1-amaliy mashg’ulot asosiy formulalar


Masalalar Tug‘ri chiziqli harakat 1. Ikkita tug‘ri yo’l uzaro α



Yüklə 41,92 Kb.
səhifə2/3
tarix17.12.2023
ölçüsü41,92 Kb.
#149872
1   2   3
1 amaliy mashg'ulot

Masalalar
Tug‘ri chiziqli harakat
1. Ikkita tug‘ri yo’l uzaro α=60° burchak ostida kesishadi. Ular bo’ylab ikki mashina chorraxadan: biri v1=60 km/soat, boshqasi v2 = 80 km/soat tezlik bilan uzoklashmokda. Mashinalarning bir-biridan uzoklashish tezliklari v' va v" aniqlansin. Mashinalar chorraxadan bir paytda o’tgan.
2. .Nuqta t1=15 s davomida v1=5 m/s, t2=10 s davomida v2 = 8 m/s va t3= 6 s davomida v3 = 20 m/s tezlik bilan harakatlandi. Nuqtaning shu yo’ldagi o‘rtacha tezligi aniqlansin.
3. Avtomobil uz yo’lining turtdan uch qismini v1 =60 km/soat tezlik bilan, yo’lning qolgan qismini esa ig v2=80 km/soat tezlik bilan o’tdi. Avtomobilning shu yo’ldagi o‘rtacha tezligi < v > qanday?
4. Jism yo’lning birinchi yarmida v1=2 m/s tezlik bilan, ikkinchisida v2=8 m/s tezlik bilan harakatlanadi. O‘rtacha tezlik aniqlansin.
5. Jism yo’lning birinchi yarmini t1=2s davomida, ikkinchisini t2=8s davomida bosib o’tdi. Agar yo’lning uzunligi S = 20 m bo’lsa, o‘rtacha tezlik aniqlansin.
6.Jism harakat tezligining vaqtga bog‘lanishi 1.4- rasmda tasvirlangan. t=14 s vaqt uchun o‘rtacha tezlik aniqlansin.
7. Odam poezd bilan yonma-yon, poezdning old kalkonlari bilan bir chiziqda turibdi. Poezd a = 0,1 m/s2 tezlanish bilan harakat kila boshlagan laxzada odam xam shu yunalishda v=1,5 m/s tezlik bilan harakatlana boshladi. Qancha t vaqtdan keyin poezd odamga etib oladi? SHu paytdagi poezdning tezligi v1 va odamning shu vaqt ichida o’tgan yo’li aniqlansin.
8. Ikki nuqta bir joydan bir xil yunalishda tekis tezlanuvchan harakat kila boshladi, bunda ikkinchi nuqta uz harakatini birinchisidan 2s keyin boshladi. Birinchi nuqta V1 = 1 m/s boshlanrich tezlik va a1=2 m/s2 tezlanish bilan, ikkinchisi esa v2 = 10 m/s boshlangich tezlik va a2= 1 m/s2 tezla­nish bilan harakatlana boshlagan bo’lsa, qancha vaqtdan keyin va boshlanrich joydan qancha masofada ikkinchi nuqta birinchisiga etib oladi?
9. Ikki moddiy nuqtaning harakatlari quyidagi tenglamalar orkali ifodalanadi:
x1=A1 + B1t + C1t2, x2=A2 + B2t + C2t2, bunda A, =20 m, A2 = 2 m, V2 = VX=2 m/s,
S\ =- 4 m/s2, S2 = 0,5 m/s2. Vaqt t ning kaysi momentida bu nuqtalarning tezliklari bir xil bo‘ladi? SHu moment uchun nuqtalarning tezliklari v1 va v2 xamda tezlanishlari a1 va a2 aniqlansin.
10. Ikki moddiy nuqta quyidagi tenglamalarga binoan harakatlanmokda:
x1=A1t + B1t2 + C1t3 , x2=A2t + B2t2 + C2t3 bunda A1=4m/s, V1=8m/s2, S1=-16m/s3, A2=2m/s, V2=-4m/s2, S2=1 m/s3. Vaqt t ning kaysi momentida bu nuqta­larning tezlanishlari bir xil bo‘ladi? SHu moment uchun nuqtalarning tezliklari v1 va v2 aniqlansin.
11.Agar jism uz yo’lining sunggi metrini t=0,1s vaqt davomida o’tgan bo’lsa, u qanday N balandlikdan tushgan?
12.Tosh h=1200 m balandlikdan tushmokda. Tosh tushish vaqtining sungi sekundida qanday s yo’lni utadi?
13.Tosh vp = 20 m/s boshlanrich tezlik bilan yuqoriga tik otilgan. Qancha vaqtdan keyin tosh h= 15 m balandlikda bo‘ladi? SHu balandlikda toshning tezligi v topilsin. Xavoning qarshiligi xisobga olinmasin. g=10m/s2 deb olinsin.
14.Tosh vo=20 m/s boshlanrich tezlik bilan yuqoriga tik otilgan. t=1 s dan keyin shunday boshlang’ich tezlik bilan boshqa tosh xam yuqoriga tik otilgan. Toshlar qanday h balandlikda to‘qnashishadi?
15.Yuqoriga tik otilgan jism h=8,6 m balandlikda Δt =3 s oralik bilan ikki marta bo’ldi. Xavoning qarshiligini xisobga olmay, otilgan toshning boshlanrich tezligini xisoblang.
16.Koptokni vo = 5 m/s boshlanrich tezlik bilan balkondan yuqoriga tik otdilar. t=2 s dan keyin koptok erga tushdi. Balkonning erdan balandligi va koptokning erga urilish paytidagi tezligi aniqlansin.
17.Jism vo=10 m/s boshlanrich tezlik bilan balkondan yuqoriga tik otildi. Balkonning er satxidan balandligi h=12,5 m. Jismning otilish paytidan to erga tushish paytigacha harakat tenglamasi va o‘rtacha tezligi aniqlansin.
18. Nuqtaning turri chiziq bo’ylab harakati x=At+ Bt2 tenglama bilan berilgan, bunda A =2 m/s, V=- 0,5m/s2. t1= 1s dan t2=3s gacha vaqt oraligida nuqta harakatining o‘rtacha tezligi aniqlansin.
19. Nuqta x=At+Bt3 tenglama bo’yicha turri chiziq bo’ylab harakatlanmokda, bunda A = 6 m/s, V=- 0,125 m/s3. t1 =2s dan t2=6s gacha vaqt oraligi uchun nuqtaning o‘rtacha tezligi aniqlansin.

Yüklə 41,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə