1 “ а ” sinf rahbari Boboyev Akramning 2023-2024-o‘quv yili uchun


f) pedagogik jamoa bilan birgalikda



Yüklə 4,21 Mb.
səhifə5/22
tarix19.12.2023
ölçüsü4,21 Mb.
#150414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
10-maktab sinf rahbar ish rejasi

f) pedagogik jamoa bilan birgalikda:
- sinf o‘quvchilarning ta’lim muassasasi (ustavida belgilangan) ichki tartib va odob-axloq qoidalarini bajarishlarini ta’minlash;
- kundalik.com elektron platformasi va boshqa hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash;
- o‘quvchilar o‘zlashtirishini yuqori darajaga ko‘tarish, tartib-intizomni mustah-kamlash maqsadida sinf majlislarini o‘tkazib borish;
- o‘qishda yutuqlarga erishgan, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol o‘quvchilarni taqdirlash, ularning ota-onasiga tashakkur-noma, minnatdorchilik xatlari yuborish bo‘yicha taklif berish;
- sog‘lom turmush tarzi, oilaviy hayot gigiyenasi hamda jismoniy tarbiya, zararli odatlardan saqlanish kabi masalalarga e’tibor berish;
- o‘quvchilarning past o‘zlashtirish sabablarini aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha tegishli fan o‘qituvchilari, maktab psixologi bilan birgalikda yordam berish;
- ta’lim muassasasi tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilari, psixolog va ota-onalar bilan hamkorlikda o‘quvchilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanishini nazorat qilish;
- o‘quvchilarning ta’lim muassasasida texnika xavfsizligi, ulami muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena qoidalari va me’yoriy talablariga rioya qilishini ta’minlash; kasbiy malakasini oshirib borish, yo‘nalishi bo‘yicha turli seminarlarda ishtirok etish.
Sinf rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
6. Sinf rahbarlari zimmasiga mazkur yo‘riqnoma va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan vazifalarni yuklash, ularni ish vaqtidan tashqari, faoliyatiga oid bo‘lmagan yig‘ilishlarga va boshqa tadbirlargajalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Ta’lim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi paytdagi o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning ota-onalari javobgar hisoblanadi.
Bunday holatlarda sinf rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Yüklə 4,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə