1. 1-§. Algoritmlar va dasturlashning asosiy tushunchalari



Yüklə 62,8 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü62,8 Kb.
#166294
I BOB




I BOB. CHIZIQLI, TARMOQLANISH VA TAKRORLANISH ALGORITMLARI


1.1-§. Algoritmlar va dasturlashning asosiy tushunchalari.
1.1.1. Algoritmlarning xossalari va ifodalash usullari.
1.1.2. Dasturlashga kirish.
C++ tili Byarn Straustrup tomonidan 1980 yil boshlarida ishlab chiqilgan. C++ tilida yaxshi dastur tuzish uchun “aql, farosat va sabr” kerak bo’ladi. Bu til asosan tizim sathida dasturlovchilar uchun yaratilgan.
Til alifbosi. C++ tili alifbosi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Katta va kichik lotin alifbosi harflari va ostki chiziq belgisi;

  • 0 dan 9 gacha bo’lgan arab raqamlari;

      • Maxsus belgilar: " { } , [ ] ( ) + - % * . \ ' : ? < = ! > & ~ ; ^

  • bo’sh joy belgisi, tabulyatsiya belgisi, yangi qatorga o’tish belgisi;

  • identifikatorlar;

  • kalit so’zlar;

  • operatsiya belgilari;

  • o’zgarmaslar;

  • ajratuvchi belgilar;

Leksema. Alifbo belgilaridan tilning leksemalari shakllanadi (mustaqil ma'noga ega bo'lgan tilning minimal birligi).
Leksemalar turlari:

  • identifikatorlar;

  • kalit so'zlar;

  • operatsiyalar belgilari;

  • o`zgarmas;

  • ajratuvchi (qavs, vergul, bo'sh joy belgilari).

Identifikator – bu dastur ob’ektining nomi. Identifikatorlar lotin harflari, ostki chiziq belgisi va sonlar ketma-ketligidan iborat bo’ladi. Identifikator lotin harfidan yoki ostki chiziq belgisidan boshlanishi lozim. Identifikatordagi birinchi belgi harf yoki pastki chiziq bo'lishi mumkin. Identifikator ichida bo'shliq bo`lmasligi kerak.
Misol uchun:
A2, _MIN, nomber_02, RIM, rim
Katta va kichik harflar farqlanadi, shuning uchun oxirgi ikki identifikator bir-biridan farq qiladi.
Kalit so‘zlar. С++ tilida ayrim so‘zlar oldindan zahiralanadi. Bunday so’zlar kalitli so‘zlar deb aytiladi. Bunday so‘zlarni o‘zgaruvchilarni nomlashda ishlatish mumkin emas. Ularga if, while, for va main kabi so‘zlar kiradi. C++ tilidagi kalit so’zlar ro’yxati 1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1. jadval. C++tilidagi kalut so’zlar ro’yxati

asm

else

new

this

auto

enum

operator

throw

bool

explicit

private

true

break

export

protected

try

case

extern

public

typeid

catch

false

register

typeid

char

float

reinterpret_cast

typename

class

for

return

union

const

friend

short

unsigned

const_cast

goto

signed

using

continue

if

sizeof

virtual

default

inline

static

void

delete

int

static_cast

volatile

do

long

struct

wchar_t

double

mutable

switch

while

dynamic_cast

namespace

template





Ma’lumotlarning asosiy turlari. Asosiy ma'lumotlar turlari quyidagilardan iborat:

  • int (butun son);

  • char (belgi);

  • wchar_t (kengaytirilgan belgi);

  • bool (mantiqiy);

  • float (haqiqiy);

  • double(ikkilangan aniqlikdagi haqiqiy).

Standart turlarning qiymatlar diapazonini aniqlash uchun to'rt turdagi spetsifikatorlar ishlatiladi:

  • short(qisqa);

  • long(uzun);

  • signed (imzolangan);

  • unsigned(imzo qo'yilmagan).

1.2. jadval. Turlarning o'lchamlari va qiymatlarining o`zgarish oralig`i:





Arifmetik ifoda va amallar. C++ tilida ifodalar biror bir hisoblash natijasini qaytaruvchi boshqa ifodalar ketma-ketligini boshqaradi yoki hech nima qilmaydi (nol ifodalar).
C++ tilida barcha ifodalar nuqtali vergul bilan yakunlanadi. Ifodaga misol qilib o‘zlashtirish amalini olish mumkin.
x=a+b;
Algebradan farqli ravishda bu ifoda x a+b ga teng ekanligini anglatmaydi. Bu ifodani quyidagicha tushinish kerak:
a va b o‘zgaruvchilarni qiymatlarini yig‘ib natijasini x o‘zgaruvchiga beramiz yoki x o‘zgaruvchiga a+b qiymatni o‘zlashtiramiz. Bu ifoda birdaniga ikkita amalni bajaradi, yig‘indini hisoblaydi va natijani o‘zlashtiradi. Ifodadan so‘ng nuqtali vergul qo‘yiladi. (=) operatori o‘zidan chap tomondagi operandga o‘ng tomondagi operandlar ustida bajarilgan amallar natijasini o‘zlashtiradi.
Bajarilishi natijasida biror bir qiymat qaytaradigan barcha ifodalar C++ tilida amallar deyiladi. Amallar albatta biror bir qiymat qaytaradi. Masalan, 4+6 amali 10 qiymatni qaytaradi.

Inkrement va dekrement. Dasturlarda o‘zgaruvchiga 1 ni qo‘shish va ayirish amallari juda ko‘p hollarda uchraydi. C++ tilida qiymatni 1 ga oshirish inkrement, 1 ga kamaytirish esa dekrement deyiladi. Bu amallar uchun maxsus operatorlar mavjuddir.


Inkrement operatori (++) o‘zgaruvchi qiymatini 1 ga oshiradi, dekrement operatori (--) esa o‘zgaruvchi qiymatini 1 ga kamaytiradi. Masalan, a o‘zgaruvchisiga 1 qiymatni qo‘shmoqchi bo‘lsak quyidagi ifodani yozishimiz lozim.

a++ //a o‘zgaruvchi qiymatini 1 ga oshirdik.


Bu ifodani quyidagicha yozishimiz mumkin edi.


a=a+1;

Bu ifoda o‘z navbatida quyidagi ifodaga teng kuchli:

a+=1;

1.1.3. Kompilyator turlari.
1.1.4. Identifikator va ularning turlari.


1.2-§. Dasturlash tillarining tuzilmasi.
1.2.1. Chiziqli algoritmlarni tashkil qilish.
1.2.2. algebraik ifodalarni matematik kutubxona funksiyalari yordamida hisoblash.


1.3-§. Tarmoqlanish va tanlash operatorlari.
1.3.1. Tarmoqlanuvchi operatorlar va ularni ishlash tartibi.
1.3.2. Ternar operatori.
1.3.3. Shartsiz o’tish operatori.

4-§. Takrorlanish operatorlari.


1.4.1. Parametrli takrorlash operatori (for).
1.4.2. Old shartli va so’ng shartli takrorlanuvchi operatorlari (while, do while).


II-BOB. FUNKSIYA VA MASSIVLAR
2.1-§. Funksiyalar.
2.1.1. Funksiya tavsifi. Qiymatlarni qaytarish. Funksiya prototiplari.
2.1.2. Parametrlarni qiymat va adresga ko’ra jo’natish.
2.1.3. Qiymat berish parametrlari. Funksiyalar parametr sifatida.
2.1.4. Rekursiv funksiyalar. Funksiyalarni qayta yuklash.
2.1.5. Foydalanuvchi kutubxonasini tashkil etish.


I BOB. CHIZIQLI, TARMOQLANISH VA TAKRORLANISH ALGORITMLARI


1.1-§. Algoritmlar va dasturlashning asosiy tushunchalari.
1.1.1. Algoritmlarning xossalari va ifodalash usullari.
1.1.2. Dasturlashga kirish.
1.1.3. Kompilyator turlari.
1.1.4. Identifikator va ularning turlari.
Yüklə 62,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə