1-Amaliy mashgʻulot: Biznesda axborot tizimlari asoslari. Axborot tizimlari komponentalari. Reja: 1



Yüklə 3,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/46
tarix20.05.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#111636
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Amali mashgulot USLUBIY

Web-brauzerlar va boshqalar
Bugungi kunda kompyuterlarning koʻplab foydalanuvchilari uchun dasturiy 
ta’minotning muhim komponentalaridan biri web-brauzerlar hisoblanadi. Microsoft Explorer, 
Netscape Navigator, Firefox, Opera yoki Mozilla kabi brauzerlar navigasiya va WWW, 
Internetning boshqa resurslari, korporativ intranet tarmogʻi va ekstranetni qoʻllab-quvvatlash 
uchun dasturiy ilovalar hisoblanadi. Brauzerlar universal dasturiy platformaga aylanmoqda
unda foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni izlash, elektron pochta, muhokama guruhlari va 
boshqa koʻplab internet dasturiy ilovalari mavjud. 


Elektron pochta, lahzali xabar va webbloglar 
Birinchi navbatda koʻplab odamlar ishlarini oʻzlarining elektron pochtalarini 
tekshirishdan boshlashadi. Elektron pochta odamlarni ishlashi va bir-biri bilan aloqa usulini 
oʻzgartirib yubordi. Millionlab foydalanuvchilar bugungi kunda biri-biri bilan muloqot qilish 
maqsadida elektron xabarlar va ichiga joylashtirilgan fayllarni Internet, intranet va ekstranet 
yordamida uzatish va qabul qilish uchun elektron pochta dasturiy ta’minotiga bogʻlanib 
qolganlar. Elektron pochta tarmoq pochta serverlarida saqlanadilar. 
Webblog shaxsiy yoki tijorat tabiatiga ega boʻlmagan web saytdan iborat boʻlib, har 
kun yangi ma’lumot bilan yangilanadi. Ma’lumot boshqa web saytlardan yoki boshqa 
manbalardan yoki foydalanuvchilar tomonidan elektron pochta orqali taqdim etilagan 
ma’lumotlardan shaklantirib sayt egasi tomonidan yoziladi. 
Weblog tez-tez “bizning vaqtimizga mos” qarashlaridan egalik qilinadi. Umuman 
olganda, webloglar bir mavzu yoki fikrga qaratilgan boʻlishi kerak yoki odatda qiziqarli 
mavzuga qaratiladi. Umumiy ma’noda webloglar rivojlanayotgan tijorat savdolaridan, shaxsiy 
yoki umumiy va qisman mavzulardan tuziladi. Weblog shaxsiy fikrlardan yoki murakkab 
gʻoyalardan kelib chiqadi. Keyinchalik ular zamonaviy gʻoyalar ham deb ataladi. 
Chunki bu yerda turli fikr va gʻoyalar mavjud, ular oson tushuniladi, ushbu atamaning 
ma’nosi qoʻshimcha joriy qilish deganidir. 

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə