1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


Gidrolizlanuvchi (estro) tanidlar



Yüklə 199,58 Kb.
səhifə49/66
tarix17.10.2023
ölçüsü199,58 Kb.
#127900
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
FARMAKOGNOZIYA AMALIY

Gidrolizlanuvchi (estro) tanidlar. Bu guruhga kiruvchi tanidlar glikozidlar xususiyatiga ega bo‘lib, ular molekulasida efirlarga xos bog‘lanish bor. SHuning uchun fermentlar, suyultirilgan kislotalar ta’sirida gidrolizlanib, o‘zining oddiy komponentlariga parchalanadi. Asosan, bu tanidlar pirogallol unumlaridan iborat. Ular uch valentli temir tuzlari eritmasi bilan qora-ko‘k rangli birikma (cho‘kma) hosil qiladi.

Gidrolizlanuvchi tanidlarga quyidagi birikmalar kirishi mumkin:

  1. Depsidlar – aromatik oksikarbon (fenol-karbon) kislotalarning o‘zaro hosil qilgan murakkab efirlari. Gidrolizlanuvchi tanidlar tarkibida ko‘p uchraydigan muhim depsidlardan biri gallat kislota didepsidi – metadigallat kislotadir.

Depsidlar haqiqiy oshlovchi moddalarga kirmaydi. Ular jelatin bilan cho‘kmaydi va terini oshlash xususiyatiga ega emas. Depsidlar didepsid (ikki molekula oksikarbon kislotadan), tridepsid (oksikarbon kislotalarning uch molekulasidan hosil bo‘lgan) va boshqalardan tashkil topadi.
2. Gallotaninlar (galloilgeksozlar) asosan gallat kislotaning (ba’zan boshqa oksikarbon kislotaning ham) uglevodlar (yoki ko‘p atomli spirtlar) bilan bergan murakkab efirlari bo‘lib, haqiqiy glikozidlarga kiradi.
Gallotaninlar gidrolizlanganda gallat kislota va geksozlarni (glyukoza, gamameloza va boshqalar) ajratadi. Eng oddiy gallotaninga dorivor rovochdan ajratib olingan gallat kislota bir molekulasining glyukoza bilan birikishidan tashkil topgan β-glyukogallin (1-0-galloil-β-D-glyukopiranoza) kiradi.
Gallotaninlardan Xitoy gallotanini (Xitoy gallasidan olingan), Turkiya gallotanini (Turkiya gallasidan olingan), gamamela tanin (Hamamelis virginiana L. o‘simligidan olingan) va boshqalarning tarkibi yaxshi o‘rganilgan.
Olimlarning olib borgan tajribalari asosida olingan ma’lumotlarga qaraganda sumax o‘simligining bargidan olingan tanin glyukozaning 6 ta gallat kislota (4 tasi didepsid, 2 tasi monogalloid holida), skumpiya o‘simligining tanini va Xitoy gallotanini glyukozaning 7 ta gallat kislota (3 tasi tridepsid, 2 tasi didepsid va 2 tasi monogalloid holida) va Turkiya gallotanini glyukozaning 5 ta gallat kislota (3 tasi tridepsid va 2 tasi didepsid holida) bilan birikishidan tashkil topganligi aniqlangan.
3. Ellagotaninlar – o‘zidan ellag kislotani ajratadigan oshlovchi moddalar. Ilgari ellagotaninlar ellag kislotaning uglevodlar yoki ko‘p atomli spirtlar bilan hosil qilgan murakkab efirlardan tashkil topadi deb hisoblanar edi.
Oshlovchi moddalar xossasiga ega bo‘lgan ba’zi bir aromatik birikmalar. Bu guruh ham yaxshi o‘rganilmagan. Bulardan maklyura daraxtidan ajratib olingan sariq rangli modda – maklyurin to‘liq tekshirilgan.
Akad. A.L.Kursanov, prof. M.N.Zapromet va shogirdlari konden-satsiyalanuvchi tanidlarni o‘rganishda ko‘p xizmat qildilar. Ular choy taninini o‘rganib, tanidlar biosintezini va polimerizatsiyasini, ularning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati va kimyoviy tarkibiga bog‘liq ko‘pgina masalalarni tajriba asosida hal qilib berdilar.
Katexinlar choy bargidan, kakao mevasidan, soxta akas robiniya, evkalipt hamda akatsiya turlaridan ham ajratib olingan.
Oshlovchi moddalarning ba’zan uchinchi aralash guruhi ham bor, deb hisoblanadi. Bu guruh etarli darajada tekshirilgan emas.
Odatda o‘simliklar tarkibida tanidlarning har ikkala guruhi ham bir vaqtda to‘planishi mumkin. Ba’zan o‘t o‘simliklarning er ustki qismida asosan tanidlarning kondensatsiyalanuvchi guruhi bo‘lsa, er ostki organlarida ko‘proq gidrolizlanuvchi tanidlar to‘planadi.

Yüklə 199,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə