• Основные стратегические варианты


-rasm. Marketing strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasi



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   169
Strategik marketing (1)

11.3-rasm. Marketing strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasi. 
Strategik rejalashtirishning ahamiyatini yuqori qo‘shimcha jihatlar belgilab 
beradi: 
-reja qiymatlar tizimini, firma oliy rahbariyatining qarashlarini, uning 
kelgusidagi mo‘ljallarini ifodalaydi, bu esa firma xodimlarini kerakli tomonga 
yo‘naltirishga yordam beradi; 
-reja dastlabki vaziyatni va muhitdan kelib chiquvchi cheklashlarni hamda 
uning evolyusiyasini izohlab beradi. Bu rejalashtirilayotgan natijalarning firma 
rahbariyati uchun yanada tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi; 
-reja muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib, u maqsadlarning bir-biriga muvofiq 
bo‘lishini ta’minlaydi va ziddiyat yoki qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan paytda 
ob’ektiv mezonlar asosida kelishuvga erishishni osonlashtiradi; 
-reja firma faoliyatini kuzatib borishni osonlashtiradi va maqsadlar va natijalar 
o‘rtasidagi tafovutlarni ob’ektiv talqin etishga imkon beradi; 
-reja firmaning kutilmagan o‘zgarishlarga tayyorlik darajasini oshiradi, ammo 
buning uchun mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar rejalashtirish bosqichida tahlil qilingan 
bo‘lishi kerak; 


198 
-reja firmani me’yorlar, budjet va grafiklarga asoslagan holda qat’iy 
boshqarishga imkon beradi. 
Ko‘pincha strategik rejaga firma uchun hayotiy muhim bo‘lgan omillarga 
qaratilgan «favqulodda vaziyatlar rejasi» qo‘shimcha qilinadi. 
 
11.2. Marketingni strategik rejalashtirish jarayonining mazmuni 
Bu bo‘limda biz strategik rejalashtirishning har bir bosqichini hamda strategik 
tavsiyalarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz. 
Strategik missiyaning bayoni
. Bu erda gap eng asosiy hujjat haqida 
bormoqda. Bu hujjatda firma o‘z faoliyat sohasini, o‘z asosiy bozorini, o‘zining 
iqtisodiy va noiqtisodiy ko‘rsatkichlarga nisbatan tamoyillarini belgilaydi va o‘zining 
qadriyatlar tizimini e’lon qiladi. Bu hujjat firma faoliyatining ham ichki, ham tashqi 
tomonlari uchun teng darajada muhimdir. Firmaning o‘zida ushbu hujjat xodimlarga 
firmaning maqsadlarini tushunishga va firma madaniyatini mustahkamlovchi yagona 
pozitsiyani ishlab chiqishga yordam beradi. Tashqi sohada u firmaning yaxlit 
qiyofasini yaratishga imkon beradi hamda firmaning jamiyatda qanday iqtisodiy va 
ijtimoiy rol o‘ynashga intilayotganligini va o‘zining mijozlar, sotuvchilar, 
xizmatchilar, akssionerlar va umuman jamiyat tomonidan qanday kutib olinishini 
istayotganligini izohlaydi. 
Firma missiyasining ta’rifi quyidagi to‘rtta majburiy elementni o‘z ichiga olishi 
shart: 
1. Firma tarixi; 
2. Faoliyat sohasini aniqlash; 
3. Ustuvor maqsadlari va cheklanishlari; 
4. Asosiy strategik variantlari. 
Strategik missiyani shakillantirish jarayonida e’tiborga olinadigan omillar 
quyidagi rasmda ko‘rsatilgan. 


199 
Mijozlar 
Firmaning mijozlari kimlar? 
Tovarlar / xizmatlar 
Qanday tovarlar taklif qilinmoqda? 
Joylashish 
Firma raqobatli kurashni qaerda olib bormoqda? 
Texnologiya 
Firmaning asosiy texnologiyasi qanday? 
YAshash uchun kurash 
muammolari 
Firma qanday iqtisodiy maqsadni ko‘zlamoqda? 
Falsafa 
Qanday asosiy g‘oyalar, qadriyatlar va ustuvor maqsadlar bor? 
O‘zi haqidagi tasavvur Qanday farq qiluvchi sifatlar, raqobatli ustunliklar bor? 
Kerakli imidj 
Firma qanday imidjga erishishga intilmoqda va u jamiyat oldida 
o‘z zimmasiga qanday mas’uliyatni olmoqda? 
Ijtimoiy mas’uliyat 
Firmaning o‘z xodimlariga nisbatan pozitsiyasi qanday? 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə