Ishchi hududning gorizontal kengligi bo‘yicha hamda ish smenasi davo-mida havo harortining
o‘zgarishlari yengil ishlarda 4ºS gacha, o‘rtacha og‘ir-likdagi ishlarda 5ºS gacha, og‘ir ishlarda 6ºS
gacha
bo‘lishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin, bunda smena davomida xonalarning turli qismlarida va har xil
balandlikda o‘lchangan havo haroratining mutlaq qiymatlari yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlarning
1-jadvalda ko‘rsatigan chegaralaridan chetga chiqmasligi kerak.
Atrofi o‘rab qo‘yilgan konstrutsiya va qurilmalar sirtining harora-tiga 2.5 va 2.6
bandlarda belgilangan
xonalar ish joylarini umumiy va mahalliy isitish va sovutish tizimlariga tarqatilmaydi.
2.6. Ishlovchilarning texnologik uskunalarning qizdirilgan sathi-dan, yoritish uskunalaridan doimiy va
doimiy bo‘lmagan ish joylaridagi insolyatsiyadan issiqlik ta’sirida nurlanishining
shiddati tana yuzasining
50% va undan ortiq qismi nurlanganda 35 Vt/m
2
dan, nurlangan yuza miqdori 25 % dan 50% gacha
bo‘lganda 70 Vt/m
2
dan, tana yuzasining 25% gacha nurlanganda 100 Vt/m
2
oshmasligi kerak.
Ishlovchilarning ochiq manbalar (qizdirilgan metall, shisha, «ochiq» alanga) dan issiqlik ta’sirida
nurlanishi shiddati tana yuzasining 25% gacha qismi nurlanganda 140 Vt/m
2
ortib ketmasligi hamda shaxsiy
himoya vositalari, jumladan yuz va ko‘zlarni himoyalash vositalaridan foydalanish shart qilib qo‘yilishi
lozim.
Bunda doimiy ish joylarida havoning harorati yilning issiq fasli uchun maqbul qiymatlarning 1-jadvalda
ko‘rsatilgan
yuqori chegaralardan, doimiy bo‘lmagan ish joylarida esa doimiy ish joylari uchun yo‘l
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yuqori chegaralardan ortib ketmasligi kerak.
2.7. Mikroiqlimning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me’yoriy miqdor-larini belgilash ishlab chiqarish
jarayoniga texnologik talablar, ularni ta’minlashning texnologik jihatdan iloji bo‘lmaganligi yoki maqsadga
muvofiq emasligi iqtisodiy asoslanganligi tufayli imkoni bo‘lmagan ishlab chiqarish xonalarida
ishlovchilarni yuz berishi mumkin bo‘lgan qizib ketish va sovuqqotishdan himoyalash uchun tadbirlar:
havoni
mahalliy sovu-tish, havo dushlari, dam olish va isinish xonalari, yuqori
yoki past harorat-dan
himoyalash uchun maxsus kiyimlar, shaxsiy himoya vositalari, ish va dam
olish vaqtini reglamentlash
kabilar ko‘zda tutilishi lozim. Issiqlikdan shikastlanishning oldini olish maqsadida to‘sib turuvchi
yuzalarning harorati 45ºS dan ortib ketmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: