganda narxga nisbatan noelastik bo‘ladi. Tovar 
xaridorga zarurdir va uning o‘rnini bosadigan tovarlar ko‘p emas. 
Sanoat xaridori zanjirning har bir pog‘onasidagi kollegial tizimi bilan 
tavsiflanadi: bir necha individlar, hamda xarid markazi turli funksiyalarni bajaradi va 
turli rolni o‘ynaydi. 
Mijoz
- texnik saviyasi yuqori bo‘lgan professional xaridor; xarid haqidagi 
Sanoat haridori harid jarayoniga
ta’sir etuvchi omillar
Atrof muhit
Tashkilotning o’ziga xos hususiyatlari
Shaxslararo munosabatlar (harid markazi a’zolari)
Shaxsiy (harid markazi a’zolari uchun)


50 
qaror iste’mol xaridlariga xos bo‘lmagan rasmiylashtirish bosqichlarini ko‘zda tutadi.
Sanoat tovarining tavsifnomalari, odatda mijozlar izlanayotgan tovarni aniq 
tasavvur qiladilar, talablar aniq qo‘yilgan bo‘ladi, tovar etkazib beruvchining 
imkoniyatlari esa cheklangan bo‘ladi. Sanoat tovarlari sanoat xaridorining ishlab 
chiqarish jarayoniga kiritilgan bo‘lib, shu sababdan strategik ahamiyat kasb etadi. 
2.8-rasm.
Sanoat xaridori “Xarid markazi” tarkibi
Sanoat tovarlari ko‘pincha turli maqsadlarda qo‘llaniladi, ular shu jihati bilan 
har doim maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan iste’mol tovarlaridan farq qiladi. 
Sanoat marketingining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, sanoat talabi 
tushunchasi “sanoat zanjiri” tushunchasiga bog‘liqdir. Sanoat zanjiri ishlab 
chiqarishning barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi, bu bosqichlar xom-ashyo 
materiallari iste’molchining pirovard talabini qondirishga etkaziladi. Har bir firma 
uchun tarmoqlar ierarxiyasi mavjud bo‘lib, ular firma uchun yo mijoz va yoki etkazib 
beruvchi bo‘ladilar. Sanoat buyurtmachisining strategik kuchi birinchi navbatda o‘zi 
a’zo bo‘lib turgan zanjirdagi pirovard bozorni oldindan bilish va uni nazorat qila 
olish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
O‘z-o‘zidan tushunarliki, talab zanjiri bir qator hollarda bundan ko‘ra uzunroq 
va murakkabroq bo‘lishi mumkin. Ushbu ro‘yxat to‘liq bo‘lmasa-da, 
quyidagi 
xususiyatlarni qayd etib o‘tish mumkin: 
Sanoat 
haridori
“Harid 
markazi” 
tarkibi
Tashabbuskor
Ta'sir 
o'tkazuvchi
Qaror 
qabul 
qiluvchi
Xaridor
Foydalanuvchi
Tartibga 
kelturuvchi


51 


Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə