1-amaliy mashg’ulot. Ro’yxatlar va ro’yxatlar ustida amallar



Yüklə 184,68 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü184,68 Kb.
#134729
  1   2   3   4
7-AMALIY ISH

1-amaliy mashg’ulot.
Ro’yxatlar va ro’yxatlar ustida amallar.

Ishdan maqsad: Python dasturlash tilida ro’yxat tushunchasi, ular bian ishlovchi funksiyalar bilan tanishtirish va ro’yxatalar ustida turli amallar bajarish ko’nikmalarini shakllantirish. Ro’yxatlar bilan ishlashga doir maslalalar uchun dastur yozish amaliy malakalarni paydo qilish.


Masalaning qo’yilishi: Talaba variant bo’yicha bеrilgan masalani Python dasturlash tilida dasturini tuzishi va kеrakli natija olishi lozim.


Ishni bajarish uchun namuna
Misol: Biror bir matn faylidagi so’zlar sonini hisoblash dasturini tuzing.


Dastur kodi:
8-misol.py fayli:
users = ["Tom", "Bob"]
# ro`yxat oxiriga element qo`shish
users.append("Alice") # ["Tom", "Bob", "Alice"]
# ro`yxatdagi ikkinchi o`ringa element qo`shish
users.insert(1, "Bill") # ["Tom", "Bill", "Bob", "Alice"]
# element indeksini olish
i = users.index("Tom")
# indeks bo`yicha elementni ro`yxatdan o`chirish
removed_item = users.pop(i) # ["Bill", "Bob", "Alice"]
# ro`yxatdagi oxirgi qiymatni olish
last_user = users[-1]
# ro`yxatdan oxirgi elementni o`chirish
users.remove(last_user) # ["Bill", "Bob"]
print(users)
# ro`yxatning barcha elementlarini o`chirish
users.clear()
Dastur ishlashi natijasi:

8.1-amaliy ish topshiriq variantlari


2 sonining darajalarini saqlaydigan n o‘lchamli (n>0) butun sonli ro’yxat tashkil etilsin.


 Arifmetik progressiyaning birinchi hadi a va uning ayirmasi d berilgan. Shulardan foydalanib o‘zida arifmetik progressiyaning dastlabki n ta (n>1) hadini saqlovchi ro’yxat tashkil etilsin.


 Geometrik progressiyaning birinchi hadi b va maxraji q berilgan. Shulardan foydalanib o‘zida geometrik progressiyaning dastlabki n ta (n>0) hadini saqlovchi ro’yxat tashkil etilsin.


f1=1, f2=1, fk=fk-2+f k-1 (k=3,4,…). fk Fibonachchi sonlar ketma-ketligining dastlabki n ta (n>2) hadini o‘z ichiga oladigan n o‘lchamli butun sonli ro’yxat tashkil etilsin.


a va b butun sonlar berilgan. 1-elementi a ga, 2-elementi b ga, har bir keyingi elemeti barcha avvalgi elementlar (o‘zidan oldingi barcha element) yig‘indisiga teng bo‘lgan n (n>2) o‘lchamli butun sonli ro’yxat tashkil etilsin.


 n o‘lchamli (n>0) a ro’yxat berilgan. Uning elementlari teskari tartibda chiqarilsin.


 n o‘lchamli (n>0) butun sonli ro’yxat berilgan. Ro’yxatdagi juft sonlar va ularning miqdori k chiqarilsin.


 n o‘lchamli (n>1) a ro’yxat va k(1≤k≤n) butun soni berilgan. Ro’yxat elementlari shart operatoridan foydalanmasdan quyidagi tartibda chop etilsin: ak, ak-1, ak-2, … a1.


 n o‘lchamli (n>1) a ro’yxat berilgan(n- musbat juft son). Uning a0,a2,a4,… an-2 elementlari chiqarilsin.. Shart operatoridan foydalanilmasin.


 n o‘lchamli (n>0) a ro’yxat berilgan(n- musbat toq son). Uning an-1, an-3, an-5, … a1 chiqarilsin. Shart operatoridan foydalanilmasin.


 n o‘lchamli (n>1) a ro’yxat berilgan. Avval ro’yxatning a0 ,a2, a4, a6, …elementlari, so’ngra a1, a3, a5elementlari chiqarilsin: Shart operatoridan foydalanilmasin.


 n o‘lchamli (n>1) a ro’yxat berilgan. Uning elementlari quyidagi tartibda chiqarilsin: a0, an-1, a1, an-2, a2, an-3, ...


 n o‘lchamli (n>3, n%4=0) a ro’yxat berilgan. Uning elementlari quyidagi tartibda chiqarilsin: a0, a1, an-1, an-2, a2, a3, an-3, an-4, ……(n-juft son).



Yüklə 184,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə