1-amaliy mashg‘ulot. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tushunchasi Mashg‘ulotning maqsadi



Yüklə 334,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix01.10.2023
ölçüsü334,13 Kb.
#125134
1   2   3
Kiberxavfsizlik 
bu ko‘plab turli tashkilotlarga tegishli bo‘lgan virtual 
serverlarga ega ko‘p sonli serverlarni o‘z ichiga olgan ko‘plab ma’lumot 
markazlarini himoya qilish hisoblanadi.
Hozirgi kunda kompaniyalar raqamli transformatsiyalash jarayonidan 
o‘tmoqda, shuning uchun ular raqamli biznes muhitlari uchun himoyaga muhtoj va 
ayni davrda korxonalar ma’lumotlarning buzilishi xavfini baholash orqali
kiberxavfsizlik bo‘yicha keng qamrovli strategiyani ishlab chiqish natijasida
moliyaviy va boshqa yo‘qotishlar miqdorini oldindan aniqlanmoqda va shu 
strategiya asosida rivojlanish rejalarini tuzishmoqda[4; 56-89-b.]. Kiberjinoyatchilar 
tobora murakkablashib borayotgan zararli harakatlarni ixtiro qilmoqdalar, shuning 
uchun kompaniyalar malakali mutaxassislarni jalb etishlari va ularning hujumlariga 
qarshi turish uchun ilg‘or qarshi choralarni joriy etishlari kerak bo‘ladi. 
Jarayonlarni avtomatlashtirish. 
Jarayonlarni avtomatlashtirish so‘nggi o‘n 
yil ichida deyarli barcha sohalar uchun keng tarqalgan tendentsiya bo‘ldi. Hozirgi 
kunda jarayonlarini avtomatlashtirishda CRM (Customer relationship management 
- mijozlarni boshqarish) va ERP (Enterprise Resource Planning System- korxona 
resurslarini rejalashtirish tizimi) kabi dasturiy tizimlarga asoslangan. Mazkur 
dasturiy vositalar korxonalarning o‘ziga xos ehtiyojlariga moslashtirilgan bo‘lib, 
belgilangan kodga muvofiq turli xil takroriy vazifalarni avtomatlashtiradi. ERP 
tizimining maqsadi korxona ichidagi barcha xo‘jalik bo‘linmalar (biznes-
funksiyalar) orasida axborot oqimiga ta’sir etish va boshqa korxonalarni qo‘llab-
quvvatlash hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra markazlashgan ma’lumotlar bazasida 
qurilgan ERP tizimi korxonaning standartlashtirilgan yagona axborot makonini 
shakllantiradi. 
CRM-tizimi (Customer Relationship Management - Mijozlar bilan o‘zaro 
munosabatlarni boshqarish) – korporativ axborot tizimi bo‘lib, biznesni yuritish 
uchun zamonaviy dasturiy vositadir. U nafaqat sotish jarayoni va mijozlar bilan 
o‘zaro munosabatlarni avtomatlashtirish imkonini beradi balki, ularni ishini shunday 
tashkil etadiki, korxona maksimal natija olish variantlarini ko‘rib chiqshini ham 
ta’minlaydi. CRM dasturiy ta’minot va oddiy internet imkoniyatlari metodologiyasi 
uchun axborot sanoati tushunchasi bo‘lib, korxonaga mijozlar bilan o‘zaro 
munosabatni tashkillashtirish yo‘li bilan yordam beradi. 
Avtomatlashtirish tizimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonlariga joriy 
qilish ko‘p bosqichli jarayondir. Unga ilmiy tadqiqot, loyihalash va sozlash
dasturlash ishlari, shuningdek, ishlatish jarayonida avtomatlashtirish tizimlarining 
ishonchli ishlashini ta’minlovchi tadbirlar majmuasi kiradi. 
IoT (
Internet of things – internet narsalari) - bu zamonaviy ibora bugungi kunda 
ilmiy internet nashrlarida eng ko‘p iqtibos keltiriladigan atamalardan biridir. 
Ko‘pgina korxonalar IoT yechimlaridan ancha vaqtdan beri foydalanmoqda va 
ulardan foyda ko‘radi[3; 49-b]. IoT aqlli qurilmalar, avtomatlashtirilgan transport 
vositalari, aqlli maishiy texnikalarning internetda maxsus dasturiy ta’minotlari 


orqali o‘zaro – ma’lumot almashinuv algoritmiga tayanib ishlaydi. Masalan, aqlli 
muzlatgichda qaysidur mahsulotning belgilangan miqdori kamaydi va aqlli 
muzlatgich internet orqali aqlli mashinaga signal(buyruq) jo‘natadi. Aqlli mashina 
esa internetdagi do‘konlarga muzlatgich bergan mahsulot turi haqida so‘rov 
jo‘natadi va mahsulotni tez yetkazib berish vazifasini bajaradi. Bu jarayonda barcha 
tizimlar internet orqali o‘zaro ma’lumot almashadilar va shu bois bu voqelikni IOT 
deb atashimiz mumkin(1-rasm). 

Yüklə 334,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə