1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo'nalishlari, boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi


Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo'nalishlari, boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/14
tarix25.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo\'nalishlari, boshqaruv

1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo'nalishlari, boshqaruv
organlari va tashkiliy tuzilishi

AT “Xalqbanki” quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:

  • yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;

  • to‘lovlarni amalga oshirish

AT “Xalqbanki” o‘z faoliyatlarida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradilar1:

  • jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish;

  • omonatlarni jalb etish;

  • kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish.

  • Mablag’ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish;

  • chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;

  • pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;

  • uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;

  • uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;

  • qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;

  • bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish;

  • jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish;

  • moliyaviy lizing;

  • mikroqarz berish;

  • xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko’rsatilgan boshqa operatsiyalar.

AT “Xalqbanki” tarkibiy tuzilmasiga keladigan bo’lsak, rahbariyatning yuqori kasbiy mahorat darajasi, har qanday tijorat loyihasining turg’un rivojlanishini ta’minlovchi, asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Necha yillardan buyon AT “Xalqbanki” Respublikada yetakchi o’rinlarni egallab turganligi, ko’p hollarda rahbariyat tarkibi va u tomonidan o’tkazilayotgan siyosatga bog’liq. AT “Xalqbanki” rahbariyatini boshqaruv va moliya sohasida boy ish tajribasiga ega kishilar tashkil etishadi. Ularning ko’pchiligi yurtimizning nufuzli universitetlari va biznes maktablarida tahsil olishgan AT “Xalqbanki” boshqaruvi to’g’ridan to’g’ri bank raisiga tegishli.
Quyidagilar to’g’ridan to’g’ri bank raisiga bo’ysunadi:

  • kredit qo’mitalari

  • moliya qo’mitalari

  • xodimlarni baholash, rivojlantirish va mukofotlash qo’mitasi (HR-qo’mitasi)

  • bank boshqaruv aparati

  • yuridik xizmatlar departamenti

  • kadrlar siyosati va xodimlar bilan ishlash departamenti

  • xalqaro hamkorlik departamenti

  • marketing departamenti

  • ma’muriy department

  • yakuniy nazorat departamenti


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə