1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


- amaliy mashg‘ulot. Oshlovchi moddalarning fizik xossalari va ahamiyati



Yüklə 199,58 Kb.
səhifə47/66
tarix17.10.2023
ölçüsü199,58 Kb.
#127900
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66
FARMAKOGNOZIYA AMALIY

37- amaliy mashg‘ulot. Oshlovchi moddalarning fizik xossalari va ahamiyati


OSHLOVCHI MODDALARNING O‘SIMLIKLAR HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Tanidlar o‘simliklar hayotida katta rol o‘ynaydi, shunday bo‘lishiga qaramay, bu masala hozirgacha hal qilingan emas. Oshlovchi moddalar o‘simlik to‘qimalarida doimiy ravishda kechib turadigan oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarida, eng avvalo hujayraning nafas olish jarayonida faol qatnashadi. Demak, tanidlar ma’lum sharoitda oksidlanib, vodorodni hamda qaytarilib kislorodni ajratishi mumkin. Ajralgan vodorod va kislorod esa hujayradagi ferment ta’sirida zarur birikmalarning qaytarilishiga hamda oksidlanishiga sarflanadi. Katexinlar oksidlanib, o‘ziga yaqin antotsianlarga aylanadi. Antotsianlar esa flavonlarga aylanishi yoki qaytarilib, yana katexinlar hosil qilishi mumkin. Bu reaksiyani quyidagi sxema bo‘yicha tasvirlasa bo‘ladi:


Oshlovchi moddalar bakteritsid va fungitsid ta’sirga ega bo‘lgani sababli daraxtlarning yog‘och qismini tez chirishdan saqlaydi.


Agar o‘simliklarga tashqaridan ta’sir etilsa (masalan, hasharotlar o‘simlikni yaralab-chaqib tuxum qo‘ysa yoki g‘o‘zani chekanka qilinsa), zararlangan to‘qimalarda unga qarshi ko‘p miqdorda tanidlar sintez bo‘ladi va to‘planadi. Bu hodisaning ro‘y berishi ilmiy jihatdan etarli asoslangan bo‘lmasa ham, to‘qimadagi mazkur biokimyoviy o‘zgarish o‘simlikning chetdan bo‘lgan tasodifiy ta’sirga o‘zini himoya qilish reaksiyasi ekanligi shubhasizdir. SHunga ko‘ra, tanidlar o‘simliklarning chiqindisidir, ular to‘qimalarda yuz beradigan moddalar almashinuvida ishtirok etmaydi, shuningdek, oshlovchi moddalar zahira energiya beradigan birikmadir, ular qandga, kraxmalga, yog‘larga va boshqa moddalarga aylanishi mumkin, deb bayon etilgan fikrlar haqiqatdan ancha yiroq turadi. CHunki, yuqorida aytib o‘tilganidek, tanidlarning sintezlanishi davrida geksozalardan hosil bo‘lgan oraliq birikmalar reaksiyaga kiruvchi boshlang‘ich birikmalardan kam sof energiyaga ega bo‘lganligi uchun bu reaksiyaning orqaga qaytishi ham dargumon. SHuning uchun oshlovchi moddalarning o‘simliklar hayotidagi roliga ularning ma’lum davrda parchalanib, yo‘q bo‘lib ketishiga yoki ko‘payishiga (masalan, uglevodlar va yog‘lar singari) qarab baho berish uncha to‘g‘ri bo‘lmaydi. SHu bilan bir qatorda o‘simliklar o‘sayotgan davrida tanidlarning o‘zgarishi (oksidlanishi yoki qaytarilishi, oddiy yoki murakkab formadan ikkinchi holatga o‘tishi)ga qarab, ularning fiziologik roli to‘g‘risida fikr yuritish kerak.



Yüklə 199,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə