1 “ а ” sinf rahbari Boboyev Akramning 2023-2024-o‘quv yili uchun


a) o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishida



Yüklə 4,21 Mb.
səhifə3/22
tarix19.12.2023
ölçüsü4,21 Mb.
#150414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
10-maktab sinf rahbar ish rejasi

a) o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishida:
- o‘quvchilarni Vatani va xalqiga sadoqat, fidoyilik, Davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash;
- o‘quvchilar ongiga buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg‘ularini singdirish, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari, inshootlar va ma’rifat maskanlari bilan ularni tanishtirib borish;
- sinfda o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq me’yorlarini tatbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash;
- o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularni jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladigan shaxs sifatida shakllanishlari uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantirish;
- o‘quvchilarni o‘zbek va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy, milliy an’analariga hurmat ruhida tarbiyalashb;
b) ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik yo‘nalishida:
- barkamol avlodni tarbiyalashda ”Oila-mahalla-ta’lim muassasasi’ hamkorligi-dagi Jamoat kengashi faoliyatini keng tatbiq etish, aniq belgilangan reja asosida sinf ota-onalar majlislarini o‘tkazib borish;
- o‘quvchilarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, jumladan, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-ona qarovisiz qolgan, vasiylik va homiylikka berilgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy huquqlarini himoyalash;
- o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga belgilangan maktab formasida kelishlarini nazorat qilish; o‘quvchilar kundalik.com elektron platformasidan foydalanishini nazorat va tahlil qilish, o‘quv qurollarining mavjudligi va to‘g‘ri taflibli saqlashlarini kuzatib borish, natijalarini ota-onalar bilan muhokama qilish; o‘quvchilarning turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, ularda bu borada immunitet shakllanishi uchun targ‘ibot ishlarini olib borish;
- ota-onalar bilan hamkorlikda ota-onalar majlislari, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish, o‘tkazgan tarbiyaviy ishlari yuzasidan pedagogik kengashlarda hisobot berish;
- darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlashda ularning ota-onalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilish, natijalari bo‘yicha direktor huzuridagi yig‘ilishlarga ma’lumot kiritib borish;
- o‘quvchilarni ota-onalar va kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ruhida tarbiyalash, ularga kamtarlik, saxiylik va saxovatparvarlik, insonlarga yordam berish, mehribonlik, mehnatsevarlik xislatlarini singdirib borish.

Yüklə 4,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə