1-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Bo‘linish belgilari. Qoldiqli bo‘lish. Tub va murakkab sonlar. Ekub va ekuk. Arifmetikaning asosiy teoremasi. Natural sonlarning kononik yoyilmasi


, 91, 92, 93, 94, 95, 96 sonlari 7 ta ketma – ket keladigan murakkab sonlardir. 9 ta ketma – ket keladigan murakkab sonlarni toping. 13



Yüklə 63,4 Kb.
səhifə5/5
tarix24.12.2023
ölçüsü63,4 Kb.
#158192
1   2   3   4   5
1-amaliy mashg\'ulot.

12. 90, 91, 92, 93, 94, 95, 96 sonlari 7 ta ketma – ket keladigan murakkab sonlardir. 9 ta ketma – ket keladigan murakkab sonlarni toping.
13.  78; 560; 459; 1208 sonlarining bo‘luvchilari soni va bo‘luvchilari yig‘indisini toping.
14.  a) bitta; b) ikkita; c) uchta bo‘luvchiga ega bo‘lgan sonlarning umumiy ko‘rinishini yozing.
15. 48 ta konfet, 60 ta nok va 36 ta olmaning barchasini ishlatib, nechta bir xil sovg‘a tayyorlash mumkin? Har bir sovg‘ada nechtadan konfet, nok va olma bo‘ladi?
16.  Ishchilarga shahardan tashqariga chiqishlari uchun o‘rindiqlar soni teng bo‘lgan bir nechta avtobus ajratildi. 424 kishi bog‘ga, 477 kishi daryo bo‘yiga chiqishdi. Avtobuslardagi barcha joylar band bo‘ldi va hech bir kishi joysiz qolmadi. Avtobuslar soni nechta bo‘lgan va har bir avtobusda nechtadan joy bo‘lgan?
17.  Ahror qadamining uzunligi 75 sm, Azizaniki esa 60 sm. Qanday eng qisqa masofada ularning har ikkisi butun son marta qadam tashlaydi?
18.  Velosipedning zanjirni tutib turuvchi oldingi tishli diskining (shesternasining) 44 ta tishi bor, kichik tishli diskida esa 20 ta tish bor. Oldingi tishli disk necha marta aylangandan so‘ng bu disklar yana boshlang‘ich vaziyatga qaytadi? Bu vaqt davomida kichik disk necha marta aylanadi?
19.  Stol tennisi bo‘yicha jami 145 nafar o‘g‘il bola va 87 nafar qiz boladan iborat, ishtirokchilar soni teng bo‘lgan jamoalar qatnashdi. Barcha jamoalarda bir xil sonda o‘g‘il bola va bir xil sonda qiz bolalar qatnashdilar. Har bir jamoada nechtadan o‘g‘il bola va nechta qiz bola bo‘lgan?
20.  Agar a va b natural sonlar bo‘lsa, EKUB (a,b) ∙EKUK (a,b) ni toping.
21.  Agar EKUB (a,b) = 6, EKUK (a,b) = 90 bo‘lsa, a va b ni toping.
22.  Agar EKUK ( a,b) = 60, EKUK (a,d) = 270 bo‘lsa, EKUK (b,d) ni toping.
Yüklə 63,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə