• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   169
Strategik marketing (1)

 
Ehtiyojlar
klassifikasiyasi
Sub’ekt bo’yicha
Abstraktlik darajasi
bo’yicha
Ob’ekt bo’yicha
Dolzarbligining doimiyligi
bo’yicha
Ishlab chiqarish
jarayoniga
munosabat bo’yicha
Moddiy
Ma’naviy
Shaxsiy
Ijtimoiy
Abstarkt
Aniq
Iqtisodiy
Noiqtisodiy
Birlamchi ehtiyoj
Ikkilamchi ehtiyoj
Alohida ehtiyoj
2.1-rasm. Ehtiyojlar klassifikasiyasi 
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, ehtiyojlarini ob’ekti, sub’ekti dolzarbligining 
doimiyligi, ishlab chiqarish jarayonida munosabati va abstraktlik darajasi bo‘yicha 
turlarga ajratish mumkin. 
Mutlaq va nisbiy ehtiyojlar.
Ehtiyoj so‘zining lug‘aviy ma’nosi tabiiy yoki 
ijtimoiy hayot taqozosidir. Ta’rifda ikki ehtiyoj ajratib ko‘rsatiladi. Dastlabki azaliy 
ehtiyojlar (tabiiy, tug‘ma yoki organizmga xos bo‘lgan ehtiyojlar) va orttirilgan
keyin paydo bo‘lgan ehtiyojlar (madaniy va ijtimoiy ehtiyojlar) bo‘lib, ular tajriba, 


35 
atrof-muhit va jamiyatning taraqqiyot darajasiga bog‘liqdir. 
Keyns
ning mutlaq va nisbiy ehiyojlar o‘rtasidagi farqi ham shunga o‘xshab 
ketadi. Uning fikricha 
“mutlaq ehiyojlarning ma’nosi shuki, biz ularni boshqa 
kishilar bilan qanday ahvolda ekanligidan qat’iy nazar xis qilamiz, nisbiy 
ehtiyojlarning ma’nosi shuki, bunday ehtiyojlar qondirilganda o‘zimizning 
boshqalardan ustundek sezamiz”
. Mutlaq ehtiyojlarni to‘yintirish mumkin, nisbiy 
ehtiyojlarni esa to‘yintirib bo‘lmaydi. Nisbiy ehtiyojlarning to‘yintirishning mumkin 
emasligiga sabab shuki, ularning umumiy darajasi yuksalgan sari bu darajadan ham 
yuqori ko‘tarilish istagi kuchayib boraveradi. Bunday sharoitlarda nisbiy ehtiyojlarni 
qondirish maqsadidagi ishlab chiqarish ularni rivojlantirish bilan bir xildirdir. Mana 
shuning uchun ham turmush darajasi mutlaq yuksalgan kishilar o‘zlari doim xavas 
bilan qaragan kishilarning o‘zlaridan ko‘ra yaxshiroq yashay boshlaganini ko‘rsalar, 
o‘zlarini yomon xis qiladilar, ya’ni 
Kotta
yozganidek 
“ba’zilar uchun zeb - ziynat va 
hasham hisoblangan narsalar birovlar uchun zaruratga aylanadi”
. Voqelik bilan 
istak xohishlar o‘rtasidagi masofa qoniqmaslik darajasi kuchaygan sari o‘zgarib 
boradi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə