1 “ а ” sinf rahbari Boboyev Akramning 2023-2024-o‘quv yili uchun


-bob. Sinf rahbarlarining huquq va majburiyatlari



Yüklə 4,21 Mb.
səhifə6/22
tarix19.12.2023
ölçüsü4,21 Mb.
#150414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
10-maktab sinf rahbar ish rejasi

3-bob. Sinf rahbarlarining huquq va majburiyatlari


8. Sinf rahbarlari ushbu yo‘riqnomada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
- sinf o‘quvchilarining dars mashg‘ulotlari va imtihonlarida ishtirok etish;
- bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun qo‘shimcha darslar tashkil etish bo‘yi-cha ta’lim muassasasi rahbariyatiga taklif kiritish;
- o‘quvchilar tarbiyasiga oid ilg‘or ish tajribalarini amalga oshirish bo‘yicha ta’lim muassasasi rahbariyatiga tashabbus bilan chiqish;
- sinf faollari ishini nazorat qilish, ular bilan birgalikda yig‘ilish kun tartibini belgilash va sinf yig‘ilishlarini uyushtirish;
- o‘qishda yutuqlarga erishgan, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol o‘quvchilarni taqdirlashga tavsiya etish;
- sinf soatlarini rejalashtirishda o‘quvchilar yosh xususiyatlaridan kelib chiqib tanlangan mavzularga o‘zgartirishlar kiritish;
- sinf soatlari mavzularining ta’sirchanligini oshirish uchun maktab psixologi bilan yaqindan hamkorlik qilish, zarur holatlarda dars jarayoniga maktab psixologini taklif qilish;
- o‘quvchilarning ota-onalari bilan ta’lim-tarbiya masalalari yuzasidan suhbatla-shish, hamkorlik qilish, pedagogik maslahatlar berish;
- o‘quvchilar xulqini baholash;
- hamkorlikda olib boriladigan tadbirlarda muntazam qatnashmaydigan, farzandi tarbiyasiga e’tiborsiz ota-onalar bo‘yicha maktab kuzatuv kengashiga, «Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi” Jamoat kengashiga murojaat qilish.
Sinf rahbarlari o‘z vazifa va majburiyatlarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
9. Sinf rahbarlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
- sinf o‘quvchilarining davomatini nazorat qilish, sababsiz darsga kelmagan o‘quvchilarning ota-onalari bilan (telefon orqali) bog‘lanib, darsga kelmaganlik sabablarini o‘rganish, natijalari bo‘yicha maktab rahbariyatiga axborot (zarur hollarda yozma) kiritish;
- “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydala-nish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, ‘‘Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quv-chilarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” hamda “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” mazmun-mohiyatini va talablarini sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalariga yetkazish;
- o‘quvchining xulqi, xatti-harakatlarida o‘zgarishlar aniqlasa, ularning ota-onala-riga xabar berish, hamkorlikda ish olib borish, natijalari bo‘yicha maktab rahbariyatiga axborot (zarur hollarda yozma) kiritish;
- amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, farzand tarbiyasida ota-onaning mas’-uliyati, majburiyati va javobgarligi to‘g‘risida o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish;
- pedagogik jamoa, o‘quvchilar, ularning ota-onalari bilan muloqotda vazmin va xushmuomala bo‘lish; o‘zining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini oshirib borish.

Yüklə 4,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə