• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   169
Strategik marketing (1)

 
 
1.4-rasm. Marketing - ITTKI - ishlab chiqarish zanjiri


31 
Marketing konsepsiyasiga rioya qiladigan firmalarda marketing direksiyasi 
mavjud bo‘lib, uning funksiyalari strategik va operasion marketingni, shu jumladan 
bozorlarni tanlash kabi vazifalarni hal qilishni o‘z ichiga oladi. 
Tez o‘zgaruvchan bozor sharoitida uzoq muddatli marketing faoliyatiga oid 
bo‘lgan qarorlar qabul qilish etakchi o‘rinda turadi. Bu marketing xarajatlari kapital 
xarajat sifatida va uzoq muddatda o‘z samarasini berayotgan vaqtda bozorga 
yondashuv global yondashuv zaruratidan kelib chiqadi. 
Eng muhimi, korxona maqsadli bozorning vujudga kelgan tarkibi sharoitida 
korxona uchun ham, iste’molchi uchun ham sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish 
xarajatlarining bir texnologiyasini ishlab chiqarishdir. Iste’molchi mahsulotni sotib 
olish va foydalanishda to‘liq xarajatlar qiymatini bilishi zarur bo‘lsa, korxona uzoq 
muddatga mo‘ljallangan marketing xarajatini to‘liq o‘z-o‘zini qoplashini bilishi zarur. 
 
Marketing strategiyasini tashkil qiluvchi qaror qabul qilishning maqsadi - 
iste’mol talabiga ta’sir qilishdir. Uning vositalari esa tovarning sifati va assortimenti, 
baholar, ustama va chegirmalar, xizmatlar to‘plamlari, etkazib berish tizimi va 
boshqalardir. 
Yangi tovarlar ishlab chiqarishga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri, ularni 
ekologiyaga, atrof-muhitga va inson salomatligiga ziyon etkazmaydigan bo‘lishidir. 
Bunday tovarlar ishlab chiqarish yuzasidan butun dunyoda marketing tadqiqotlari 
olib boriladi. Rivojlangan mamlakatlarda bu tadqiqotlar katta kompaniyalar
korporasiyalar va firmalar homiyligida o‘tkaziladi va ularning natijalari korxonalar 
tomonidan qo‘llaniladi. Ilmiy izlanishlar ham katta mehnat unumdorligini oshirishga 
xizmat qilsa, jamiyat va alohida iste’molchilarning talablariga har tomonlama javob 
beradigan tovarlar miqdori va sifatini oshiradi. 
Marketing ham butun bozor iqtisodiyoti kabi har bir aniq sharoit, har bir firma, 
har bir mahsulot turi yoki xizmat sohasiga alohida yondashishni, ijodiy izlanishni 
talab qiladi. 
Mamlakatimizda vujudga kelgan iqtisodiy, ma’naviy, ekologik vaziyatni 
hisobga oladigan bo‘lsak, yurtimizni kelajakda farovon, xalqimizni tinch va sog‘lom 
bo‘lishini istasak, har qanday darajadagi marketing faoliyati faqat foyda va talabni 


32 
qondirish emas, balki inson, jamiyat va tabiatning sog‘lig‘ini ham hisobga olish shart. 
SHunday ekan, ijtimoiy-axloqiy marketingni shakllantirishni tezlashtirish, bozor 
iqtisodiyotiga o‘ta borgan sari uni yuksakroq pog‘onaga ko‘tarib borish - 
mamlakatimizning hozirgi va kelajagi uchun obektiv zaruratdir. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə