1 “ а ” sinf rahbari Boboyev Akramning 2023-2024-o‘quv yili uchun


d) o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yo‘nalishida



Yüklə 4,21 Mb.
səhifə4/22
tarix19.12.2023
ölçüsü4,21 Mb.
#150414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
10-maktab sinf rahbar ish rejasi

d) o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yo‘nalishida:
- o‘quvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlariga qarab fan to‘garaklari, sport seksiyalari, badiiy-estetik, texnik, ekologik, sayyohlik va o‘lkashunoslik yo‘nalishidagi to‘garaklarga, klublarga jalb qilish;
- qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarni rag‘batlantirish, ularning ijodiy imkoni-yatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
- milliy madaniyatning asosi bo‘lgan musiqa va qo‘shiq, kino, adabiyot, xalq og‘zaki ijodi, teatr, naqqoshlik va me’morchilik kabi xalq amaliy san’ati turlari vositasida o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytirish maqsadida ularni madaniyat maskanlariga ota-onalar bilan hamkorlikda jalb etish;
- o‘quvchilarni yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, kuzgi, qishki va bahorgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishi uchun ota-onalar bilan hamkorlikda sharoit yaratish;
- turli (bayramlar, ko‘rik-tanlov, sport musobaqalari, uchrashuvlar, kechalar va boshqalar) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda sinf o‘quvchilarining faol ishtirokini ta’minlash;
e) o‘quvchilarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirish yo‘nali-shida:
- sinf jamoasi bilan birgalikda sinf sardorlarini saylash va sinf ishlarini rejalashtirish, o‘quvchilar davomatini muntazam kuzatib borish va tahlil qilish;
- o‘quvchilarni tabiatga muhabbat, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va asrab-avaylashga hamda tozalikka o‘rgatish, ekologik savodxonligini oshirish, ularda mehnatsevarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida sinf jamoasi bilan kelishgan holda «Sinfxonasi navbatchilari” reja-grafigini tuzib olish;
- sinf o‘quvchilarining ehtiyoj va qiziqishlarini har tomonlama o‘rganish, ularni ahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash;
- har bir o‘quvchining o‘zi uchun kun tartibini tuzishlarini tashkil etish va uning bajarilishini ota-onalar hamkorligida nazorat qilish;
- o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, har bir fuqaro, shaxs va muassasalar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan qonun hujjatlari, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida tushunchalar berib borish, qonunga hurmat hissini shakllantirish;

Yüklə 4,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə