1-Amaliy mashgʻulot: Biznesda axborot tizimlari asoslari. Axborot tizimlari komponentalari. Reja: 1


Mijozga yoʻnaltirilgan biznesni yaratish



Yüklə 3,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/46
tarix20.05.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#111636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
Amali mashgulot USLUBIY

Mijozga yoʻnaltirilgan biznesni yaratish 
 
Global iqisodiy o‘sish omili ishlab chiqarish hajmidan iste’molchi qimmatiga 
o‘zgardi. Natijada aksariyat firmalar muvaffaqiyatining tayanch omili mijozlar qimmatini 
maksimallashtirishdan iborat bo‘lib qoldi.
 
Ko‘plab kompaniyalar uchun mijozga yo‘naltirilgan biznesga ega bo‘lish uchun bosh 
biznes-qimmati uning mijozlarni moyilligini saqlab qolish, ularni xohishlarini oldindan 
ko‘ra bilish, mijozlar muammolariga befarq bo‘lmaslik, hamda mijozlarga yuqori sifatli 
xizmat ko‘rsatish qobiliyatidan iborat. Ushbu mijoz qimmatiga bo‘lgan strategik mo‘ljal
mijoz qiymatni aniqlashda narxni emas, balki sifatni asosiy omil qilib olishidadir.
Internet-texnologiyalari mijozlarga mijozlar bilan manosabatlarni boshqarish va 
elektron biznes uchun boshqa dasturiy ilovalari koordinatsion markazini tashkil qilishi 
mumkin. CRM-tizimlar va Internet, intranet, ekstranet web-saytlari bilan birgalikda 
kompaniya ichida interaktiv kommunikatsiyalari, hamda mijozlar, yetkazib beruvchilar, ish 
hamkorlari va boshqa tashqi muhit bilan muloqot qilish uchun yangi kanallarini yaratishlari 
mumkin. Bunday aloqalar aksariyat biznes-funksiyalari mijozlari bilan doimiy muloqotda 
bo‘lishga, mahsulotlarni ishlab chiqish, marketing, yetkazib berish, xizmat ko‘rsatish va 
texnik qo‘llab quvvatlashda mijozlar bilan kross-funksional munosabatlarda bo‘lishni 
rag‘batlantirishga imkoniyat beradi. 
Strategik ustunlikka erishish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish 
Axborot texnologiyalaridan strategik maqsadlarda foydalanish 
Tashkilotlar axborot texnologiyalarni ko‘p jihatlardan foydalanishlari mumkin. Masalan 
kompaniyalar axborot texnologiyalarini strategik maqsadlarda ishlatishi mumkin yoki axborot 
texnologiyalarini faqat samarali kundalik operatsiyalarni qo‘llab quvvatlash bilan chegaralanib 
qolishlari ham mumkin. Agarda kompaniya axborot texnologiyalarni strategik maqsadlarda 
foydalansa, unda uning rahbariyati axborot texnologiyalarni asosiy raqobat differensiator 


sifatida qaraydi. Unda ular raqobatlashuvchi bozorda kompaniyaga muhim ustunlikni 
beradigan mahsulotlar, xizmatlar va imkoniyatlarni ishlab chiqish uchun axborot 
texnologiyalaridan foydalanuvchi biznes strategiyalarni ishlab chiqadilar. 

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə