2-jadval
Mikroiqlim parametrlarini
o‘lchash uchastkalarining eng kam miqdori
Xonaning maydoni, m2
O‘lchash uchastkalari soni
100 gacha
4
101 – 400
8
400 dan ortiq
Uchastkalar soni ular orasidagi masofa bilan
belgilanadi, ushbu masofa 10 m dan ortmasligi lozim
3.4. Tadqiqot maqsadlariga muvofiq ravishda ishchi hududning tikligi bo‘yicha, havo harorati va uning
harakat tezligidagi tafovutlarni aniqlash uchun pol yoki ish maydonchasidan 0,1; 1,0 va 1,7 m balandlikda
tanlab o‘lchashlar o‘tkaziladi.
Mazkur darajalarda o‘lchangan miqdorlarning har biri 1-jadvalning, 2.4, 2.5, 2.6 bandlarning talablariga
mos kelishi kerak.
3.5. Nurli issiqlik manbalari mavjud bo‘lgan sharoitda doimiy va doimiy bo‘lmagan ish joylarida issiqlik
nurlanishining shiddatligini uskuna priyomnigini pol yoki ish maydonidan 0,5; 1,0 va 1,5 m balandlikda
tushadigan oqimga perpendikulyar joylashtirilgan holda mabalarning har
biridan eng yuqori issiqlik
nurlanishiningyo‘nalishi bilan aniqlash zarur.
Ushbu darajalarning har birida issiqlik nurlanishi o‘lchangan issiq-lik inurlanishining shiddati 2.7
bandning me’yoriy talablariga mos keli-shi lozim.
3.6. To‘sib turuvchi konstruksiyalar (devorlar, shift, pol) lar yoki qu-rilmalar (ekran va sh.k.) larning ichki
yuzalarining, texnologik uskunalar yoki to‘sib turuvchi qurilmalarning tashqi yuzalarining haroratini
o‘lchash ishchi hududda doimiy va doimiy bo‘lmagan ish joylarida bajarilishi kerak.
3.7. Havoning harorati va nisbiy namligi psixrometrik tamoyillarga asoslangan uskunalar (aspiratsion
psixrometr va boshqalar) bilan o‘lchani-shi kerak. Joylarda o‘ichash vaqtida nurli issiqlik manbalarini
yo‘qlish sababli aspiratsion psixrometr ko‘rsatkichlari bilan solishtirish sharoit-larida havo harorati va nisbiy
nomligi sutkalik va haftalik termograflar va gigrograflar yordamida baholanadi.
3.8. Havoning harakat tezligini rotatsiyali harakatli anemometrlar (parrakli anemometrlar) bilan o‘lchash
zarur. Havo harakatining kichik miq-dordagi (0,3 m/s dan kam)
tezliklari, ayniqsa turli yo‘nalishlardagi
oqimlar mavjud bo‘lgan sharoitda elektroanemometrlar hamda silindrik yoki sharsimon katatermometrlar
bilan o‘lchanishi kerak.
3.9. To‘sib turuvchi konstruksiyalar (devorlar, pol, shift) lar yoki qurilmalar (ekran va sh.k.) ning ichki
yuzalarining, texnologik uskuna yoki uni o‘rab turuvchi qurilmalarning tashqi
yuzalarining issiqlik
nurlanishi, harorati termoelektrik samara tamoyiliga asoslangan uskunalar (aktino-metrlar, bolometrlar,
elektrotermometrlar i boshqalar) bilan o‘lchash lozim.
3.10. O‘lchash diapazoni va o‘lchov uskunalarining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklari 3-
jadvaldagi talablarga javob berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: