• Основные стратегические варианты


-rasm. Vundt egri chiziqi



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   169
Strategik marketing (1)

2.1-rasm. Vundt egri chiziqi
1
 
Tovarlarning qiyosiy tavsifnomalari tufayli vujudga kelgan rag‘batlantirish 
tovarlar siyosatini ishlab chiqish, segmentlash va pozitsiyalash, kommunikasiya va 
siljtish kabi katta qismi bu kutilayotgan ehtiyojlarning qondirilishiga qaratilgandir. 
Yaxshimi, yomonmi, har qalay tovarlar asab tizimiga stimullar sifatida ta’sir qiladi va 
bu o‘yinchoqlarning bolalarga ko‘rsatadigan ta’sirini eslatadi. Ma’lum bir 
o‘yinchoqlarning yo‘qligi bolaning aqliy rivojlanishida turg‘unlikka olib keladi. 


39 
Shunga, o‘xshash iste’mol jamiyati beradigan stimullardan mahrum bo‘lgan katta 
yoshdagi kishi ham zerikish, diqqinafaslik va yolg‘izlikdan iztirob chekadi. 
“Ko‘pchilik yangi mashina sotib olganda o‘zini yoshroq his qiladi va o‘z 
mashinasining eskirishini o‘zi yoshiga bog‘liqdek his qiladi. SHu tariqa mashina 
sotib olish jismoniy yangilanish o‘rniga ramziy o‘lchov kasb etadi”.
Binobarin, 
organizm havo va ozuqaga muhtoj bo‘lganidek, stimullar va turli hissiyotlarning 
doimiy oqimiga ham muhtojdir. Insonlar ehtiyojlarga ehtiyoj sezadilar. Bu asosiy 
motivasiya tanglikni yumshatish motivasiyasi bilan bir qatorda inson xulq-atvorining 
butun rang-barangligini izohlaydi, bu esa iqtisodchilarning qarashlariga kuchli putur 
etkazadi. “Yangilikni qidirish” nazariyasi o‘z turmush tarziga o‘zgarish va yangilik 
olib kirayotgan iste’molchilarning xulq-atvorini izohlaydi.
Iste’molchilar farovonligining determinantlari
. Eksperimental psixologiyaning 
inson motivasiyasini o‘rganishga qo‘shgan asosiy hissasini sharhlash oxir-oqibatda 
ehtiyoj tushunchasini yanada kengroq tushunishga olib keladi. Biz iqtisodchilarning 
qarashlaridan boshladik, ular uchun ehtiyoj asosan xaridorlarning xulq-atvorida aks 
etuvchi “etishmaslik holati” bo‘lib, bu holat mazkur tanqislik holatining zamirida 
yotuvchi motivasiya tabiatini hech qanday izohlamaydi. Motivasiya nazariyasining 
yo‘qligi iqtisodchilarni ularning dastlabki taxminlaridek qiymatga ega bo‘lgan va 
haqiqatda kuzatilayotgan xulq-atvorga jiddiy aloqasi bo‘lmagan me’yoriy tavsiyalarni 
ifodalashga olib keladi.
Psixologlarning 
tadqiqotlari 
motivasiyaning 
umumiy 
yo‘nalishlarini 
belgilashga imkon beradi, bu yo‘nalishlar shaxsning umumiy farovonligini 
izohlashga imkon beruvchi omillar bo‘lib, ular xulq-atvorlarning butun boshli 
yig‘indisini izohlay oladi. Bu determinantlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: komfort, 
lazzatlanish va rag‘batlantirish. 2.2-rasmda, bir tomondan, uch determinantlar 
o‘rtasidagi munosabatlarning diagrammalari, ikkinchi tomondan, ularning shaxsning 
farovonligiga bog‘liqligi chizmasi tasvirlangan. 
Komfortni izlashdan maqsad - tanqislikni bartaraf etish va shu bilan salbiy 
ne’matlarni ta’minlashdir; rohatlanish va rag‘batlantirishning maqsadi esa ijobiy 
ne’matni tanlashdir. 


40 
O`ziga xos 
qoniqmaslik
(faollik o`ta yuqori) 
Taqsimlangan noqulaylik 
(faollik uta sust) 
Tanglikning yumshashi 
Zеrikishga qarshi kurash 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə