Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə39/109
tarix23.12.2023
ölçüsü3,87 Mb.
#157473
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

1.2.Autekologiya tushunchasi
O‘z vaqtida E.Gekkel qayd qilib o‘tganidek, ekologiya faqat o‘simlik va xayvonarni emas, balki bubun tirik organizmlarni, ularning o‘lib ketgan ajdodlarini bir xil darajada o‘rganadi.
Ekologiya bo‘limlarning umumiy vazifalari va yo‘nalishlari birlashgan. Lekin o‘simliklar, sanoat yoki insonlar ekologiyasi kabi yo‘nalishlarning xar birini o‘ziga xos tadqiqot usullari bor. Masalan, o‘simlikning ekologiyasi abiotik omillarning ayrim o‘simlik turlariga yoki tur vakillariga ta’sirini aniqlaydi. O‘simlikning va ular birikmalarining bir-birlari bilan munosabatlarini fitotsenologiya o‘rgansa, xayvonlar va o‘simliklar guruxlari ichidagi aloqalarini biotsenologiya o‘rganadi.
O‘simliklar tabiiy muxit va xar xil turlarning birligi darajasida o‘rganiladi. Sun’iy senozlarni (bug‘doyzor, sholipoya, paxtazor, jo‘xorizor va xokazo) muxitda, aslosan bir tur vakillari xosil qiladi. Ularning populyasiyalari bir, ko‘p va xar xil guruxlarni xosil qiluvchi o‘simliklar asosida chuqur o‘rganiladi.
Xayvonlar ekologiyasi - tashqi muxit omillarining ayrim individiumlariga va ularning populyasiyalariga ta’sirini o‘rganadi. SHuning uchun ham populyasiya xavonlar misolida yaxshi ishlab chiqilgan.
O‘simlik va xayvonlar xaqidagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, tirik organizmlarning bir-birlari va muxit bilan aloqalari, murakkab xar xil va o‘ziga xosligini ekologiyaning o‘simliklar va xayvonlar ekologiyasiga bo‘linishiga sabab bo‘ladi, ya’ni tabiatning xar bir ob’ekti mustaqil fanlar tomonidan o‘rganilsa-da, ular o‘rtasidagi aloqa juda kuchlidir.
Ayrim xollarda ekologiyaning bu ikki mustaqil bo‘limini birlashtirmoqchi xam bo‘lganlar (YU.Odum, L.G.Ramenskiy, B.G.Ioganze, G.A.Novinkov, S.S.SHvars). V.N.Sukachev tomonidan ishlab chiqilgan biogeotsenoz, keyinchalik biogeotsenologiya ta’limoti - o‘simliklar va xavonlar birikmalarini to‘plam xolida o‘rganish nazariyasi katta axamiyatga ega bo‘ladi. YU.Odum ekologiyani turlar populyasiya ekologiyasi, senozlar ekologiyasi, ekosistema ekologiyasi kab qisimlarga bo‘ladi.
Xozirda ekologiyaning bo‘limlari, ularning ma’nosi, vazifalari va o‘rganish ob’ektlari quyidagicha:
1. Auekologiya (yunoncha autos - o‘zim, logiya - ta’lim) - tur vakillarining yashash sharoiti, bir-birlari xamda ularni o‘rab turgan atorf-muxit balan munosabatlarini o‘rganadi, shuningdek turning turg‘unligini, uning turli ekologik ommillar ta’sirida moslashnshini, muxitning organizmning morfologik, fiziologik va xulqiy o‘zgarishlariga sabab bulishini aniqlaydi.
Autekologiya o‘zining rivojlanishida ekologik taqqoslash, ekologo-morfologik, fiziologik usullardan keng foydalaniladi. Organizmning atrof-muxit ta’siriga reaksiyasi va o‘zgarishiga oid ilmiy materiallarni solishtiradi. Natijada organizmlarning fasllar, yil va kup yillar davomida bo‘lib o‘tadigan o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlaydi, organizmga ta’sir qiladigan tabiiy va sun’iy (antropogen) omillarning salbiy va ijobiy moxiyatini o‘rgatadigan ilmiy materiallarni tasnif kilish natijasida qator ekologik qonunlarni ochadi (Libixning minimum qonuni, SHelfordning ekologik tolerantlik qonuni, Lundogard-Poletaev qonunlari).
2. Demekologiya (yunoncha demos - xalk,) - tur vakillari xosil qiladigan
tabiiy populyasiyalarning xosil bo‘lish shartlarini, ularning guruxlari ichki tuzilishini, son va sifatini, bir-birlari va muxit o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi. Fransuz ekologi R. Dajo demekologiyani populyasiya dinamikasi nomi bilan ishlatadi.
3. Eydekologiya - turlar ekologiyasi - turni ekologik jixatdan chuqur o‘rganadi, uni jonli tabiatning tashkil bo‘lishidagi yuqori rivojlanish darajasi va biologik mikrosistemalarni tashkil kiluvchi deb qaraydi.
Ekologiyaning rivojlanish jarayonida ilm tadqiqotchilari tur vakillari - populyasiyani o‘rganish asosida biosferani o‘rganishga o‘tdilar. Ekologiyaning bu bo‘limida tur ekologiyasini o‘rganish shartdir.
Tirik organizmlarning tabiiy integratsion birlashuvi asosida: tur vakillari — vakillar guruxi — populyasiya — populyasiyalar guruxi — tur — turlar guruxi — senozlar — biotsenozlar — byogeonozlar (ekosistemalar) biosferalar yotadi.
Tirik tabiatning ob’ektiv integratsion tuzilishi ikki tizimda ya’ni 1) turlar xosil qiluvchi tizim va 2) biogeotsenotik tizim asosida bo‘lishi kerak. CHunki, xar qanday tur vakili (organizm) va uning populyasiyasi ob’ektiv turning aniq vakili bo‘lib, u yoki bu biotsenozalar tarkibiga kiradi va ularning xosil bo‘lishida qatnashadi.
4. Sinekologiya (grekcha syn - birlikda) - turli organizmlar xosil qiladigan birlik ekologiyasi, turli organizmlar, turli mikroorganizmlar, o‘simliklar, xayvonlar assotsiatsiyalari, biotsenozlar, ularning xosil bo‘lishi, rivojlanishi, tuzilishi, o‘zgarashi va maxsuldorligini o‘rganadi.
K.SHryoterning fikricha, sinekologiya xar xil guruxlar xosil qiluvchi xilma xil tur vakillarining bir-birlari va muxit o‘rtasidagi munosabatlarini o‘rganadi. Agar aut-dem - va eydekologiyalar asosida tur vakillarini va ma’lum tirik organizmlar guruxiga kiruvchi turlar o‘rganilsa, sinekologiya, o‘z navbatida aut -, dem - va eydekologiyaga asoslangan xolda murakkab kup turlardan tashkil topgan tabiiy komplekslarni, ularning ichki tuzilishlarini, rivojlanishini, son va sifat o‘zgarishlarini to‘la xolda, ichidagi katta va kichik birliklarini bir-birlari xamda muxit o‘rtasidagi munosabatlarini o‘rganish bilan bu bo‘lim ekologiyaning umumiy biologik xarakteriga ega bo‘lib koladi.
Sinekologiya statistik yullar bilan ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradi. Sinekologiya dinamik jixatdan (doimiy xarakatda, o‘zgarishda) -turli katta va kichik biologik guruxlarni o‘zgarib, almashib turishini, ular ichidagi farkni, ekosistemalar ichidagi ozuqaviy bog‘liqliklarni, sonlar piramidasini, organizmlar xosil qiladigan biomassa, maxsuldorlik va energiya oqimlarini o‘rganadi.
Ayrim xollarda xususiy ekologiya yunalishi xam yuzaga chiqib qoladi. Xususiy ekologiya - umumiy ekologik qonunlarni ayrim taksonomik birliklar darajasida, ekosistema ichidagi kenja sistemalarning yashash joylarini, doimiy xarakati va o‘zgarishini, yashash sharoitlarining xillarini (suv, xavo, er) - biotoplarni, ekosistemadagi ularning komponentlari moxiyatini o‘rganadi.
SHunday qilib ekologiya - tabiatda xosil bo‘lgan bir butun biologik birliklarni o‘rganadi, shu birliklarning guruxlariga, a’zolariga o‘ziga xos maxsus usullar bilan yondoshadi. CHunki tabiatdagi xar xil tabiiy voqelik, xolat maxsus yondoshishlarni, yangi ekologik usullarni talab kiladi. Tabiatning ekologik xolati ustida tajriba o‘tkazib bo‘lmaydi, chunki bunday xol juda xam kuzatilmagan va boshqarib bulmaydigan sanoqsiz ofatlarga olib kelishi mumkin (masalan: atom bombalarining Semipalatinskdagi sinovlari, atom bombasini Xirosima, Nagasakida qo‘llash, CHernobil AES ining portlashi).
Ekologiya va uning yaqin bo‘limlaridan turli biologik va boshqa fanlarning yutuqlaridan, materiallaridan extiyotkorlik bilan foydalanish kerak, aks xolda xaqiqiy ekologik voqeliklar, xolatlar buzilib, ekologiyada “begona” fikrlar chalkashib yurishi mumkin.
Ekologiyaning maqsadi - ma’lum vaqtda va ma’lum joyda qancha organizm yashaydi, ularni qachon va qaysi erda va nima uchun uchratish, topish mumkin degan savolga javob berishdan iborat. Bu esa insonning biologik tayanchi bo‘lib, u yashab turgan muhitni saqlash chora tadbirlarini ishlab chiqishga asos bo‘ladi. SHuning uchun ham ekologik ta’limsiz va mustahkam ekologik bilimga ega bo‘lmasdan turib, atrof-muhit muhofazasi muammolarini hal qilib bo‘lmaydi.



Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə