• Основные стратегические варианты


- rasm. Firmaning strategik missiyasini ishlab chiqishda hisobga



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   169
Strategik marketing (1)

 
11.4- rasm. Firmaning strategik missiyasini ishlab chiqishda hisobga 
olinadigan omillar 
Asosiy strategik variantlar. Rahbariyat tomonidan belgilab berilgan keng 
ko‘lamli maqsadlarga qo‘shimcha ravishda firmaning istak-xohishlarini, ya’ni uning 
asosiy bozordagi umumiy siyosatini va u erda egallamoqchi bo‘lgan mavqeini 
aniqlab olish ham foydalidir. Gap yuqorida ko‘rib o‘tilgan raqobatli strategiyalar 
haqida, masalan, peshqadam firmaning strategiyalari haqida bormoqda. Tabiiyki, bu 
maqsadlar mavjud vositalargayarasha bo‘lishi va bundan kelib chiqadigan 
pozitsiyalarga mos kelishi lozim. 
Hayotiy bir misolni ko‘rib chiqaylik. X kompaniyasi eng kuchli beshta 
texnologik jihatdan peshqadam firmalar qatoriga kirmoqchi, bu firmalar saqlash qiyiq 
bo‘lgan moddalar (aerozollar, maxsus ichimliklar, kimyoviy reagentlar va hokazo) 
uchun maxsus qattiq idishlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Maqsad: har bir 
mahalliy bozorda 20 % dan 40 % gacha bo‘lgan ulushga erishish. Firmaning o‘sishi 
uncha katta bo‘lmagan markazlashtirilmagan zavodlar yordamida ta’minlanadi, bu 
zavodlar tovarlarni kam transport xarajatlari bilan tezkor tashish mumkin bo‘lgan 
tarzda joylashtirilgan. 
Strategik maqsadlarni ifodalashda avvalgi boblarda aytib o‘tilgan asosiy 
strategiyalarni (xarajatlarni tejash hisobiga ustunlikka erishish, differensiasiya yoki 
konsentrasiya) hamda raqobatli ustunlikning tanlangan variantini ham e’tiborga olish 
lozim. Rejalashtirishning bu bosqichida gap faqat har bir biznes birligi uchun ishlab 


200 
chiqarilgan harakat dasturlarida miqdoriy atamalarga aylantiriladigan umumiy 
yo‘nalish haqida bormaydi. 
Tashqi omillar tahlilida muhitni jalb etuvchanligi muhim o‘rin egallaydi. Bozor 
imkoniyatlari tahlili vazifasini amalga oshirish uchun tovarlarning hayotiylik davrini 
o‘rnatish va bular asosida bozor sig‘imiga miqdoriy baho berish kerak. 
Global bozor evolyusiyasi imkoniyatlari quyidagi savollarga javob topadi: 
1.
Global bozor sig‘imi qanday? 
2.
Qanday o‘rin imkoniyatlariga ega (o‘sish, to‘xtab qolish, inqiroz)? 
3.
Mijozning, oilaning, aholining jon boshiga iste’moli qanaqa? 
4.
Firmaning ta’minlanish darajasi qanday? 
5.
Tovar xizmatining o‘rtacha muddati qanday? 
6.
Qanday reklama vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq? 
7.
Sotish tizmining tuzilishi qanday va hokazolar. 
Bundan tashqari xaridorlarning xulq-atvori tahlil qilinadi. Bunda quyidagi 
savollarga javoblar izlanadi: xarid haqida qaror qabul qiluvchi markaz tuzilishi 
qanday? kim xaridor, foydalanuvchi, qaror qabul qiluvchi shaxs, maslahatchi 
hisoblanadi? xarid haqida qaror qabul qilish jarayoni qanday? qondirilganlik va 
qondirilmaganlikning 
sabablari 
nimada? 
marketingning 
qanday 
omillariga 
xaridorlarning e’tibori ko‘proq? 
Sotishning tuzilish tahlili esa iste’mol tovarlari bozori uchun muhim bosqich 
hisoblanadi. Raqobatchilar tuzilishi tahlil qilinib, firma o‘zining o‘sish maqsadiga va 
rentabelligiga erishish lozim bo‘lgan sohada tahlil olib boriladi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchilar bor yo‘qligi, 3-5 yirik raqobatchilar qanday 
bozor ulushiga ega ekanligi, raqobatchilar markasi qanchalik kuchliligi, yangi 
raqobatchilarni bozorga kirish uchun qanday to‘siqlar mavjudligi, qanday tovarlar 
o‘rinbosar tovarlar hisoblanadi, kabi savollar raqobatchilar tuzilishining tahliliga 
yordam beradi. 
Ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy muhitlar tahlilida bozor rivojini ta’sir etuvchi 
makroiqtisodiy omillar: demografik, iqtisodiy, texnologik, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, 
madaniy va ekologik omillar hisobga olinadi. 


201 
Strategik rejalashtirish jarayonida raqobatdoshlik tahlili, firmaning kuchli va 
kuchsiz tomonlari, firma uchun bozor mavqei tahlili, obro‘li raqobatchilar tahlili, 
sotish tizimiga yorib kirish tahlili, shuningdek kommunikasiya dasturi tahlil qilinadi.

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə